Kirish va kiritma qurilmalar gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik munosabatga
kirishmaydi. Ular gapning ayrim bo‘lagi yoki butun ifodaga so‘zlovchining sub’ektiv
munosabatini, emotsional tuyg‘usini ifodalaydi.
So‘z turkumidan ajralib chiqib, faqat modal ma’no ifodalovchi so‘zlar ( masalan, shekilli,
demak, modomiki), ma’lum so‘z turkumidan ajralib chiqmagan kirish va gap bo‘lagi vazifasida
qo‘llanuvchi so‘zlar (qisqasi, rost, aftidan, oxiri) kirish bo‘lak vazifasida keladi.
Kirish so‘zlar bir so‘zdan iborat bo‘lib, ma’lum so‘z turkumlari bilan bog‘lanadilar.
Shunga ko‘ra, kirish so‘zlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ot tipidagi kirish so‘zlar: chamasi, taajjub, modomiki, odatda, oxiri, nazarimizda,
baxtimizga kabilar.
2. Olmosh tipidagi kirish so‘zlar: menimcha, seningcha kabi.
3. Sifat tipidagi kirish so‘zlar: so‘zsiz, to‘g‘ri. durust, qisqasi kabi.
4. Son tipidagi kirish so‘zlar: birinchidan., ikkinchidan kabi.
5. Ravish tipidagi kirish so‘zlar: dastlab, oxir, nihoyat, umuman, asosan, aksincha kabilar.
6. Fe’l tipidagi kirish so‘zlar: kechirasiz, deyman, anglashiladiki kabilar.
Kirish birikmalar birikma holida bo‘lib, ularning tuzilishi quyidagilar:
1) qaratuvchili kirish birikmalar: uning fikricha, buning ustiga, sening nazaringda kabilar.
2) sifatlovchili kirish birikmalar: bir tomondan, shu jumladan kabilar.
3) to‘ldiruvchili kirish birikmalar: menga desa, qisqasini aytsam, to‘g‘risini aytganda
kabilar.
4) holli kirish birikmalar: qisqacha aytganda, boshqacha aytganda, ochiq gapirganda
kabilar.
5) aniqlovchi va to‘ldiruvchili kirish birikmalar: uning so‘ziga qaraganda, sening
gapinga qaraganda kabilar.
6) aniqlovchi va holli kirish birikmalar: uning ochiq aytishicha, uning ochiq gapirishicha
kabilar.
7) aniqlovchi, hol va to‘ldiruvchili kirish birikmalar: uning ochiq gapirishiga qaraganda
kabi.
Kirish gaplar. Bular ham asosiy gapda ifodalanayotgan fikrga so‘zlovchining munosabati
ifodalanadi. Yolg‘iz borishga, to‘g‘risini aytsam, qo‘rqaman.(O.)
Kirish so‘zlarning semantik va stilistik xususiyatlari. Kirish qurilmalar quyidagi
ma’nolarni ifodalaydi:
1. So‘zlovchining aytilayotgan fikrga bo‘lgan munosabaptini bildiradi. Bunga ehtimol,
balki shubhasiz, darhaqiqat, afsus, essiz, so‘zsiz, shekilli, baxtga qarshi, ochiq aytganda, koshki,
ajab kabilar kiradi.
2. Aytilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi. Bunga menimcha, fikrimcha,
ma’lum bo‘lishicha, qayd qilishicha, uning so‘ziga qaraganda nazarimda kabilar kiradi.
3. Aytilayotgan fikrning tartibini ifodalaydi. Bunga birinchidan, ikkinchidan, avvalo,
nihoyat, oxiri kabi kiradi.
4. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. Bunga demak, xullas,
xulosa qilib aytganda, anglashiladiki, shunday qilib, binobarin, ko‘rinadiki, ochiq qilib
aytganda, qisqasi, bir so‘z bilan aytganda kabilar kiradi.
5. Aytilayotgan fikrning odatda ro‘y beruvchi hodisa ekanligini ifodalaydi. Bunga odatda,
odat bo‘yicha, odatga ko‘ra kabilar kiradi.
Kiritma qurilmalar. Kiritma qurilmalar gap mazmuniga yoki uning ayrim bo‘laklari
ma’nosiga oid qo‘shimcha izoh, ma’lumotlar beradi. Bular gap tarkibiga nutq jarayonida
kiritilib, gap bilan mantiqiy-semantik jihatdan munosabatga kirishadilar.
Kiritma qurilmalar intonatsion jihatdan mustaqillika ega bo‘ladilar. Ular biror so‘roqqa
javob bo‘lmaydilar, semantik vazifa bajarmaydilar, gap bo‘lagi yoki qo‘shma gaplarning
komponenti bo‘lib hisoblanmaydilar.
Kiritma qurilmalarning gap tarkibida qo‘llanish shakllari uch tipga bo‘linadi: kiritma so‘z,
kiritma birikmalar, kiritma gaplar.
Kiritma so‘z ayrim so‘z shaklida bo‘ladi: Ustozi (Vohidov) o‘z shogirdlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |