Haqiqatan ham, mamlakatimizda millatlararo hamjihatlik va diniy bag’rikenglik sohasidagi
davlat siyosati boshqalarga namuna bo’la oladigan darajada desak mubolag’a bo’lmaydi.
Respublikamizda YuNESKO raxnamoligida «Jahon dinlari – tinchlik madaniyati yo’lida»
mavzuida dinlararo muloqot xalqaro Kongressi, musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida
«Bir samo ostida» xalqaro xristian-musulmon konferentsiyasi o’tkazilgani, Rus pravoslav cherkovi
Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasining 125 va 130 yilligi, Evangel-Lyuteran jamoasi, Rim-katolik
cherkovi va Arman apostollik cherkovlarining 100 yilligi nishonlangani ham buni tasdiqlaydi.
Avvalo, zamonaviy missionerlikka xos xususiyatlar bunday harakatlarni respublikamizda
amalga oshirishga intilayotgan tashkilotlarga ham u yoki bu darajada xosligini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, mamlakatimizdagi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, olib borilayotgan
kuchli va tizimli ijtimoiy muhofaza siyosati, milliy g’oya kontseptsiyasining ishlab chiqilgani va
unga asoslangan holda olib borilayotgan g’oyaviy tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari,
xalqimizning o’z e’tiqodida mustahkamligi missionerlik harakatlari yo’lida jiddiy to’siq bo’lib
xizmat qilayotganini ham ta’kidlash zarur.
Bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlardan farqli ravishda, mehribonlik va qariyalar uylari,
nogironlar uyushmalarining davlat qaramog’ida va himoyasida ekani, yosh avlodni jismonan
baquvvat va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash yo’lida olib borilayotgan tizimli ishlar ham
bunday harakatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Shunday bo’lsa-da, missionerlar mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda o’z
harakatlarini tashkil qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan,
xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o’zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus
diniy Adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish yo’lidagi harakatlar batamom
to’xtadi, deb bo’lmaydi. Xususan ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iegov
guvohlari» diniy tashkiloti vakillari o’z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davom
ettirishga urinmoqdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabr oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy
nashrlaridan biri bo’lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo’riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta
o’zbek tilida bosmadan chiqdi va turli noqonuniy yo’llar bilan respublikamizga olib kirishga
harakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochiqdan-ochiq o’z dinlariga da’vat qilishga,
go’yoki faqat ularning dinlari haqiqiyligi, boshqa dinlar esa botil ekani haqidagi g’oyani
singdirishga harakat qilmoqdalar.
Missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech
bir dinga e’tiqod qilmagan, og’ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq
tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj kishilarga
qaratmoqdalar. Shuningdek, kar-soqovlar, nogironlar orasida faol ish olib borishga harakat qilish
ham tez-tez kuzatilmoqda. Shu bilan birga, ziyolilarning turli qatlamlari vakillari – o’qituvchilar,
vrachlar, san’atkorlar orasida targ’ibotni kuchaytirishga intilishi ham mavjudligini ta’kidlash zarur.
Afsuski, bunday targ’ibotga ergashayotgan va kelib chiqishi musulmon bo’lgan fuqarolar ham kam
bo’lsada borligini qayd etish lozim.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, uning hududi ko’pgina xristian yo’nalishlari
uchun go’yoki «ochilmagan qo’riq»ni anglatdi va ular bizning yurtimizda birinchilardan bo’lib
o’rnashib olishga harakat qila boshladilar. Shu tariqa yuqorida nomi tilga olingan
«Iegov
Do'stlaringiz bilan baham: