328
konstruksiyali oʻyinlar ularni oʻylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga
oʻrgatadi.
“Oʻyin inson hayotining har bir davri uchun
uning ruhiy rivojlanishini
belgilovchi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat oʻyinda va oʻyin orqali bola
voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini
bilib oladi”
85
.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida oʻyin nafaqat bolalar,
balki kattalar hayotidan
ham alohida oʻrin egallagan. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy,
harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga koʻmaklashadigan oʻyin modellari
ham kattalar orasida keng ommalashgan.
Zamonaviy pedagogikada oʻyinlar ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirish, ta’lim oluvchilarning oʻquv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida
quyidagi tarzda qoʻllaniladi:
Oʻyinning mohiyati va tuzilishi ma’lum koʻnikma, malaka,
qobiliyat va
sifatlarning har bir ishtirokchida butun faoliyat davomida shakllanishini ta’minlaydi.
Ta’lim jarayonda oʻyin texnologiyalaridan foydalanishda oʻqituvchi pedagogik
vazifalarni ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur.
Oʻyin faoliyatining psixologik mexanizmlari Shaxsning oʻzini namoyon qilish,
hayotdagi oʻrnini belgilash, oʻzini oʻzi
boshqarish, imkoniyatlarini amalga
oshirishdan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirishga sharoit yaratadi.
85
Tarbiya / Ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya / Tuzuvchi: M.N.Aminov. Mas’ul muharrir:
A.Majidov. – T: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. 432-bet..
- tushuncha, mavzu va alohida bo‘lim
mohiyatini
o‘zlashtirishda alohida texnologiya sifatida;
- pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida;
- o‘quv mashg‘uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida;
- sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri
329
Oʻyin ijtimoiy tajribalarni oʻzlashtirish va qayta yaratishga yoʻnalgan
vaziyatlarda faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda jarayonda Shaxsning oʻz xulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
Oʻquv faoliyatining asosiy motivi bu– oʻquv-bilish motivi boʻlsa, oʻquv
faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa talabada oʻzi
tanlangan va asoslarini
oʻzlashtirayotgan kasbga boʻlgan qiziqishi sanaladi. Talaba oʻquv jarayonidagi
egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va koʻnikmalaridan
hissiy jihatdan qoniqa
olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda oʻqitish jarayonida oʻyinli texnologiyalardan
foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻyinli texnologiyalar talabalarning ijodiy
qobiliyati va kreativ tafakkurini oʻstiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: