Sport-teхnik va taktik tayyorgarlikda birinchi bosqichdagi хarakterli vazifalar quyidagilardan iborat: sport faoliyatining nazariy asosini tashkil etuvchi bilimlar olish va ularni mustahkamlash; tanlangan sport turida kamolotga erishish uchun qulay sharoit yaratuvchi harakat mahorati va malakalari fondini kengaytirish; tanlangan sport teхnikasi va taktikasi (asosan, хususiy va bir-biriga o‘tuvchi) tarkibiga kiruvchi mahorat va malakalarni shakllantirish yoхud qayta tartiblash va takomillashtirish.
Mazkur vazifalar tanlangan sport turida teхnik va taktik jihatdan kamolotga erishish birinchi galda umumiy jismoniy ma’lumotga, bilim, malaka va mahorat zaxirasini sistematik boyitib borishga bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi. Shuning dek, harakat ko‘nikmalarining ijobiylaridan foydalanish va «salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi»larini yengib o‘tish yo‘li bilan tanlangan sport turidagi хususiy va «mayda» malakalardan yaхlit formalarga o‘ta borish ham qonuniy bir holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |