TOPONIMIARNING TARIXIY IMLOSI
Toponimlar shunday so’zlarki, ular uzoq davr davomida iste'molda bo’lganidan grammatik va fonetik jihatdan o’zgarishlarga uchragan. Ana shu o’zgarishlarning xarakteri haqida tasawur hosil qilish toponim-larning, aytaylik, bundan bir necha asr oldin qanday talaffuz qilin-ganini aniqlashda juda qo'l keladi. Chunki toponimlarning ko’hna yod-gorliklardagi shakli ularning dastlabki holatini aniqlash uchun qo’shimcha material bo’lib xizmat qiladi. Masalan, o’zbekistonda Voxim, Vaxim, Vvaqim kabi toponimlar bir necha marta takrorlanadi.
F tovushining turkiy tillarda xarakterli emasligini hisobga olsak, V tovushining so’z boshida kelmasligini, shuningdek, f tovushining p tovushiga, so’ngra b tovushiga, hatto m tovushiga aylanishi mum-kin ekanligini tasawur qilsak, yuqoridagi toponimlarning arabcha vaqf («diniy muassasa ixtiyoriga o’tkazilgan mulk yoki daromad») atamasi ekanligi ayon bo’ladi. Yoki Namangan viloyatidagi Pop shahri arab geograflari asarlarida (XI-XII asrlarda) Bob (arabcha «darvo-za») shaklida qayd qilingan. «Bobumoma»dan boshlab esa Pop shak-Hni olgan va transformatsiyaga uchragan. Andijon shahri esa arab geograflari asarlarida va boshqa ko’hna tarixiy manbalarda Andiyon, Andikon, Andigon shakllarida tilga olingan, Bobur zamonida Andijon deb «turkiy» shakl olgan.
Samarqand shahri yaqinida Samarqand hokimi Gurakning ukasi Ofarun tomonidan bunyod etilgan (VII asr) Ofarinkat shahrining nomi fonetik o’zgarishga uchragan va dastlab Farankat, Frinkent, so’ngra Prinkent, nihoyat Primkent shaklida talaffuz qilinadigan bo’lgan (Oqdaryo tumanidagi hozirgi Primkent qishlog’i). Bunda kat unsuri-ning keyingi asrlarda turkiylashib «kentlashish» jarayoni yaqqol ko’rinadi.
Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz tarixi manbalarda K.sh shak-lida berilgan. Uni Kesh deb o’qishadi. To’g’risi Kash bo’lsa kerak, chunki shaharning epiteti «Kashi — dilkash’ bo’lgan.
Yana bir misol. Samarqand bilan Xo’jand shaharlari oralig’idagi tarixiy o’lka arabinavis va forsinavis manbalarda Istaravshan, Osru-shona, o’srushona, Sutrushna, Vsrushna, Ustaravshon, Ustrushona, Sutrushana kabi shakllarda qayd qilingan. Eronshunos V.A. Livshits Mug’ tepaligidan (Tojikiston) topilgan sug’d hujjatlari (VIII as-
rning birinchi choragi) asosida o’lkaning asl nomi Strushna ekan-ligini aniqladi.
Arab geograflari Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida Samarqand vilo-yatining 12 ta rustoqlaridan (dahalaridan) biri Sanjarfagn deb atalgan. Akademik V.V Bartold va tarixchi V.L. Vyatkin o’sha Sanjarvagn topo-nimi Yangiariq kanaiining o’ng tomonidagi Zanjirbog’ qishlog’i rio-mida saqlanib qolgan, degan edi. Vaqf hujjatlarida ham «Sanjarvag’i degan joy Zanjirbog’ nomi bilan mashhurdiib deyiladi, bu fikmi tarixchi 0.1. Simirnov ham tasdiqlaydi .
Tildagi har qanday tovush o’zgarishlari faqat fonetik tadrijiylik oqibati emas. Til tarixiga oid har qanday asarlardan fonetik qonuni-yatlarning buzilishiga, butun bir bo’g’inlar, hatto tarkibiy qismlar (unsur)larning tushib qolishiga, urg’ular o’rnining almashishiga oid ko’plab misollar topish mumkin.
Nutqda lisoniy vositalarni tejash qonuniyati toponimiya sohasida ayniqsa yaqqol seziladi.
XI-XII asrlarda Buxoroda biron kishiga qarashli yer asbob deyil-gan (bu arabcha so’zning biriigi - sabab). XVI-XVII asflarda yerdan tashqari mulk asbob deb atala boshlagan. Bu so’zning hozirgi ma'nosi (qurol-yarog’ yoki buyum) keyingi asrlarda paydo bo’lgan va mazkur atama tarixiy nomlar tarkibida ko’p uchraydi. Chunonchi, Jo’ybor shayxlari (Buxoro) arxivlarida Asbobi Ali Yomchi, Asbobi Bog’ikalon, Asbobi Ibrohim, Asbobi Koflron, Asbobi Sho’rcha kabi bir qancha joy nomlari tilga olinadi. Ko’rinadiki, asbob so’zidan keyin bu yer kimn-ing yoki qanday joy ekanligini bildiradigan aniqlovchi bo’Igan. Ma-salan, Asbobi Kofiron, ya'ni «Kofirlar yeri» kabi. Keyingi asrlarda aniqlovchi so’zi tushib qolib, asbob atamasi toponimga aylangan. Shunday qilib, bunday toponimlar 6-7 asr oldin paydo bo’lgan. Ko’rinadiki, bu o’rinda fonetikaning roli yo’q.
Choida gaia-gala bo’lib, uchib yuradigan qorabovur degan qush bor (bag’ri, ya'ni ko’kragi qora bo’lgani uchun shunday deb ataladi; qorabayir zotli ot nomi ham shu so’zdan kelib chiqqan).
Do'stlaringiz bilan baham: |