Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi



Download 384,16 Kb.
bet85/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:

  • tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

  • paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;

  • fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chikarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, Tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsa-tish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish;

4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:

  • xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya kilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat xam boy va kuchli bo‘ladi», degan tamoyilni amalga oshirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;

  • davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga

xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;

5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:

- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash; yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo‘jalik birlashma-larining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish; sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga karam

tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish; Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish jamiyat barqarorligi va davlat qudratini belgilaydigan muhim ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, aholi bandligi qandaydir ish yoki hunar bilan shug‘ullanish darajasi konkret fuqaroning kundalik real daromadlari bilan uyg‘unlashib ketgan ijtimoiy muammodir. Bu Harakatlar strategiyasida asosiy masala sifatida to’rtinchi ustuvor yo’nalish sifatida belgilangan. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligani oshirish jamiyat taraqqiyotida alohida mavqe kasb etadi. Ushbu masalaning naqadar dolzarbligi va real hayotiy haqiqatga asoslanganligani nazarda tutib, Prezident Sh.Mirziyoyev arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish hamda ularni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish g‘oyasini ilgari surmoqda. Bu bevosita mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotgan nogironlar, pensionerlar, yosh bolalar, yosh bolali onalarni himoya qilish, qishloq joylarida, olis shahar va tumanlarda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar hamda malakali tibbiy xodimlar bilan ta’minlashni dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. Kam ta’minlangan oilalarga alohida e’tibor berish, ular turmush sharoitini yanada yaxshilash choralarini har tomonlama ko‘rish zarur bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatimizda 2016 yilda siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalar bilan bir qatorda, ijtimoiy sohada xam chuqur sifat o‘zarishlari ro‘y berdi. Istiqlol yillarida respublikamizda ijtimoiy sohaga yo‘naltirnlgan xarajatlar hajmi 5 barobar ko‘paytirildi. Har yili davlat budjetining qariyb 60 foizi sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xo‘jalik, aholini ijtimoiy himoya qilish sohalaridagi vazifalar ijrosiga yo‘naltirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri ta’lim-tarbiya sohasi bo‘lib, uning rivoji siyosiy-hukuqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarga bevosita ta’sir etadi hamda ijtimoiy sohalar meyoriy mohiyatini belgilab beradi.

Harakatlar strategiyasining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarida turadi. Maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish - barkamol avlodni tarbiyalashning muhim sharti hisoblanadi. O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va tanqidiy baholash, uni takomillashtirish masalasi ham alohida e’tibor qaratdi.

Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi.

Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat budjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar budjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan xarajatlar hajmi mamlakatimiz YAIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jihozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni - 60 ta, OTM filiallari - 11 ta, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari - 7 tani tashkil etadi.

Bugungi kunda oliy ukuv yurtlarimizda 260 ming nafardan ziyod talaba hayotning uzi talab etayotgan 850 dan ortiq yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha bilim olishmokda. Birgina 2016 yilning o‘zida oliy ta’lim tizimi rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan 10 dan ortiq meyeriihuquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim tizimini xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlashga karatilgan kator farmon va qarorlarning qabul qilinishi yoshlarimizning jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim standartlariga to‘la mos kelgan bilimlarni egallashlariga, ularning ijodiy va intellektual salohiyatlarini oshirishga xizmat qilmokda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu farmonga muvofiq ilmiy darajalarni berish masalasi qayta ko‘rib chiqildi.

Yoshshlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi Harakatlar strategiyasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish» deb nomlangan alohida bandda aks ettirildi va ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi.

Ma’lumki, 2016 yilning 14 sentabrida O‘zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi URQ-406-son Qonuni qabul qilindi. Qonunlarni qabul qilish masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish uning boshqa bir jihatidir. Shu o‘rinda «yoshlarga oid davlat siyosati» tushunchasi nimani anglatishini bilib olishimiz lozim. Yoshlarga oid davlat siyosati deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy choratadbirlar tizimi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6-moddasining l-qismida «yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, xududiy va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin», deb belgilab qo‘yilgan. O‘sha moddaning ikkinchi qismida

«Davlat dasturlari, xududiy va boshqa dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-kuvvatlash, yosh futsarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chitsarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi», deyiladi.

Shu o‘rinda «yoshlar» tushunchasining yuridik mazmuniga to‘xtalib o‘taylik. Xo‘sh, yoshlar deganda qonun hujjatlari kimni nazarda tutadi? «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, «yoshlar (yosh fuqarolar) - o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar»dir. Yosh oila deganda, er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila tushuniladi. Yosh mutaxassis deganda, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan xodim tushuniladi. Yoshlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxe tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.

«Yoshlarga oid davlat yeiyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday yo‘nalishlardan biri sifatida yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan. Qonunning 9-moddasida yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saklash muassasalari, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan.

O‘zbekiston Prezidentining xalqimiz o‘rtasida, ayniqsa yoshlar orasida kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan sa’yharakatlari diqkatga sazovordir. Ana shu yo‘lda 2017 yilning sentabr oyida o‘quvchi yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Men sevib o‘qigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etildi. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi yoshlar turli yot g‘oya va mafkuralardan himoya qilinadi, ularning mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishga hissa qo‘shiladi.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib kilishga, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan uch bosqichli sport musobaqalari («Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada») yo‘lga qo‘yilgan. Mana shunday tadbirlardan Jizzax viloyatida 2017 yilning may oyida «Barkamol avlod» sport musobaqalari o‘tkazildi.


Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish