Suhbatdan so‘ng tovuq va jo‘ja so‘zlari nechta harf, tovushdan iborat ekanligi so‘raladi;
Tovuq va jo‘ja so‘zlarini bo‘g‘inlarga ajratish topshirig‘i beriladi;
Tovuq va jo‘ja so‘zlari ishtirok etgan gap tuzish topshiriqi beriladi.
Topshiriqni muvaffaqiyatli bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Yuqorida keltirilgan hikoyani matematika fani bilan integratsiyalaymiz.
Gulnoraning 5ta tovuqi va 10 ta jo‘jasi bor. Gulnoraning jami nechta tovuq va jo‘jasi bor?
Gulnoraning tovuqi har kuni bittadan tuxum qo‘yadi. Uning tovuqi 12 kunda nechta tuxum qo‘yadi?
Ushbu masalalar og‘zaki ishlanadi va eng birinchi javob bergan beshta o‘quvchi rag‘batlantiriladi.
O‘qish – texnologiya fanlararo integratsiya. Bunda o‘qituvchi amaliy mehnat jarayonini o‘quvchilarga ko‘rsatib beradi. O‘qituvchi sinfdan tashqari o‘qish darsiga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi kerak. Hikoya bolalarning parranda qushlarga bo‘lgan ijobiy munosabatni yaxshilashga qaratilgan tarbiyaviy maqsad bo‘lgani uchun, tovuq parrandasi nihoyatda insonlar uchun foydali jonzot ekanligi tushuntiriladi. Shundan so‘ng bitta tuxumni olib, uning tepa va pastki qismini kichik qilib igna yordamida teshib ichi suyuqlikdan bo‘shatiladi va unga rangli bo‘yoqlar orqali ko‘z,burun og‘iz yasab bayramona archa uchun o‘yinchoq vazifasini bajarishi mumkinligi haqida o‘quvchilarga ko‘rsatib beriladi.
Ushbu amaliy mehnat topshirig‘ini har bir o‘quvchi o‘z uyida tayyorlab kelishi uyga vazifa sifatida beriladi.
O‘qish – tasviriy san’at – musiqa fanlararo integratsiya. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga hikoyaga mos qanday rasm chizgan bo‘lardingiz? Savoli orqali rasm chizish topshirig‘i beriladi. Hikoyada Gulnora tovuq va jo‘jalariga qanday qo‘shiq kuylagan bo‘lardi? Savoli orqali o‘quvchilarga qo‘shiq qo‘yib eshittiriladi va birgalikda kuylanadi:
Jo‘ja, jo‘ja, jo‘jalarimning patlari sariq
Sariq,sariq, sariq ko‘zlari misoli tariq.
Har kun ularga donlar beraman,
Yo‘qolmasin deb sanab qo‘yaman.
Sinfdan tashqari o‘qish darsi uchun “Kitobim – oftobim“ 1-sinflar uchun mo‘ljallangan kitobda berilgan Mahmud Murodovning “Endi quvmaydi” nomli hikoyasini namuna sifatida fanlararo integratsiyalashni izchil va tizimli ko‘rsatib berdik. Agar sinfdan tashqari o‘qish uchun berilgan badiiy asarlarning turli xil janrini o‘z ichiga olgan ertak, hikoya, rivoyat va she’rlarni mana shu tartibda o‘tkazsak, dars samaradorligi an’anaviy darsga qaraganda ta’siri kuchli bo‘ladi.