Abu Yazid Bastomiy deydi:
«Meni hech kim balxlik bir yigitdek maHlub qilgan emas. U haj qilib qaytayotganimizda biz bilan uchrashib qoldi va:
— Sizlarda zuhdni qanday tushunishadi? — deb so‘radi.
— Topilsa yeb, topilmasa, sabr etishni zuhd deymiz.
— Balxning kuchuklari shunday qiladi...
— Xo‘sh, unda zuhdning chegarasi bormi? — deb so‘radik undan.
— Topmasa sabr, topilsa, o‘zgalarga tortiq etish, — dedi u».
|
Kanona al-Adviydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
“Umar, roziyallohu anhu, harbiy qo‘mondonlarga: “Qo‘shiningiz ichidagi Qur’onni bilguvchilarning ro‘yxatini menga bering. Maoshlarini orttirib, Qur’oni karimni o‘rgatish uchun xalq orasiga yuboraman”, deya xat yozdi. Abu Muso al-Ash’ariy, roziyallohu anhu, Hazrati Umarga: “Mening atrofimda ayni paytda uch yuz kishidan oshiq Qur’on bilimdonlari mavjud” deya javob maktubi yubordi.
Shunda Hazrati Umar quyidagi maktubni yozdi: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Allohning quli Umardan, Abdulloh ibn Qaysning atrofidagi Qur’on homiylariga. Sizlarga Allohning salomi bo‘lsin.
Birodarlar, unutmangki, Qur’on siz uchun oxiratda xayru saodat, dunyoda esa, baland qadr-qimmat va hayot (tiriklik) manbaidir. Bas, shunday ekan, uning ortidan ketishingiz kerak. U sizning ortingizdan ketmasin. Zero, Qur’on kimning ortidan ketsa, u kimsa yuztuban yiqiladi, dumalab-dumalab, jahannamga qulaydi. Qur’onning orqasidan ketgan kishini Qur’on Firdavs jannatiga olib boradi. Shunday qilingki, Qur’on sizlarga da’vogar emas, shafoatchi bo‘lsin. Zero, shafoatchisi Qur’on bo‘lgan kishi jannatiy, da’vogari Qur’on bo‘lgan kishi esa do‘zaxiydir.
Shuni ham bilingki, Qur’onning har bir oyati hidoyat manbai, bir ilm chechagidir. Qur’on buyuk marhamat sohibi Allohning uluH Kitobidir. Alloh u bilan ko‘r ko‘zlarni, kar quloqlarni va qulfloHli qalblarni ochadi. Bilingki, banda kechaning bir qismida turib, oHzini misvoklab, tahorat olgach, takbir aytib, Qur’on o‘qiy boshlasa, Alloh subhanahu va taolo unga: “O‘qi, o‘qi! Shu toza-pokiza va xushbo‘y oHzing-la o‘qi. Senga muborak bo‘lsin”, deydi. Bilingki, namoz ichida Qur’on o‘qish fazilatlarning ko‘rinmas xazinasi, xayr va barakot dasturxonidir. Shunday ekan, bu buyuk foydani qo‘lga kiritmoq uchun kuchingiz yetgunicha harakat qiling. Chunki namoz zulmat pardasini yirtuvchi bir nurdir. Zakot yaxshilik yo‘lini ko‘rsatuvchi bir mayoqdir. Ro‘za yomonliklardan asraguvchi bir qalqondir. Sabr rohatbaxsh bir nurdir. Binobarin, Qur’onga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, unga bepisand va past nazarda qaramang. Haq taolo Qur’onni hurmat qilganlarga baland darajotlar beradi. Unga bepisand bo‘lganlarni esa kamsitadi. Qur’onni yodlab, uning amrlariga rioya qilganlarning duosi Alloh dargohida mutlaqo qabul bo‘ladi. Alloh xohlasa, bu dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Alloh dargohidagi mukofotlar tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan yanada ustun va bitmas-tuganmasdir».
|
Do'stlaringiz bilan baham: |