Mashg‘ulot yo‘nalishining o‘zgarishi. Sport formasiga kirib olin gandan keyin, uni butun mas’uliyatli musobaqalar davomida saqlab turish va sport yutuqlariga erishishga aylantirish vazifasi paydo bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, sport formasi bu faqat holatgina emas, balki jarayon hamdir, sportda yutuqlarga erishishga tayyor ekanlikni ko‘rsatuvchi barcha fazilat, malaka, mahoratlarni uzluksiz takomillashtirib boruvchi jarayon hamdir. Sport formasini saqlab turish davrida navbatdagi musobaqalarning spetsifik shart-sharoitlariga moslashish zaruriyati munosabati bilan uning ayrim komponentlari ancha sezilarli o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin. Biroq, bu davrda tubdan o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi, chunki ular sport formasini yo‘qolishiga olib kelgan va shu bilan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish imkoniyatidan mahrum etgan bo‘lur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |