Masalani muhokama qilib yechish- o‘quvchi mantiqiy tafakkurini



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.05.2023
Hajmi0,67 Mb.
#946424
  1   2
Bog'liq
305-306




305 
MASALANI MUHOKAMA QILIB YECHISH- O‘QUVCHI MANTIQIY TAFAKKURINI 
O‘STIRUVCHI VOSITA SIFATIDA 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6568840
 
Shoyeva Yulduz Amin qizi 
BuxDUPI 1- kurs magistranti 
 
Annotatsiya: 
Bu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini masalani muhokama qilib yechish 
ko‘nikmasini shakllantirish orqali ularda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish yo‘llari va uning afzalliklari haqida 
ma’lumotlar yoritilgan. 
Tayanch so‘zlar: 
masala, masala muhokamasi, mantiqiy masalalar, mantiqiy tafakkur, masalani 
yechish usullari, individual topshiriqlar. 
Jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ushbu davrda har tomonlama bilimga ega, ilmli, bilim 
salohiyati kuchli, jahon yoshlari bilan teng raqobatlasha oladigan yosh avlodni tarbiyalash bugungi kunning 
dolzarb muammolaridan biridir. 
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ham prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab 
yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yuksak ma’naviyat egalari qilib 
tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. 
U kishi ta’kidlaganlaridek har tomonlama bilimli, barcha fanlarni chuqur biladigan yoshlarni yetishtirishda 
matematika faniga e’tiborni kuchaytirish lozim. Chunki matematika hamma fanlarga asos. “Matematika fanini 
bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi va istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab keta oladi. Matematika 
fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani 
tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib- intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurni kengaytiradi.” deydi 
davlatimiz rahbari. 
Darhaqiqat, maktab matematika ta’limi oldida turgan bosh talablardan biri-mustaqil fikrlovchi, o‘quv 
topshiriqlarini ijodiy yondashib, mustaqil bajara oladigan, mantiqiy tafakkuri yuqori shaxsni shakllantirishdan 
iborat. Matematikadan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini o‘stirishda “masala” 
tushunchasi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Matematika darsida o‘quvchilar masalalarni yechish orqali 
predmetlar orasidagi bog‘lanishlarni tahlil qiladilar. Ayniqsa, masalalarni muhokama qilib yechish orqali 
o‘quvchi mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati bilan bir qatorda, ularning mustaqil fikrlashi ham kengayadi. 
Ko‘p yillik kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari masala shartini 
tuzishga va uni tahlil qilishga qiynalishadi. Shu sababli ularda masalani sinfda muhokama qilib yechish 
ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Bu orqali birinchidan, masala yechimini topish oson bajariladi, 
ikkinchidan, vaqt tejaladi, uchinchidan, masalani yechish usullari, yo‘llari yaxshi o‘zlashtiriladi va eng 
asosiysi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash tasavvurlari kengayadi, tafakkurlari oshadi. 
Avvalo masala tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu tushuncha sermazmun tushuncha bo‘lib, uning 
yagona bir ta’rifi yo‘q. Har kim bu tushunchani o‘z sohasi bo‘yicha turlicha talqin qiladi. Olimlarning 
fikrlaridan kelib chiqqan holda masalani bir necha yo‘nalishlarga bo‘lib o‘rganamiz: 
1.
Muammoli holat sifatida qarash. 
2.
Berilgan shart asosida subyekt faoliyatining maqsadi sifatida qarash. 
3.
Masalaning belgili xarakterdagi talqinini qarash. 
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha A.M.Matyushkin “masala” va “muammoli holat” tushunchasini farqlab, 
“masala” tushunchasini harakatning maqsadini, harakatni bajarish shartlari va bajariladigan harakatning ayrim 
talablarini o‘z ichiga olgan intellektual topshiriqlarni bajarishda ishlatilishini ta’kidlaydi. 
Masalani yechish degan so‘z, bu berilganlar va izlanadiganlar orasida aloqa, muammoli holatni o‘rnatish 
demakdir. Psixologlar fikricha kishilar uchun muammoli holatni yaratish negizida kelishmovchilik va ziddiyat 
turadi. Demak, masala yuzasidan ziddiyat kelib chiqdimi, bu jarayon ko‘pchilik orasida, turli xil qarashlar va 
bilimlarning o‘rtaga tashlab, fikr bildirishlar natijasida hosil bo‘ladi. Bundan shu ma’lum bo‘ladiki, masalani 
birinchi yo‘nalish bo‘yicha, muammoli holat sifatida qarab yechish sinfda o‘quvchilar orasida o‘zaro 
munozara va muhokamani keltirib chiqaradi. O‘quvchilar o‘z o‘zidan masala muhokamasiga kirishishar ekan, 
berilgan masalani yechishning yo‘lini qidirib, bir masalani yechishning turli usullarini o‘rganib borishadi. Shu 
bilan birga masala turli tomondan talqin qilinib turlicha yondashib yechilar ekan, bu orqali o‘quvchilarda 
uchraydigan muammoli holat yuzasidan yechim topish ko‘nikmasi shakllanadi, ularning mantiqiy o‘ylab ish 
qilish qobiliyatlari oshadi, tafakkurlari rivojlanadi. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, ayrim hollarda bir o‘quvchi uchun muammoli hisoblangan holat 
boshqa bir o‘quvchi uchun muammoli bo‘lmasligi mumkin. Bu bevosita o‘quvchilarning bilim salohiyatlariga, 
biluv imkoniyatlariga bog‘liq. Berilganlar va izlanayotganlar orasidagi farq masalani yechayotgan 


306 
o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlariga bog‘liq. Bu kabi sinf o‘quvchilari orasidagi farqlarning oldini 
olish va har bir o‘quvchining o‘z imkoniyati doirasida ularning mantiqiy tafakkurini asta-sekinlik bilan 
rivojlantirishga erishish uchun darslarda o‘qituvchi o‘z mahoratini ishga solishi, sinf o‘quvchilarining 
bilimidan kelib chiqqan holda ularga individual topshiriqlar tayyorlab kelishi bilan ham ko‘zlangan natijaga 
erishishish bir muncha osonlashadi. Yani, intellektual imkoniyatlari yuqori bo‘lgan o‘quvchilar uchun 
tayyorlanadigan topshiriqlarda intellekti pastroq o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan topshiriqlarga nisbatan 
ko‘proq noma’lumlar qatnashgan masalalar tuzish, keyinchalik esa shu murakkabroq masalalarni intellekti 
pastroq o‘quvchilarga ham topshirish lozim. Bu usulni qo‘llash orqali garchi, bu uzoqroq vaqtni olsa ham, sinf 
o‘quvchilarining intellekti bir qancha tenglashishiga erishish mumkin. O‘quvchilarning intellektual 
imkoniyatini imkon qadar tenglashtirishga erishgandan so‘ng guruh jamoasi bilan masalalar muhokamasini 
birgalikda qilish, masalani turli tomondan tahlil qilish orqali ularning mantiqiy tafakkur ham sezilarli darajada 
yuqori bo‘ladi. 
Yuqorida aytib o‘tganlarimizdan xulosa qiladigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini masalani 
muhokama qilib yechishga o‘rgatish orqali ularning mantiqiy fikrlashini oshirishga erishish mumkin. Sababi, 
masalani muhokama qilib yechish mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi eng muhim vositadir. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish