Ma`ruzalar matni Kasbiy ta`lim yo`nalishi talabalari uchun 2014 yil O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 0,85 Mb.
bet34/53
Sana30.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#519799
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Tafakkur-bu predmet va hodisalarning umumiy xususiyatlarini aks ettirish, ular o’rtasidagi qonuniy aloqalar hamda munosabatlarni topish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, tafakkur-bu borliqni umumlashtirilgan holda va bevosita aks ettirishdir. Tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Istalgan ixtiyoriy faoliyat, u xoh o’quv, xoh ishlab chiqarish faoliyati bo’lsin, uning natijalarini oldindan ko’rishni albatta talab qiladi. Biroq oldindan ko’rish uchun dalillarni umumlashtirish va shu umumlashmalar asosida xuddi shunga o’xshash boshqa dalillarga ham tadbiq etish mumkin bo’lgan xulosalar chiqarish kerak bo’ladi. Bu ikkiyoqlama yondashish yakkadan umumiyga, umumiydan yakkaga-tafakkur orqali amalga oshiriladi. Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda chuqurroq va to’laroq aks etadi. Narsa vahodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Binobarin, tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to’g’ri), to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag’in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi.
Bilish faoliya sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o’tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, ya’ni sezgi, idrok va tasavvurlar bilan bog’langan bo’ladi. Tafakkur faoliyati o’zining butun «materialini» faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog’lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to’g’riligi (adekvatligi) amaliy faoliyat orqli tabiat va jamiyatni amaliy o’zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib turiladi.
Bosh miya po’stining biron bir sohasi emas, balki bosh miyaning butun po’sti bajarayotgan faoliyat tafakkurning nerv-fiziologik negizidir. Analizatorlarning miyaga borib tutashgan uchlari o’rtasida vujudga keladigan murakkab va muvaqqat bog’lanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda ahamiyatga ega. Tafakkurni yo’naltirib turadigan asosiy nerv-fiziologik negiz shunday yo’l ko’rsatib turuvchi refleksdirki, bu refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol o’ynaydi. Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir-biri bilan almashinishi tarzida voqe bo’lmasdan, balki alohida aqliy operasiyalar-biz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar ustida, umumiylashgan va amalda tushunchalarga ega bo’lgan ob’yektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo’ladi.
Taqqoslash, analish va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, konkretlashtirish, klassifikasiya (tasnif) va sistema (tizim)ga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish