Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


  Animizm  (lotin  tilida  anima  –



Download 0,57 Mb.
bet34/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

2.  Animizm  (lotin  tilida  anima  –  “ruh,  jon”  ma’nolarini  anglatadi).  Animizm  ruhlar
mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o’simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong
va  tabiiy  qudrat  borligi  haqidagi  ta’limotni  ilgari  suruvchi  ilk  din  shakllaridan  biri.  Ilk  animistik
tasavvurlar  qadim  o’tmishda,  ehtimol  totemistik  qarashlar  paydo  bo’lgungacha,   oilaviy
jamoalarning  shakllangunicha  vujudga  kelgan.  Biroq  etarli  tushunib  etilgan  va  barqaror
ko’rinishdagi  diniy  xarakterga  ega  bo’lgan  tizim  sifatida  kechroq,  totemizm  bilan  bir  vaqtda
shakllangan.
Animizm totemizmdan farqlanadi. Totemizm ma’lum bir oilaviy guruhning ichki iste’moliga
uni boshqalardan farqlash maqsadiga yo’naltirilgan bo’lsa, animistik tasavvurlar keng va umumiy
harakterga ega. Ular hammaga tushunarli va ma’qul bo’lgan. Shu bilan birga u tabiatning qudratli
kuchlarini - osmon va er, quyosh va oy, yomg’ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilarni
ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Tabiiyki, ibtidoiy odamlar nafaqat tabiatning buyuk
mavjudliklarini,  balki  er  yuzining  ayrim  alohida  qismlari  -  tog’lar  va  daryolar,  adir  va  o’rmonlar
kabi  odam  e’tiborini  tortuvchi  narsa  va  jismlarga  ham  ilohiy  munosabatda  bo’lar  edilar.  Hattoki
ko’p  yillik  daraxt,  kattaroq  xarsang  tosh,  jarliklarga  o’xshash  narsalar  ham  ibtidoiy  odamlar
tasavvurida jonli, tafakkurli, sezuvchan va harakat qiluvchi, shuningdek, yaxshilik yoki yomonlik
keltirishi mumkin deb tushunilgan. Shunday bo’lgach, ushbu tabiiy narsa, hodisalarga e’tibor bilan
munosabatda  bo’lish  taqazo  etilardi,  qurbonliklar  qilish,  ularning  haqiga  duo  qilib,  marosimlar
uyushtirilardi.
Animizm zamonaviy dinlarning barchasining asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jumladan,
jahon dinlari bo’lmish buddaviylik, xristianlik va islomda ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish