Ma`ruzalar matni Kasbiy ta`lim yo`nalishi talabalari uchun 2014 yil O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 0,85 Mb.
bet28/53
Sana30.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#519799
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Ixtiyoriy diqqatongli ravishda ma’lum maqsad asosida voqea hodisaga nisbatan diqqatni yo’naltirishda ifodalanadi. Ixtiyoriy diqqat kishidan irodaviy zo’r berish va maxsus malgamc quvvatni talab etadi. Masalan, ixtiyoriy diqqatga kitob o’qish uchun ixtiyoriy diqqat zarur.
Ixtiyoriy diqqat diqqatning mal turi sifatida mehnat jarayonida o’z oldiga ma’lum bir vazifa qo’ygan va harakat programmasini ongli tarzda ishlab chiqqan bo’lsa yuz beradi. Uning diqqatini jalb etadigan ob’yektlarning alohida ajratib ko’rsatilishi ana shu hol bilan belgilanadi. Diqqat ancha yangi, qiziqarli, maroqli bo’lmagan narsalarga qaratilmasdan, ansincha faoliyatning maqsadi bilan bog’liq narsalarga, uni malgam oshirish uchun muhim va zarur bo’lgan narsalarga jalb etilgan sharoitlarda ko’pincha irodaviy kuch-g’ayratlarni ishga solish talab qilinadi.
Ixtiyoriy diqqat jarayonida shaxsning faolligi namoyon bo’ladiki, bunday vaqtda qiziqishlar bilvosita xususiyat (bir faoliyat maqsadi va natijasining extiyojlari) kasb etadi. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlarining kechishini faol boshqarib turishdan iboratdir. Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotiradan o’zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga, muhim va jiddiy narsalarni alohida ajratib ko’rsatishga, to’g’ri qarorlar qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo bo’ladigan vazifalarni malgam oshirishga layoqatli bo’ladi.
Ixtiyorsiz diqqatesa qo’zg’atuvchining kuchli ta’siri asosida yuzaga keladi. Masalan, kuchli qo’zg’atuvchilar hisoblangan baland ovoz, yorqin nur, bo’yoq, kuchli hid beixtiyor kishi diqqatini o’ziga jalb etadi. Shuningdek, kishining extiyojlariga muvofiq keladigan uning uchun ahamiyatga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo’zg’aydi.
Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi.
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo’nalganligina ham bog’liqdir. Masalan, teatr bilan qiziqadigan kishi extimol futbol bo’yicha bo’lajak musobaqa haqidagi e’longa e’tibor bermasdan, ayni chog’da teatrga oid yangi e’lonni tezroq payqashi mumkin. Ixtiyorsiz diqqat sub’yektning anglashilgan niyatlaridan mustasno tarzda, uning biron bir irodaviy urinishlarisiz ro’y beradi. Ixtiyorsiz diqqatning asosiy vazifasi muhitning doimiy ravishda o’zgarib turadigan sharoitlarida tez va to’g’ri mo’ljal olishdan, uning mazkur paytda eng ko’p darajada hayotiy mazmun kasb etishi mumkin bo’lgan ob’yektlarni alohida ajratib ko’rsatishdan iboratdir.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini-ixtiyoriydan so’nggi diqqatnialohida ko’rsatish mumkin. Bu tushuncha psixologiyada N.F.Dobrinin tomonidan joriy etilgandir.
Agar maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to’planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonining o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa, bu ixtiyoriydan so’nggi diqqat to’g’risida mulohaza yuritishga asos beradi. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni ob’yektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflamasa ham bo’laveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan so’nggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon bo’lgan holda shuning o’zidangina iborat deb hisoblanishi mumkin emas. Bu diqqat anglanilgan holda ilgari surilgan maqsad bilan bog’liq bo’lganligi sababli u ixtiyorsiz diqqatdangina iborat qilib qo’yilishi ham mumkin emas. Masalan, yuqori sinf o’quvchisi imtixonga tayyorlanayotib, qiyin kitobning qisqacha mazmunini yozib chiqarkan, oldiniga o’zini diqqat-e’tiborli bo’lishga, alahsimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalg’itish qiyin bo’ladi. Dastavval irodaviy kuch-g’ayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan so’nggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko’proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatni, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog’liq deb hisoblaydilar.
Diqqatni irodaviy kuch-g’ayratlar yordami bilan doimo bir maromda saqlab turish o’ta zo’riqishni talab qiladi va kishini juda ham toliqtirib qo’yadi. O’qitish jarayonida ixtiyoriydan so’nggi diqqatning alohida ahamiyatga ega ekanligi xuddi shu holat bilan belgilanadi. Dastavval u ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo’lishi munosabati bilan faoliyatning, ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichlarini puxta tashkil etish shart. Ixtiyoriydan so’nggi diqqatga xos bo’lgan qiziqish shaxsning faolligiga bog’liqdir. Bunday faollikning shakllanishi esa faoliyatda ijodkorlik alomatlarining gavdalanganligiga borliq bo’ladi.
Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib yetishda dominanta (nasldan-naslga o’tuvchi asosiy belgi) prinsipi alohida ahamiyatga egadir. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko’ra, miyada hamisha qo’zg’alishning ustun hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo’ladi. A.A.Uxtomskiy dominantani «yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlari» konstellyasiyasi deb ta’riflaydi. Dominantaning hukmronlik qiluvchi sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u qo’zg’alishning yangi hosil bo’ladigan markazlarini faqat tiyib qo’ya qolmaydi, balki sust qo’zg’alishlarni o’ziga jalb etishga va shu tufayli ularning hisobga yanada kuchayishiga, ular ustidan yanada ko’proq darajada ustunlik qilishga ham qodirdir. Dominanta qo’zg’alishning barqaror markazi hisoblanadi. A.A.Uxtomskiy: ««Dominanta» degan nom zamirida yuksak darajadagi qo’zg’alishning ko’proq yo ozroq barqaror markazi tushuniladi», deb yozgan edi. A.A.Uxtomskiyning dominanta to’g’risidagi tasavvurlari uzoq vaqt davomida diqqatning harakatlantiruvchi mexanizmini tushunish imkonini beradi.
Yuksak darajadagi qo’zg’alish markazlarida miyaning faoliyati uchun yaratiladigan eng qulay shart-sharoitlar, shubhasiz, diqqatning yo’naltirilgan tarzda jamlanganligi holatida barcha bilish jarayonlarining yuksak samarali bo’lishini belgilab beradi.
Diqqat turlicha sifat ko’rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko’rinishlarini diqqatning sifati yoki xususiyatlari deb ataladi.
1. Diqqatning barqarorligi. Ma’lum ob’yekt ustida diqqatni uzoq muddat to’plab tura olish xususiyati.
2. Diqqatning beqarorligi barqarorlikning aksi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilari.
3. Diqqatning ko’chishi. Diqqat ko’chuvchanlik xususiyatiga ega. Kishining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o’tishini ko’chuvchanlik xususiyati ta’minlaydi. Masalan, birinchi dars matematika, ikkinchi dars adabiyot.
4. Diqqatning taqsimlanishi. Kishi bir vaqtning o’zida bir nechta faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. Bunga diqqatning taqsimlash xususiyati imkon yaratadi. Masalan, qishloq ayoli urchuq yigirib o’tirib, televizor ko’rishi, suhbatlashishi.
5. Diqqatning bo’linishi. Kishi konkret faoliyat bilan shug’ullanayotganda ob’yektiv va sub’yektiv ta’sirlar tufayli diqqatning bo’linishi sodir bo’ladi. Masalan, dars jarayonida eshikning taqillashi.
Diqqati bilan ham odamlar bir-biridan farq qiladi. Masalan, diqqati tor yoki keng ko’lamli, barqaror yoki beqaror va hokazo.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish