beri qamish, sho‘r bosib yotibdi. (H.G‘.) Bektemir, sobiq sodda cho‘ponga, komandirning
fikri g‘oyat yoqdi. (O.)
Ajratilgan hollar. Ajratilgan hollar o‘zidan oldin kelgan holning ma’nosini izohlaydi.
Ajratilgan holning so‘rog‘i, vazifasi izohlanayotgan holning so‘rog‘i va vazifasiga teng bo‘ladi.
Ajratilgan hollardan payt va o‘rin hollari ko‘pi ishlatiladi. Ahmedov divanga, Bo‘taboyning
yoniga, o‘tirdi.(A.Q.)
Ajratilgan hollar –day, -dek qo‘shimchalar bilan yasalgan ravishlar bilan ifodalanadilar
va ular o‘xshatish o‘rami shaklida kengayib kelib ajratiladi: Onaxon, hozirgina yugurib kelgan
odamday, tez-tez nafas olar edi. (A.M.)
Ajratilgan bo‘lak gapning boshida kelsa, undan so‘ng, oxirida kelsa, undan oldin, gapning
ichida kelsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |