Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his qilsangiz, siz ilgarigi tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga aylangandagina yangilariga zamin bo‘la oladi.
Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo‘lg‘usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo‘lishim uchun juda kerak deb, muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muhim saqlanadi.
Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, muayyan xona o‘sha yerda ro‘y bergan hodisani ham eslatadi.
Ketma-ketlik qonuni. Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qilinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo‘ladi va siz uchun ahamiyatli ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushadi.
Tormozlanish qonuni. Har qanday yangi ma’lumot o‘zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Oldingi ma’lumotning o‘chib ketmasligi uchun, yangini esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak.
Kasb xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira - xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat».
Kasb xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni subyekt faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi va bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog‘liq.
Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog‘liq material ko‘proq esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his-tuyg‘ularning ham ta’siri kuchli bo‘ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saqlanadi.
Voqea-hodisalar his-tuyg‘ularni qo‘zg‘atsa (ya’ni kechirilgan hissiyotlarning qayta-qayta qo‘zg‘alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki aqliy faoliyat yanada faollashadi.
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko‘p hollarda ahamiyatga ega bo‘lmay qolganda turli muddat ichida yoddan ko‘tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin».
Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi ta'sirotlarning aks ettirilishidan o'zining keyingi hattiqharakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba ortib borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashdi. Agar tashqi dunyoning miya qobig'ida hosil bo'ladigan obrazlari beiz yo'qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo'lmay qolar edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o'zaro turli xil aloqalar bog'lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo'ladi.
Individning o'z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki ma'lum darajada esda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo'lganda esimizga tushadi. Kunlik tajribamiz shuni ko'rsatadi, esda qolgan narsalarning hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir. Esda qolgan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi. Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.Xotira bir necha ruhiy jarayonni o'z ichiga oladi:
Esda olib qolish;
Esga tushirish;
Esda saqlash va unitish.
Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o'sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolishhayot faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik bo'ladigan faoliyatda qo'llash uchun uni esga tushirishtaqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unitilishigaolib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi. Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq-atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi.
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati hisoblanadi. Xotiraning roli «o'tmishda yuz bergan» narsani aks ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas.
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo'lish bilan birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi.
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir.
Esda olib qolishning ikki turi mavjud: assosiativ va mantiqan esda qoldirish. Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish assosiativ bog'lanish yoki assosiasiya deyiladi. Masalan, birorta ashulani eshitib turib, ayni zamonda shu ashulani aytayotgan odamning o'zini ham ko'rsak, shu ashulani idrok qilish o'rtasida yondosh assosiasiya hosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik assosiasiyasidan tashqari o'xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud.
Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no va mantiqiy bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi. Ma'no bog'lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish emas, balki narsa va xodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o'rtasidagi sabab va natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir.
O'tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg'u, fikr va ish harakatlarning ongimizga qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog'lanishlarning qo'zg'alishidir.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan taasurot, fikr, his-tuyg'u va ish harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo'lib o'tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Unutish-ilgarilari esga olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani ko'pgina keraksiz detallardan holi qilish va eslab qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga xos xususiyati uning bir tekisda bo'lmasligidir. Esdan chiqarishning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq o'z vaqtida takrorlash kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab qilinadi.
Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta'limotining eng muhim qoidalari bilan chambarchas bog'liqdir. Muvaqqat shartli bog'lanishlarning hosil bo'lishi haqidagi ta'limot-bu sub'yektning individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi ta'limot, ya'ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.
Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishi sababli uning namoyon bo'lishi shakllari ham benihoya rang-barangdir. Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin olgan faoliyatning aynan o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik tuzilishiga xos xususiyat sifatida gavdalangan hollar uchun ham to'g'ridir. Muayyan psixik xususiyat faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi.
Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo'ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog'liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo'linadi:
1) faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira harakat, emosional, obrazli va so'z-mantiqli turlariga bo'linadi;
2) faoliyatning maqsadlari xususiyatlariga ko'ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bo'linadi
3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o'rniga bog'liq ravishda) qisqa muddatli, uzoq muddatli xotira turlariga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |