Amaliyot yo’riqnomasi №1
Mavzu: Og’zaki jurnal o’tkazish va tayyorlash. Foydalanuvchilarning talab va ehtiyojini o’rgangan holda yozma va og’zaki ma’lumotlarni bajarish.
Bunda kitobxonlarga og’zaki so’z yordamida ta’sir yetish, shu bilan birga, kitob mazmuni, xarakteri haqida ma’lumot berishdan iborat. XX asr oxiriga kelib, ommaviy axborot vositalari keng taraqqiy yetdi. Ayniqsa, mustaqillikka yerishganimizdan so’ng res-publikamizda ommaviy axborot vositalari to’rtinchi hokimiyat deb tan olindi va unga ulkan vazifalar yuklatildi. Bundan tashqari, videosalonlar, turli xil yo’nalishdagi barlar, Internet kafelar, billiard klublar keng riyojlandi. Ular orqali ma’lum bir ma’noda axborot beriladi. Ammo bu kutubxonalarning ommaviy ishlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi kerak yemas, aksincha, ommaviy ishlar mazmunining kengayishiga, keng ko’lamda olib borilishiga yor-dam berishi kerak.
Og’zaki targ’ibot usullari tashkilotchi bilan kitobxonlar audi-toriyasining munosabatini ta’minlaydi, ma’lum bir kitobxonlar guruhining ij’timoiy-siyosiy, psixologik xususiyatlarini bilishga yordam beradi. Radio, televideniya, matbuot orqali berilayotgan axborot ma’lum bir guruhga yoki auditoriyaga mo’ljallanmaydi. Kutubxona tadbiri yesa, biron-bir xususiyati bilan alohida guruhni tashkil yetadigan kitobxonlarni qamrab oladi va tadbirning ta’siri va samarasini oshiradi. Auditoriya tasodifan to’plangan kitob-xonlardan iborat bo’lmaydi, shu sababli kitobxonlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tadbir tayyorlanadi va o’tkaziladi.
Og’zaki targ’ibotda kutubxonachi va kitobxon munosabati muhim o’rin tutadi, bu kutubxona xodimidan kitobxonning shaxsiy fikridan unumli foydalanishni talab qiladi. Bevosita targ’ib qilish — kutubxona ishini yaxshilash maqsadida taslikil yetiladigan tadbirlarda qo’llaniladi. Masalan, kitobxonlar konferensiyasi — bu tadbirda ba’zi hollarda kutubxona xodimlari, kutubxona ken-gashi ishi haqida hisobot beradi, konferensiyada ishtirok yetgan kitobxonda nutq madaniyati tarbiyalanadi, so’zlash qobiliyati, yesda saqlab qolish, o’qilgan kitobga tanqidiy baho berish, tahlil qilish ko’nikmasi shakllanadi. Yeng asosiysi, kitobxonda ko’pchi-likka o’z fikrini singdirish, ta’sir yetish, o’zaro muloqotga kirishish mahorati tarbiyalanib boradi.
Kutubxonalar ommaviy ishlarni tashkil yetishda mahalliy tashkilotlar, tarbiyaviy, madaniy-ma’rifiy muassasalar, maktab-lar, kasb-hunar kolleji va akademik liseylar, oliy o’quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ish olib borsa, ishning ta’siri yanada oshadi. Keyingi paytda kutubxonalar fao-liyatiga fandrayzing — chetdan mablag’ jalb qilish, press-reUz — OAVni jalb yetish va ularga axborot tayyorlab yetkazish, Pablik Rileyshinz — boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni o’rnatish usullari kirib keldi. Ilg’or kutubxonalar ommaviy ishlarni tay-yorlashda va o’tkazishda OAVdan unumli foydalannioqda.
Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, avvalo, ana shu mahalliy hokimiyat organlari, tashkilot va muassasalar orasida kutubxona imijini oshirsa, ikkinchidan, ularda kutub-xonalarga to’g’ri munosabatni shakllantiradi. Ular uchun yendi-likda kutubxonaning o’rni, ahamiyati oshib boradi. Ular bilan hamkorlikda o’tkazilgan ommaviy tadbirlarning ta’siri, samarasi ham boshqacha bo’ladi. Yendilikda kutubxonaning axborotlar markazi, ko’rgazmalar, shoirva yozuvchilar, turli jamoat va san’at arboblari, mualliflar bilan uchrashuvlar, jonli muloqotlar o’t-kazish uchun adabiy mehmonxona yekanligini, asosiy tarbiyaviy va ta’lim beruvchi maskan yekanligini unutmaslik zarur.
Har qanday tadbir axborot berish va ta’lim-tarbiya xarak-teriga yegadir. Tadbir davomida tanlangan yo’nalishda kitobxon-larga yoki aholisiga kitoblar va Internet yordamida axborot ber-sak, ikkinchidan, ana shu tanlangan axborot asosida kitobxonga bilim olishda yordam beramiz. Kitobxonda ijodiy ko’nikma shakllanadi. Jamiyat hayotida faol ishtirok yetishga intilish, tanlangan mavzuga qiziqish tarbiyalanadi.
Og’zaki tadbirlarni xarakteriga va targ’ibot usullari hamda vositalarining qo’llanishiga ko’ra, kompleks tadbirlarga ham ajra-tamiz. Bular — kitobxonlar konferensiyasi, adabiy mavzuli kechalar, savol-javob kechalari, og’zaki jurnallar va boshqalar. Bularda bir vaqtning o’zida targ’ibot usullarining ham og’zaki, ham ko’rgazmali, ham matbuot usullaridan foydalaniladi.
Bibliografik sharhlar — kutubxonalar faoliyatida yeng ko’p qo’llaniladigan samarali usullardan biri. Adabiyotlarni targ’ib qilishning bu shakli kitobxonlar oldiga biron-bir mavzuga, bir dolzarb masalaga, biron-bir bilim sohasiga oid yoki kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqidagi lukoya bilan chiqishdir. Sharhlar tavsiyaviy va axborot xarakteriga yega bo’ladi. Barcha tipdagi kutubxonalarda kitobxonlarning bilim darajasini, madaniy va ma’naviysaviyasini, kasb malakasini oshirishga yordam beradi, mustaqil bilim oluvchi kitobxonlarga adabiyotlar tavsiya yetishda, kutubxona fondiga kelib tushgan adabiyotlar haqida axborot berish maqsadida tashkil yetiladi.
Bahsni awal-dan tuzilgan savollar asosida olib borsa ham bo’ladi. Savollarni kitobxonning asar mazmuni, g’oyasi, mavzusi, undagi obrazlar, ularga munosabatini, asarning davr va kitobxon hayoti va mehnat faoliyati bilan bog’liqligi, asar tili haqida fikrini bilishga yo’nal-tiradigan darajada tuzish kerak.
Ovozli o’qishni tayyorlashga jiddiy ye’tibor berish zarur. Asarni o’quvchi kutubxona xodimi yoki mutaxassis kitobxon asarning mazmuni, bog’liq masalalar, asarga taalluqli qo’shimcha ada-biyotlar bilan tanish bo’lishi, kitobxonlar berishi mumkin bo’l-gan savollarga oldindan tayyorgarlik ko’rishi zarur. Tushunish mos bo’lmasligi ham mumkin, bunday holda kitobxonlarni o’z so’-zining, fikrining to’g’riligiga ishontirishi, isbotlab berishi zarur. Yeng yaxshi fikrlarni ta’kidlab o’tish kerak. Xato fikr bildirgan, noaniq so’zlaganlarni to’g’rilashi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |