Marvarid shodasi



Download 493 Kb.
bet26/43
Sana04.03.2022
Hajmi493 Kb.
#483227
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
hikoyatchalar

Asiring nima dedi?







Abu Hurayra, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi:
«Payg‘ambar, alayhissalom, menga bir necha kun xurmo bog‘ini qo‘riqlab turishni tayinladilar. Kechalardan birida bir odam kelib, xurmo ola boshladi. Uni darhol tutib oldim va:
– Seni Rasulullohning oldiga olib boraman, – dedim. U esa yolvorib:
Men bir bechora, muhtoj odamman. Oilamni boqishim kerak, – dedi. Achinganimdan uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, mendan so‘radilar:
Ey Abu Hurayra, oqshom tutgan asiringga nima bo‘ldi?
– Yo Rasulalloh, u menga bola-chaqasi ko‘p va ular och qolganini aytdi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim.
– U seni aldabdi, yaqinda yana keladi.
Uning yana kelishiga ishonib, poyladim. Darhaqiqat, u yana keldi va xurmo terishga tushdi. Ushlab oldim:
Seni albatta Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, olib boraman, – dedim. U yana:
– Xudo xayringni bersin, meni qo‘yib yubor. Axir men bir muhtoj odam bo‘lsam, oilam mening qo‘limga qarab turgan bo‘lsa, nima qilay? Endi kelmayman, – deb yolvordi. Rahmim kelib, uni yana qo‘yib yubordim. Kunduzi Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam:
– Ha, Abu Hurayra, bugun oqshom asiring nima dedi? — deb so‘radilar.
– Yo Rasulalloh, bu safar ham o‘ta muhtojligini aytib yolvordi: «Endi kelmayman», deb so‘z berdi. Rahmim kelib, qo‘yib yubordim.
– Seni yana aldabdi. Mana ko‘rasan, yaqinda u yana keladi.
Yana uni poyladim. U kelib, hech tap tortmay xurmolardan ola boshladi. Yana ushlab oldim va jahl bilan:
– Qanaqa odamsan o‘zi? Uchinchi marta qo‘lga tushyapsan. Har safar «Endi kelmayman», deb ketasan. Endi seni Rasulullohning huzurlariga olib bormasam bo‘lmaydi, – dedim. Bu safar u shunday dedi:
– Meni qo‘yib yuborgin. Senga ba’zi bir kalimalarni o‘rgataman. Ular tufayli Alloh senga xayr va barakot ehson etadi.
– U qanday kalimalar ekan?
– Uxlashdan oldin «Oyatul kursiy»ni oxirigacha o‘qigin. Ertalabgacha ustingda Alloh tarafidan yuborilgan bir qo‘riqlovchi turadi. Senga shayton ham yaqin kelolmaydi, — dedi. Shundan keyin uni qo‘yib yubordim.
Bomdoddan so‘ng Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, mendan yana so‘radilar:
– Bugun kechqurun asiring nimalar dedi?
— Yo RasulAlloh , bu asir menga bir necha kalimalar o‘rgatishini va bu kalimalar qurmatiga Alloh taoloning menga xayr va barakot eqson etishini va’da qildi. Men uni qo‘yib yubordim.
– Xo‘sh, ular qanday kalimalar ekan?
– «Oyatal kursiy»ni (Alloh u la ilaqa illa hu al qayyul qoyyum...) oxirigacha o‘qidi va menga: «Uxlashdan oldin» «Oyatal kursiy»ni o‘qigin, shunda ertalabgacha ustingda Alloh tomonidan yuborilgan bir qo‘riqchi turadi. Senga shayton qam yaqinlashmaydi», dedi.
– Bu asir yolg‘onchi bo‘lsa qamki senga bir marta to‘g‘ri gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kechadan beri sen bilan kim gaplashganini bilasanmi?
– Bilmayman, yo Rasulalloh?
– U inson qiyofasiga kirgan shayton edi.




Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish