1. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot



Download 23,46 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi23,46 Kb.
#520417
Bog'liq
Tojimuratov Jamshid


1. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
a) markazdan boshqariladigan iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) natural xo‘jalik;
d) aralash iqtisodiyot;
e) an’anaviy iqtisodiyot hisoblanadi.
2. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi?
a) to‘la bandlikni qanday ta’minlash mumkin?
b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
c) inflyatsiyadan qanday qutulish mumkin?
d) iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘batlantirish mumkin?
e) yalpi daromad va yalpi xarajatlarni qanday muvozanatga
keltirish mumkin?
3. Rivojlanish bosqichlariga sivilizatsion yondashuvning asoschisi
kim?
a) Alfred Marshall;
b) Uolter Rostou;
c) Ronald Kouz;
d) Artur Pigu;
e) Karl Marks.
4. Sivilizatsion yondashuv bo‘yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo‘linib, u quyidagilardan iborat:
a) o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, industrial
jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, kommunistik jamiyat;
b) an’anaviy jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, feodalizm,
industrial jamiyat, kommunistik jamiyat;
c) an’anaviy jamiyat, quldorlik, industrial jamiyatga o‘tish,
industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
d) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga
o‘tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
e) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, kommunistik jamiyat,
industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati.
5. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘rin almashinish sabablari
formatsion yondashuvda qanday izohlanadi?36
a) ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga ishlab
chiqarish munosabatlarining mos kelishi;
b) ishlab chiqarish texnologik usulining o‘zgarishi;
c) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlarining mos kelmasligi o‘rtasidagi ziddiyat;
d) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ustqurmaning
mos kelmasligi;
e) ishlab chiqarish texnologiyalarini yangilash orqali.
6. Iqtisodiy tizim nima?
a) jamiyatning asosiy yo‘nalishi;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish shakli;
c) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosi;
d) ijtimoiy ishlab chiqarish shaklidir;
e) siyosiy va ma’naviy munosabatlardir.
7. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
a) ishlab chiqarishni reja asosida yurgazishga asoslangan;
b) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga
asoslangan;
c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va
iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan;
d) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida
tashkil etishga qaratilgan;
e) ishlab chiqarish xususiy mulk asosida tashkil qilinadigan.
8. Aralash iqtisodiyot nima?
a) turli mulk shakllariga va ularning teng huquqligiga asoslangan
iqtisodiyot;
b) ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot;
c) xususiy va jamoa mulkiga asoslangan iqtisodiyot;
d) buyruqli va bozor iqtisodiyoti qo‘shilishi natijasida vujudga
kelgan iqtisodiyot;
e) an’ana va udumlarga asoslangan iqtisodiyot.
9. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning
ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’-minlanadi?
a) buyruqli iqtisodiyotda;
b) sof kapitalizmda;
c) aralash iqtisodiyotda;
d) an’anaviy iqtisodiyotda;
e) yuqoridagilarning barchasida.37
10. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari
qaysi tizimga aloqador?
a) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish
hukmron bo‘lgan jamiyatlarga;
b) faqat bozor iqtisodiyotiga;
c) faqat an’anaviy iqtisodiyotga;
d) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har
qanday jamiyatga;
e) aralash iqtisodiyotga.
11. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari,
xo‘jalik yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro
uzviy bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi?
a) iqtisodiyot;
b) iqtisodiy tizim;
c) iqtisodiy tizim modeli;
d) jamiyat;
e) xo‘jalik.
12. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri
uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi?
a) iqtisodiy munosabatlar;
b) texnologiya;
c) ishlab chiqarishning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmi;
e) iqtisodiy siyosat.
13. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi
ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi?
a) iqtisodiy munosabatlarni;
b) ishlab chiqarish texnologiyasini;
c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmini;
e) iqtisodiy tizimni.
14. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish (mehnat taqsimoti,
uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning
to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi) natijasida vujudga keladigan
munosabatlarni toping:
a) ishlab chiqarish munosabatlari;
b) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar;
c) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar;
d) ijtimoiy munosabatlar;38
e) siyosiy munosabatlar.
15. Hayotiy vositalar va boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar qanday nomlanadi?
a) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar;
b) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar;
c) ishlab chiqarish munosabatlari;
d) ijtimoiy munosabatlar;
e) siyosiy munosabatlar.
16. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi turining birligi
nimani tashkil qiladi?
a) ishlab chiqarish vositalarini;
b) ishlab chiqarish usulini;
c) jamiyat ustqurmasini;
d) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani;
e) iqtisodiy tizimni.
17. Ishlab chiqarish usuli va jamiyatdagi mavjud ustqurma
birgalikda nima deb ataladi?
a) iqtisodiy tizim;
b) xo‘jalik yuritish shakli;
c) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya;
d) milliy xo‘jalik;
e) iqtisodiyot.
18. Ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning ma’lum bir
usullari qanday nomlanadi?
a) ixtisoslashish;
b) kooperatsiya;
c) texnologiya;
d) integratsiya;
e) mehnat taqsimoti.
19. Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror
ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishga qaratilgan choratadbirlari qanday siyosatni anglatadi?
a) ijtimoiy siyosat;
b) iqtisodiy siyosat;
c) ijtimoiy–iqtisodiy siyosat;
d) daromadlar siyosati;
e) moliyaviy siyosat.39
20. Iqtisodiy tizimning iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uyg‘unlashtirish mexanizmi hamda mulkchilikning hukmron shakli
bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) ibtidoiy jamoa;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) industrial jamiyat;
d) ommaviy iste’mol jamiyati;
e) neolitik jamiyat.
21. Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarishning texnologik usuli bo‘-
yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) oddiy kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizim;
d) toindustrial jamiyat;
e) ommaviy iste’mol jamiyati.
22. Iqtisodiy tizimning industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) an’anaviy iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) industrial jamiyat;
d) ommaviy iste’mol jamiyati;
e) antik-temir asri.
23. Iqtisodiy tizimning jamiyat iqtisodiy taraqqiyot darajasiga
ko‘ra turkumlangan turini aniqlang:
a) aralash iqtisodiyot;
b) kapitalizm;
c) manifakturaga asoslangan iqtisodiy tizim;
d) o‘tkinchi jamiyat;
e) neolitik jamiyat.
24. Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang:
a) bozor iqtisodiyoti;
b) quldorlik;
c) industrial jamiyat;
d) o‘tkinchi jamiyat;
e) poliiqtisodiyot.
25. Iqtisodiy tizimning jamiyatning siklli rivojlanish sivilizatsiyasi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
a) buyruqli iqtisodiyot;40
b) feodalizm;
c) ommaviy iste’mol jamiyati;
d) monoiqtisodiyot;
e) neolitik.
26. Iqtisodiy tizimning amal qilish darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang:
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) feodalizm;
c) o‘tkinchi jamiyat;
d) neolitik;
e) makroiqtisodiyot.
27. Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda nimani tashkil
qiladi?
a) ishlab chiqarish usulini;
b) texnologik usulni;
c) formatsiyani;
d) iqtisodiy tizimni;
e) ishlab chiqarish vositalarini.
28. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni bajaruvchilar mehnatining bir joyda, oddiy shaklda uyushtirilishi
qanday nomlanadi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) manifaktura;
c) mashinalashgan ishlab chiqarish;
d) natural xo‘jalik;
e) ixtisoslashish.
29. Manifakturaga uyushgan xodimlar mehnatiga mashinalarning joriy qilinishi natijasida qanday ishlab chiqarish vujudga
keladi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) manifaktura;
c) mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish;
d) mashinalashgan ishlab chiqarish;
e) ijtimoiy ishlab chiqarish.
30. Oddiy kooperatsiyaga birlashgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mehnat taqsimoti joriy qilinishi qanday nomlanadi?
a) oddiy kooperatsiya;
b) ixtisoslashish;41
c) manufaktura;
d) mashinalashgan ishlab chiqarish;
e) natural ishlab chiqarish.
31. Toindustrial (industriallashgan davrgacha mavjud bo‘lgan)
jamiyatning quyidagi belgilaridan qaysisi tovar–pul munosabatlari
mavjud bo‘lishini cheklaydi?
a) aholining asosan qishloq xo‘jaligida bandligi;
b) qo‘l mehnatining ustuvorligi;
c) mehnat taqsimoti sayozligi;
d) natural xo‘jalik hukmronligi;
e) barter ayriboshlash o‘z o‘rniga ega bo‘lishi.
32. Industriallashgan jamiyatning qaysi belgisi urbanizatsiya
jarayonlarini kuchaytiradi?
a) ishlab chiqarishning mashinalarga asoslanganligi;
b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi;
c) shahar aholisining nisbatan tezroq ko‘payishi;
d) mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
e) tovar xo‘jaligi ustuvorligi.
33. Yuqori darajada industriallashgan (postindustrial) jamiyatning qaysi belgisi resurslarni tejash imkonini beradi?
a) xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori darajada rivojlanganligi;
b) bandlikning asosiy qismi (60-70%)ning xizmat ko‘rsatish
sohalariga to‘g‘ri kelishi;
c) iqtisodiyotda kompyuter va yangi informatsion texnologiyalar
keng qo‘llanilishi;
d) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib borishi;
e) yangi texnika va texnologiyalarning keng qo‘llanilishi.
34. An’anaviy jamiyatning qaysi belgisi monopoliyalar hukmronligini ta’minlaydi?
a) qishloq xo‘jaligi ustuvorlikka egaligi;
b) ishlab chiqarish yirik yer egalari hukmronligiga asoslanganligi;
c) mehnat qurollari oddiy yoki primitivligi;
d) mehnat unumdorligi nihoyatda pastligi;
e) barter ayriboshlash ustuvorligi.
35. O‘tkinchi jamiyatning qaysi belgisi investitsion faollikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi?
a) markazlashgan davlat qaror topishi;
b) mehnat taqsimoti chuqurlashishi;
c) hunarmandchilikning vujudga kelishi;42
d) tadbirkorlik shakllari rivojlana boshlashi;
e) iqtisodiy jamg‘arish jarayoni boshlanishi.
36. Industrial jamiyatga o‘tishning qaysi belgisi iqtisodiyot sanoat tarmog‘ining favqulodda tez o‘sishiga olib keladi?
a) mehnat qurollari takomillashishi;
b) sanoat to‘ntarishi yuz berishi;
c) mehnat unumdorligi o‘sishi;
d) ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlana boshlashi;
e) jamg‘arishning nisbatan tezroq o‘sib borishi.
37. Industrial jamiyatning qaysi belgisi sanoatda mashinalashgan ishlab chiqarish ustuvorligini ta’minlaydi?
a) yirik mashinalashgan ishlab chiqarish qaror topishi;
b) og‘ir sanoatning rivojlanishi;
c) urbanizatsiya jarayoni kuchayishi;
d) jamg‘arishning jadal borishi;
e) mehnat unumdorligi tez o‘sishi.
38. Ommaviy iste’mol jamiyatining qaysi belgisi faqat ungagina
xos emas?
a) keng iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvorlikka ega bo‘ladi;
b) xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi;
c) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
ustuvor o‘rin egallay boradi;
d) iste’mol tovarlari bozori rivojlanadi;
e) yalpi talabda shaxsiy iste’mol o‘sib boradi.
39. Quyidagi iqtisodiy tizim yoki jamiyatdan qaysisi monoiqtisodiyotni nisbatan to‘liq ifodalamaydi?
a) sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyoti;
b) quldorlik jamiyati;
c) feodalizm;
d) sof kapitalizm;
e) aralash iqtisodiyot.
40. Alohida mulk shakli ustuvorligi inkor qiladigan va turli–
tuman mulk shakllariga asoslangan iqtisodiy tizim qanday nomlanadi?
a) monoiqtisodiyot;
b) poliiqtisodiyot;
c) mikroiqtisodiyot;
d) makroiqtisodiyot;
e) mezoiqtisodiyot.43
41. Davlat mulki ustuvorlikka ega bo‘lgan hamda iqtisodiy
jarayonlar bir markazdan turib boshqariladigan va uyg‘unlashtiriladigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?
a) an’anaviy iqtisodiyot;
b) aralash iqtisodiyot;
c) bozor iqtisodiyoti;
d) buyruqli iqtisodiyot;
e) super makroiqtisodiyot.
42. Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadigan iqtisodiyot
qanday nomlanadi?
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot;
e) makroiqtisodiyot.
43. Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo‘lgan va
iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan
ham tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nom bilan ataladi?
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot;
e) makroiqtisodiyot.
44. Mulkchilik munosabatlarida merosxo‘rlik va sulolalar mavqei hukmron bo‘lgan, iqtisodiy jarayonlar urf-odatlar, udumlar,
an’analar va turli tartiblar (ijtimoiy, diniy) yordamida boshqariladigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?
a) buyruqli iqtisodiyot;
b) bozor iqtisodiyoti;
c) aralash iqtisodiyot;
d) an’anaviy iqtisodiyot;
e) mikroiqtisodiyot.
45. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qaysi mulk
shakli eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi?
a) aksionerlik jamiyati;
b) kooperativ;
c) xususiy mulk;
d) jamoa; 44
e) qo‘shma korxonalar.
46. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish natijalari
qanday o‘zlashtiriladi?
a) resurslar kimning mulki ekanligiga ko‘ra;
b) mehnat omili tomonidan;
c) moddiy resurs egalari tomonidan;
d) menejerlar tomonidan;
e) davlat tomonidan.
47. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ...
a) davlat mulkini fuqarolarga sotish;
b) davlat mulkini imtiyozli bo‘lib berish;
c) davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish
shakllariga aylantirish;
d) davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish;
e) davlat mulkini yuridik shaxslarga sotish.
48. Manfaatlarning bir tomondan obyektivligiga sabab ...
a) har bir kishining inson sifatida ehtiyoji mavjudligi;
b) ehtiyojlarning obyektivligi va uni qondirish zaruriyati;
c) insonlar uchun umumbashariy qadriyatlarning umumiyligi;
d) kishilarning manfaati mos kelishi zaruriyati;
e) shaxsiy, guruh, umumjamiyat manfaatlari mavjudligi.
49. Manfaatlarning subyektivligiga sabab...
a) insonning shaxs, mulk egasi sifatida manfaatlari mavjudligi;
b) insonlar uchun umumbashariy qadriyatlarning mavjudligi;
c) subyektning shaxsiy, oila, jamoa, jamiyat manfaatlarini mujassamlashtirishi;
d) manfaat doimo ikki subyektga tegishli;
e) manfaat har bir insonning o‘zida mujassamlashgan.
50. Aksionerlik jamiyatida mulk egalari kim?
a) jamiyatning prezidenti;
b) boshqaruv a’zolari;
c) nazorat kengashi;
d) aksionerlar;
e) ijrochi direktor va menejerlar.
51. Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik
mavqeini ta’minlaydi?
a) mulkka egalik qilish;
b) mulkdan foydalanish;
c) mulkni tasarruf qilish;45
d) mulkni ijaraga berish;
e) yuqoridagilarning barchasi.
52. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilikning o‘rni qanday?
a) mulkchilik – boylik manbai;
b) mulkchilik – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xarakterini belgilaydi;
c) mulkchilik mulkka egalik munosabatini ifodalaydi;
d) iste’molchi talabini qondirish vazifasini bajaradi;
e) o‘ringa ega emas.
53. Manfaatlar tizimi nima?
a) ishlab chiqaruvchining manfaati;
b) iste’molchining manfaati;
c) shaxsiy, jamoa va davlat manfaati;
d) iqtisodiy manfaat;
e) oilaviy manfaat.
54. Mulkning qaysi obyekti bevosita shaxsiy iste’mol qilinishi
mumkin?
a) ishlab chiqarish vositalari;
b) tabiiy boyliklar;
c) insonning mehnat qilish qobiliyati-ishchi kuchi;
d) iste’mol tovarlari va xizmatlar;
e) mehnat ashyolari.
55. Quyidagilardan qaysi biri mulk subyekti tushunchasining
mazmunini to‘laroq xarakterlaydi?
a) mulk obyektini o‘zlashtiruvchilar;
b) mulkdan foydalanuvchilar;
c) mulkiy munosabat ishtirokchilari;
d) ishlab chiqaruvchilar;
e) iste’molchilar.
56. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida Respublika iqtisodiyotining negizini qanday mulk tashkil qiladi?
a) davlat mulki;
b) jamoa mulki;
c) aralash mulk;
d) xilma-xil mulk;
e) chet elliklar mulki.
57. Mulkning quyidagi shakllaridan qaysi biri alohida olingan
mulk obyekti va uning natijalari turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi?51
e) chet elliklarga sotish yoki qarz hisobiga berish, kimoshdi savdosi
orqali sotish.
83. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda qaysi usulga ustuvorlik berildi?
a) pulli yoki haqini to‘lash;
b) pulsiz yoki tekin;
c) imtiyozli;
d) vaucherlar orqali;
e) pulsiz va imtiyozli.
84. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga bo‘lgan yondashuvning qaysi xususiyati iqtisodiy
islohotlarning asosiy tamoyillaridan birini aks ettiradi?
a) maqsadli yo‘naltirilganligi;
b) manzilliligi;
c) to‘lovliligi;
d) dasturlar asosida bosqichma–bosqich amalga oshirilishi;
e) manzilliligi va to‘lovliligi.
85. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonining qaysi jihati
qonunlarga amal qilishni taqozo etadi?
a) xususiylashtirish jarayoni islohotlarning ichki mantig‘iga
bo‘ysindirilishi;
b) xususiylashtirish jarayonining davlat tomonidan boshqarilishi;
c) xususiylashtirishning huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlanishi;
d) maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi;
e) bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
86. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish necha bosqichda amalga oshiriladi?
a) 2 ta;
b) 1 ta;
c) 3 ta;
d) 4 ta;
e) 5 ta.
87. Kichik xususiylashtirish, ayrim o‘rta va yirik korxonalarni ijara hamda jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish qaysi davrda amalga oshirilgan?
a) 1991-1992 y.y.
b) 1992-1993 y.y.
c) 1993-1994 y.y.
d) 1994-1995 y.y.52
e) 1996 yildan boshlab.
88. Qaysi davrdan davlat mulkchiligidagi o‘rta va yirik korxonalar aksonerlik jamiyatlariga aylantirildi, ochiq turdagi aksionerlik
jamiyatlarini vujudga keltirish va davlat mulkini tanlov asosida
sotish amaliyoti joriy qilindi hamda har xil mulkchilikka asoslangan
kichik biznes korxonalari tashkil qilina boshlandi?
a) 1991-1992 y.y.
b) 1992-1993 y.y.
c) 1993-1994 y.y.
d) 1994-1995 y.y.
e) 1996 yildan boshlab.
89. Qachondan davlat ro‘yxatiga kirmagan barcha obyekt va korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari keng aholi qatlami va chet el kapitali ishtirokini ta’minlaydigan
ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilib boriladi?
a) 1992-1993 y.y.
b) 1993-1994 y.y.
c) 1994-1995 y.y.
d) 1996 yildan boshlab;
e) 1997 yildan boshlab.
90. Barcha iqtisodiy tizimlarga xos bo‘lgan belgilardan qaysi
biri mehnat taqsimotining namoyon bo‘lish shaklini ifodalaydi?
a) ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash;
b) yangi texnikadan keng miqyosda foydalanish;
c) ishlab chiqarishning ixtisoslashishi;
d) ishlab chiqarish kooperatsiyasi;
e) pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy vositalarni qo‘llash.
. Quyidagi omillardan qaysi biri ehtiyojlarning sifat jihatdan
takomillashib borishiga olib keladi?
a) aholining tabiiy o‘sishi;
b) ishchi kuchi migratsiyasi;
c) fan-texnika taraqqiyoti va reklama;
d) aholi ijtimoiy tarkibining o‘zgarishi;
e) mamlakat tabiiy va xom ashyo resurslari salohiyati ortishi.
92. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan22
ehtiyojlar o‘rtasidagi qanday bog‘liqlikni aks ettiradi?
a) o‘zaro uzviy;
b) teskari;
c) uzviy va teskari;
d) aks ettirmaydi;
e) ichki.
93. Ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir qiluvchi quyidagi
omillardan qaysi biri iqtisodiy inqirozlarni ham keltirib chiqaradi?
a) ishlab chiqarishning rivojlanish holati;
b) iqtisodiy faollikning siklik ro‘y berishi;
c) jamiyatdagi mavjud hukmron munosabatlar;
d) favqulodda ro‘y bergan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizimlar
almashishi);
e) tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini va h.k.).
94. Ehtiyojlarga xos bo‘lgan muhim xususiyat turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishi nimani anglatadi?
a) bir ehtiyojning boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqarishini;
b) barcha ehtiyojlarning o‘sib borishini;
c) bir ehtiyoj boshqa bir ehtiyojning o‘rnini bosishini;
d) bir ehtiyojning boshqa bir ehtiyojni cheklashini;
e) ehtiyojlarning cheksiz va chegarasizligini.
95. Quyidagi ehtiyojlardan qaysi biri uning qondirilish ko‘lami
va darajasini ifodalaydi?
a) umumjamiyat miqyosida yoki mamlakat darajasida qondiriladigan
ehtiyojlar;
b) moddiy ehtiyojlar;
c) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar;
d) madaniy-maishiy ehtiyojlar;
e) bevosita qondiriladigan ehtiyojlar.
96. Quyidagilardan qaysi biri ehtiyojlarning ashyoviy-buyum
vositalarida qondiriladigan turini anglatadi?
a) jamoa yoki guruh darajasida qondiriladigan ehtiyoj;
b) moddiy ehtiyojlar;
c) yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlar;
d) jamiyat darajasida qondiriladigan ehtiyojlar;
e) bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar.
97. Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:
a) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
b) moddiy ehtiyoj;23
c) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj;
d) madaniy-maishiy ehtiyoj;
e) yakka tarzda qondiriladigan ehtiyoj.
98. Kishilar hayot kechirishining birlamchi sharti – hayotiy zarur
vositalar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zebi-ziynat buyumlariga (mebel, avtomobil, xolodilnik, televizor, dala hovli) bo‘lgan ehtiyoj qanday nomlanadi?
a) bevosita qondiriladigan ehtiyoj;
b) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
c) moddiy ehtiyoj;
d) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj;
e) madaniy-maishiy ehtiyoj.
99. Insonning mehnat qilishga, axloqiy, ma’naviy, madaniy va
jismoniy kamol topishiga xizmat qiladigan ehtiyoj turini aniqlang:
a) moddiy ehtiyoj;
b) bevosita qondiriladigan ehtiyoj;
c) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
d) ijtimoiy-ma’naviy va madaniy-maishiy ehtiyoj;
e) yakka tarzda qondiriladigan ehtiyoj.
100. Kishilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qiladigan tovar va
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji qanday nomlanadi?
a) moddiy ehtiyoj;
b) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj;
c) madaniy-maishiy ehtiyoj;
d) bevosita qondiriladigan ehtiyoj;
e) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj
JAVOBLAR
1d); 2b); 3b); 4d); 5c); 6b); 7c); 8d); 9b); 10b); 11b); 12d); 13c);
14b); 15b); 16b); 17c); 18c); 19b); 20b); 21c); 22c); 23d); 24d); 25d);
26d); 27b); 28a); 29d);30c); 31d); 32c); 33d); 34b); 35d); 36b); 37a);
38b); 39d); 40b); 41d); 42b); 43c); 44d); 45c); 46a); 47c); 48a); 49c);
50d); 51c); 52b); 53c); 54d); 55c); 56d); 57d); 58d); 59a); 60a); 61b);
62c); 63d); 64b); 65d); 66a); 67c); 68c); 69a); 70c); 71b); 72d); 73b);
74c); 75c); 76b); 77d); 78d); 79b); 80d); 81c); 82c); 83a); 84d); 85c);
86c); 87b); 88d); 89d); 90c)
Download 23,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish