Algoritm- bu aniq hisoblashlami bajaruvchi protsedura bo lib unga kirish qismida kattalik yoki kattaliklar berilib chiqishda natijaviy kattalik yoki kattaliklar olinadi



Download 16,96 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi16,96 Kb.
#344477
Bog'liq
Algoritmlar murakkabligi


Algoritm- bu aniq hisoblashlami bajaruvchi protsedura bo"lib unga kirish qismida kattalik yoki kattaliklar berilib chiqishda natijaviy kattalik yoki kattaliklar olinadi. Demak algoritm hisoblovchi qadamlardan tashkil topgan bo'lib, dastlabki qiymatlarga ko‘ra natijaviy kattaliklar qiymatini beradi. Bu holatni sxematik tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin.

Algoritmni qo‘yilgan hisoblash masalani (computational problem) aniq bajaruvchi uskuna sifatida ham qaralishi mumkin. Algoritmlarda keltirilgan protseduralar yordamida kattaliklar bilan amallar bajarilib natijalar olinadi.

Algoritmlarni ishlab chiqishda masalani yechimi uchun zarur boMgan vaqt va xotira hajmi muhim ko‘rsatgichlar hisoblanib algoritmlarni yaratishda ulami samarali foydalanishni hisobga olish zarur. Aynan bir masalani yechish uchun turli algoritmlar tuzilishi mumkin. Ular bir-biridan samardorlik darajasi bilan farqlanadilar. Bu farq turli texnik va dasturiy ta'minotlarda har xil bo‘lishi mumkin.

Umurnan olganda algoritm - bu qo‘yilgan masalaning yechimiga olib keladigan, ma'lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligidir. Boshqacha qilib aytganda. algoritm boshlang‘ish ma'lurnotlardan natijagasha olib keluvshi jarayonning aniq yozilishidir. Algoritm tushunshasining turli ta’riflari bir qator talablarga javob berishi kerak: - algoritm chekli sondagi elementar bajariluvshi ko‘rsatmalardan iborat bo‘lishi kerak; - algoritm chekli sondagi qadamiardan iborat boMishi kerak; - algoritm barcha boshlang'ich berilganlar uchun umumiy bo'lishi kerak; - algoritm to'g'ri yechimga olib kelishi kerak. Har qanday algoritm ma'lutn ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi. Yuqoridagi fikrga ko‘ra algoritm asosan masalani yechimini topish uchun tuziladi. Bitta masalani yechishning bir necha algoritmi mavjud bo'lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo iish shartlari va ularni qurish (ishlab chiqich)ni o'rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkii etadi.

Algoritm kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, bu atama o'rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o'zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U IX asming 825 yilidayoq o'zi kashf etgan o'nli sanoq tizimida to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa al-xorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Fanda "Yevklid algoritmi", "G'iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi algoritmlar m a’lum algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo bo'lgan. Kompyuterlar paydo bo'lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma'nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo'lib qoldi. Odatda algoritmlar u yoki bu hisoblashga doir masalaiarni (computational problems) yechish uchun tuziladi. Qo'yilgan masala ushun yaratiladigan algoritmda kiruvchi va chiquvchi m a’lumotlar muhim ahamiyatga ega, agar algoritm to'g'ri tuzilgan bo'Isa, ijrosi (kom pyuter) aniq natijalar beradi.

Algoritm quyidagi xossalarga ega: aniqlik, tushunarlilik, ommaviylik, natijaviylik va diskretlik. Aniqlik va tushunarlilik - deganda, algoritmda ijrochiga berilayotgan ko'rsatmalar aniq mazmunda bo'lishi tushuniladi. Chunki ko'rsatmalardagi noaniqliklar mo'ljallangan maqsadga erishishga olib keimaydi. Ijrochiga tavsiya etiladigan ko'rsatmalar 8 tushunarli mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi uni bajara olmaydi. Ommavivlik - deganda, har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalaming barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi. ya’ni umumiy bo‘lishi tushuniladi. Natiiaviylik - deganda, algoritmda chekli qadamlardan so‘ng albatta natija bo4lishi tushuniladi. Shuni ta'kidlash joizki, algoritm avvaldan ko‘zlangan maqsadga erishishga olib kelmasligi ham mumkin. Bunga ba'zan algoritmning noto‘g‘ri tuzilgani yoki boshqa xatolik sabab bo‘lishi mumkin, ikkinchi tomondan, qo‘yilgan masala ijodiy yeshimga ega boMmasligi ham mumkin. Lekin salbiy natija ham deb qabul qilinadi. Diskretlik - deganda, algoritmlami chekli qadamlardan tashkil qilib bo'laklash imkoniyati tushuniladi. Algoritmlarga doir quyidagi masalalami misol sifatida keltirish mumkin: • Talabani kundalik ishlami tashkil etish; • To‘rtburchak perimetri va yuzasini hisoblash; • R radiusli doira yuzasini va aylana uzunligini topish; • Ai, A2 , Аз,..., An sonlarni toq elementlarini yig‘indisini topish; • Berilgan ketma-ketlik sonlarni o‘sish (kamayish) tartibda joylashtirish va h.k. A lgoritm ning uchta turi m avjud: chiziqli, tarm oqlanuvchi va takrorlanuvchi(sikiik). Chiziqli algoritmlar - hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlardir. Tarmoqlanuvchi algoritmlar - ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan jarayonlardir. Takrorlanuvchi algoritmlar - biron-bir shart tekshirilishi yoki biron parametming har xil qiymatlari asosida chekli ravishda takrorlanish yuz beradigan jarayonlardir.

Algoritmlami turli usullarda tasvirlash mumkin.

■ so‘z bilan ifodalash

formulalarda berish;

■ blok-sxemalarda tasvirlash;

■ dastur shaklida ifodalash va boshqalar.

Algoritmlarni yaratish jarayoni birinchi navbatda bevosita qo‘yilgan masalaga va uni samarali, ixcham hamda qulay bo‘lishi esa dasturchining bilimi va m ahoratiga bog‘liq. Samarali algoritm yaratilishi uchun quyida keltirilgan omillar ham muhim o ‘rin tutadi:

• Algoritm yaratuvchining bilimlari hajmi;

Intuitsiya, tasavvur va fikrlash darajasi;

• Yechimlarni mustaqil aniqlash tajribasi;

• Asosiy matematik amallardan foydalanish ko‘nikmalari;

• Tahlil, sintez, taqqoslash, moslik, umumlashtirish, analogiya kabi amallardan unumli foydalanish;

• Standart va nostandart masalalami yechimini aniqlay olish;

• Mantiqiy ko‘nikmalarni (gipotezalami ilgari surish, strukturalami tezlik bilan tuzish, xulosalar chiqarish) doimiy ravishda takomillashtirib borishi;

• Boshqalarning aniq masalaga keltirgan yechimini aniqlay olishi va uni baholay bilishi;



• Dasturlash tilining imkoniyatlaridan foydalana olish darajasi; Strukturaviy algoritmlar- faqat standart boshqaruvchi strukturalardan foydalaniladigan yetarli darajada oddiy, tushunarii va oson o'qiladigan masalalami yaratish metodi.
Download 16,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish