9-sinf sana:_____
1-DARS. MASALALARNI KOMPYUTERDA YECHISH BOSQICHLARI
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
|
Maqsad va vazifalar
|
Darsning maqsadi: o'quvchilarning kompyuterimkoniyatlari to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarini kengaytirish va masalalarni kompyuter yordamida yechish bosqichlari haqida ma’lumot berish.
Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarga masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida bilim va ko’nikmalar berish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish hamda bilim olishda tartib va intizomga rioya qilishga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
|
O'quv jarayonining mazmuni
|
Zamonaviy kompyuter imkoniyatlari. Axborotni texnik vositalar yordamida qayta ishlashning dolzarbligi. Masalalarni kompyuter yordamida hal etish bosqichlari: Masalaning maqsadi va qo’yilishi; Algoritm tuzish; Dastur tuzish; Dasturni kopmyuter xotirasiga kiritish; Natija olish va uni tahlil qilish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: Aralash.
Shakl: Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’quvchilarning kompyuter imkoniyatlari haqidagi bilim va ko’nikmalari rivojlanadi. Ular masalalarni kompyuterda hal etish bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo’lishadi, boshlang’ich va natijaviy kattaliklar hamda masala yechish usullarini bilan tanishadi. O’quvchilar yakka va guruh bo’lib ishlashni o’rganishadi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
Asosiy tushunchalar:
Masalalarni kompyuterda yechishning asosiy bosqichlari, boshlang’ich va natijaviy kattaliklar, masala yechish usullari.
Darsning blok-chizmasi: A jadval
O’tilganlarni takrorlashni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
O’quvchilarni to’rt guruhga ajratib ularning IHTA fanidan olgan bilimlari takrorlab olinadi. Har bir guruhga mavzu yuzasidan savollar beriladi, javoblar tinglanadi. O’quvchilar ham o’zaro qisqa savol javoblar orqalimuloqotga kirishishadi.
Mavzuni yoritish:
Inson amaliy ish jarayonida juda ko’p masalalarni hal etishiga to’g’ri keladi. Masalalarning ba’zilari oson, ba’zilari esa murakkab hisob-kitob bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zi masalalarni hal etishda biror amallar guruhi esa minglab marta bajarilishiga tog’ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va o’ta tez ishlaydigan yordamchimiz bo’lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi? Agar yordam bera olsa, “U holda masalalarni kompyuterda ha etish qanday tashkil etiladi?” degan savol tabiiydir.
Bu savolga javob berishdan avval bir necha masala yechish talab etiladi.
1-masala. Hajmi 20 sm3 bo’lgan jism suvga botirildi. Unga ta’sir etayotgan ko’taruvchi kuch qiymatini toping.
Masalani tahlil etamiz: fizika kursidan ma’limki, suvga botirilgan jism o’z hajmiga teng bo’lgan miqdorda suvni siqib chiqaradi va unga siqib chiqarilgan suv og’irligiga teng kuch ta’sir etadi, bu kuch Arximed kuchi deb ataladi.
Berilgan:
|
Formulalar:
Topish kerak: FA-?
|
Yechish:
Do'stlaringiz bilan baham: |