Masafalari raajmuidan bahs etadi


g’alcha - tog’lik; q. g’ar. g’anchi



Download 4,7 Mb.
bet121/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   145
Bog'liq
Топонимика

g’alcha - tog’lik; q. g’ar.
g’anchi - it g’ajib uzmasligi uchun arqonga bog’lanadigan yog’och; jul - to’qimitii tishlab iflos qilmasligi uchun otning bo’yniga bogianadigan tayoq. Xon yoki bekning mollariga qaraydigan cho’pon ham ganchi deyilgan. Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" asarida g’anchi so’zi o’rniga ba'zi kotiblar qo’ychi so’zini ishlatganlar. Anchi so’zining ana shu ikkinchi ma'nosi joy nomlari shaklida saqlanib qolgan. Kogon tumanida g’anchi, Olot tumanida g’anchichandir, Uchko’prik tumanida g’anchiqishloq, Asaka tumanida g’anchiyuz toponimlari qayd qilingan.
g’ar - yagnob tilida "tog’". Tojikistondagi Murg’ob daryosining bosh tomoni o’rta asrlarda g’archiston - "togMi o’lka" deb atalgan. Samarqand g’archistoni deganda Zarafshon daryosining yuqori oqi-midagi tog’lar tushunilgan. o’zbekistonda g’alcha degan qishloqlar asli G’archa - "tog’lik" ma'nosini anglatgan. Tojikistonning tog’li qismlarida, xususan, Pomir va Yagnobdan keigan tog’liklarning to-(ikchadan ham farq qiladigan tillari tekislikdagi xalqlarga tushuniksiz
bo’lganidan ularni g’alcha (churchut) deb atashgan. Baxmal tumani-dagi g’alchabuloq toponimi ham shu so’zdan kelib chiqqan.
g’o’rim — tog’dan qulab tushgan toshlar uyumi (qo’rum — qurum, g’o’rum, g’o’rim). Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida KattagVrim, KichikgVrim, SarigVrim, GVrim mikrotoponimlari uchraydi; q. Qo’rum.
Hazora — Amir Temur davrida mingta jangchi yetkazib beradigan ma'muriy-hududiy birtik yoki olingan hosil bilan ming jangchini boqish mumkin bo’lgan hudud. Samarqand, Shahrisabz tumanlarida Hazora qishloqlari bor.
Hisor (arabcha) — tekislikdagi qo’rg’on, qal'a; devor bilan o’ralgan istehkom. Turkiy tillarda hasar (ozarbayjoncha), asar (qo-zoqcha), isar (qirg’izcha), shevalarda esa tar kabi shakilar olgan. Atamashunos T. Nafasov Zartepa ham asli Hisortepa ("qo’rg’on o’rnida paydo bo’Igan tepalik") demakdir, deydi.
Hovuz — suv saqlash uchun qazilgan chuqurlik, ko’i, qadimda havza deyilgan. Asli, arabcha havd, tojik shevalarida havd. Dostonlarda tilga olingan Havdak koMi «hovuzcha» demakdir. g’ijduvon, Samar-qand tumanlarida Havzak, Pop tumanida Hovuzak toFonimlari qayd qilingan. Samarqand viloyatining ayrim hududlarida hovuzni hovut deyishadi. Bu so’z Yaqin Sharq, o’rta Osiyo. Ozarbayjonda turli fonetik variantlarda ko’plab toponimlar hosil qilgan,



IV bob. AMALIY TOPONIMIKA
Geografik nomlar — toponimlar katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega o’laroq muhim ijtimoiy funksiya bajaradi.
Toponimlarda o’lka tabiatining ko’pgina xususiyatlari, aholining xo’jalik faoliyati va etnografiyasi, asrlar davomida mamlakatlarda ro’y bergan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar hamda voqea-hodisalar aks etgan bo’ladi.
Toponimlar o’tmishning ma'naviy obidalari sifatidagina qimmatli emas. Geografik nomlar bugun ham jamiyatning turli ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Geografik nomlarning nominatsiya — atalish qonuniyatiarini o’rganish, ularni tizimga solish, ularning yozilish qoidalarini yara-tish, yozilishini milliy va xalqaro miqyosda standartlashtirish masala-lari bilan YUNESKO va boshqa bir qancha xalqaro tashkilotlar shug' ullanmoqda.
Geografik nomlar bir-birlaridan talaffuz hamda yozilishiga ko’ra farq qilgani, adreslik vazifasini bajargani uchun ularni rasmiy hujjat-iarda, xaritalarda, darslik, qo’Hanmalarda va boshqa nashrlarda to’g’ri hamda har doim bir xil yozlishi kerak bo’ladi.
Jahondagi davlat idora organlari, transport va aloqa muassasalari, fan, maorif hamda madaniyat idoralari, matbuot, radio va televideniye joy nomlarining xalqaro tillarda, xususan milliy tillarda to’g’ri va qafiy yozilishidan manfaatdor.
Har qanday geografik obyekt nomi yozilishining rasmiy va umumiy iste'mol uchun yagona shaklini aniqlash va qafiylashtirish geografik nomlarni standartlashtirishning mohiyati va vazifasi sanaladi.
Hozirda dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida geografik nomlarni milliy standartlashtirish keng yo’lga qo’yilgan. Bu mamlakatlarda geografik nomlarni o’rganadigan maxsus muassasalar bo’lib, ular davlat kartografiya muassasalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
Ma'lumki, uzoq davr davomida mustamlaka bo’lib kelgan va yaqin vaqtlardagina mustaqillikka erishgan bir qancha mamlakat-
larda geografik obyektlarning nomlari metropoliyalardan kelgan mustamlakachilar hamda topograflar tomonidan belgilangan. Bun-da mahalliy nomlar e'tiborga olinmagan yoki Yevropa tillaridan birining qonun-qoidalariga moslab yozilgan. Oqibatda tub joy xal-qiga yot bo’lgan geografik nomlar xaritalarda, geografik ma'lumotnomalarda va boshqa nashrlarda muhrlanib qolgan, hatto xalqaro maydonga chiqqan.
Shu narsa ma'lumki, geografik nomlarni tashkil etadigan so’zlarni, ya'ni toponimik leksikani, xususan, geografik atamalarni, atoqli ot-larning, ayniqsa toponimlarning nomlanish qonuniyatlarini va struk-turalarini chuqur o’rganmasdan turib joy nomlarini to’g’ri yozishga erishib bo’lmaydi.
Sho’ro yillarida o’zbekistonning mukammal xaritasi biron marta o’zbek tilida chop etilgan emas (o’quv xaritalari bundan mustasno). Eng achinarlisi shuki, respublikamizdagi millionlab geografik nom-larni o’z ichiga olgan topografik xaritalar o’zbek tilini bilmaydigan mutaxassislar tomonidan tuzilgan. Bunday kartalarda mikrotoponim-lar (kichik obyektlarning nomlari)gina emas, balki makrotoponimlar (katta ob'eklarning nomlari) ham ba'zan tanib bo’lmaydigan darajada o’zgarib ketgan.
Bordi-yu tog’u tosh, cho'1-u biyobonlarni kezib, nomlarning mahalliy talaffuz shakllarini aniqlab, to’g’ri yozish ehtiyoji tug’ilsa, ko'p sonli mutaxassis topograflar va toponimistlar bir necha o’n yil te- to’kib xizmat qilishi kerak bo’lardi (afsuski qog’ozga noto’g’ri tushib qolgan ana shu bebaho yodgorliklarning ko’pIari unutilgan).
Afrika va Osiyodagi bir qancha mamlakatlarda shunday bo’ldi ham. Buzilgan va o’zgartirilgan nomlarni tiklash uchun topograf va mahal-liy mutaxassislar katta tadqiqot ishlarini olib bordi.
Geografik obyektlarning standartlashtirilgan nomlarini, ya'ni qo’llash uchun majburiy bo’lgan atoqli otlarni aniqlash va belgilash har bir davlatning ichki ishi. Lekin shu narsa ma'lumki, joy nom-larining milliy shakli ularning xalqaro standartlashtirilishi uchun negiz bo’Hb xizmat qiladi. Buning ma'nosi shuki, mamlakat ichida rasmiy tan olingan nomlargina xalqaro iste'mol uchun tavsiya etilishi mum-kin.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish