Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib belgilandi. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish. Chunonchi, O‘zbekiston o‘tgan 26 yil mobaynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8 % dan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshtaligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining asosiy mazmunidir.
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgari suradi. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni jadal rivojlantirish, bevosita dehqonchilikni boshqarishning yangi usul va uslublarini yangilashni, bu boradagi jahon tajribasini o‘zlashtirishni, amaliyotda joriy etishni taqozo etadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, hususiy mulk huquqini himoya qilish, uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalasi alohida o‘rin tutadi.
Har bir fuqaroning yaratuvchilik, bunyodkorlik qobiliyatini va yashab turgan joyidagi tabiiy sharoitni hisobga olib, tadbirkorlikning yangi shakl va usullarini joriy etishni taqozo etmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud saloxdyatidan samarali va optimal foydalanish, Harakatlar stratetayasidan kelib chiqadigan muhim vazifadir. Bunda har bir viloyat, tuman va shaharning tabiiy-geografik imkoniyatlari, yer va suv sharoiti, aholining turmush tarzi, ehtiyojlari, ijtimoiy muammolari va psixologiyasidan kelib chiqib, dehqonchilik, chorvachilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ularga mos shakllarni, usullarini joriy etish zarur. Ana shunda har bir fuqaro o‘z qobiliyati, dunyoqarashi va turmush ehtiyojidan kelib chiqib, o‘z yaratuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada butun mamlakat aholisi orasida yalpi safarbarlik, yaratuvchilik ruhiyati kuchayadi.
Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagi vazifalarni tashkil etadi:
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustaxkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish:
xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, solik ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengay-tirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy
moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat,
xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; ishlab chikarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari
samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |