Xaros - «eshak tegirmon», umuman ot-ulov harakatga keltiradi-gan tegirmon, (osyob — «suv tegirmon»). Zarafshon vodiysida Xaros toponimlari qayd qilingan. Buxoroning bir guzari Chorxaros deb atalgan.
Xarrot — yog’ochdan har xil asboblar yasaydigan usta, taroqchi. Hazorasp, Bog’ot tumanlarida Xarrotlar qishloqiari, Buxoro shahrida Xarroton guzari bo’lgan.
Xona — uy, uyning bo’lmasi, turar joy, qishloq, biror narsa mo'l bo’Igan joy. Yomxona - «yomlar (bekatlar) ko’p joy», Bo’rixona -«bo’ri ko’p joy», Cho’chqaxona — «cho'chqa ko’p joy»; Arabxona -«arablar qishlog’i’, Yobuxona — «yobu qabilasi vakillari yashaydigan qishloq» va hokazo. Xona so’zining xon varianti ham bor. o’rta asrlarda bu so’z «xona»dan tashqari «karvonsaroy», «mehmonxona» ma'nolarini ham anglatgan. «Bisot» ma'nosidagi xonumon ham shu so’zdan kelib chiqqan «uy-joy, mol-mulk».
Xonaqoh - shayxlar, darveshlar zikru samo qiladigan xona, g’arib va miskinlar kun ko’radigan uy, g’aribxona. Xonaqohmaydon, Uyshunxonaqoh toponimlari, Xorazm viloyatidagi Xonqa shahri nomi shu atamadan tarkib topgan.
Xotinsuv - sekin oqadigan soy. Baland tog’lardan boshlanib tik yonbag’irlardan shiddat bilan oqib tushadigan soy-jilg’alar ersuv deyiladi. Har ikkala atama ham toponimlar, aksari mikrotoponimlar shaklida uchraydi.
Chalchiq - balchiq, suyuq botqoq. Toshkent, Qo’qon shaharla-rida Chalchiq degan joylar bor.
Chambil - dostonlarda afsonaviy yurt nomi. Chambil degan et-nonim ham bor. Qo’ng’irot qabilasining qanjig’ali va qo’shtamg’ali umg’larining bir bo’Iimi chambil deb atalgan. Xovos, Denov, Ishti-xon, Norin tumanlarida Chambii. Bulung’ur tumanida Chambiltepa qishloqlari ana shu etnonimdan nom olgan.
Chandir - turkman qabilasi, Nurota turkmanlarining urug’i. Ba-horiston, Payariq, Pastdarg’om, Shofirkon, Jondor, Qorako'1, Romitan tumanlarida Chandir qishloqlari qayd qilingan. Etnonim «go'shtning pay qismi’ ma'nosidagi chandir so’zidan kelib chiqqan degan fikr bor. Sharqning mashhur filologi Abu Xayyon chandir so’zini «duragay», «qurama» deb izohlagan.
Chaparashli, chaprashli - Zarafshon vodiysidagi qipchoqlarning bir urug’i. Payariq, Zomin tumanlarida Chaparashli qishloqlari bor.
Chaqar - shaharning qal'a devoridan tashqaridagi istehkom. Za-hiriddin Muhammad Bobur bunday deydi: «Temurbekning (ya'ni
226
Amir Temurning) nabirasi Jahongir Mirzoning o’g’li Muhammad Sulton Mirzo Samarqandning tosh (tashqari) qo’rg’onida — chaqarda bir madrasa solibtur». Bundan tashqari, tojik tilida (Xo’jandda) chaqar deganda «ko'cha, jin ko'cha» tushunilgan. Mo’g’ulshunos T.D. Nomin-xanov esa Chaqar toponimi mo’g’ullarning uaig’ nomi bilan atal-gan deydi. Turkmart-o’zbeklarning bir urug’i ham chaqar deb atal-gan.
Narpay, Yakkabog’, Shahrisabz, Sariosiyo, Shofirkon, Ishtixon, Xo’jaobod, g’uzor tumanlarida Chaqar qishloqlari, Toshkent shah-rida Chaqar mahallasi bor. Bu toponimning «xizmatchi», «askar» ma'nosidagi chokar so’ziga aloqasi yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: |