Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


merosni o’rganishning hozirgi zamon muommolarining hal etishdagi roli



Download 0,57 Mb.
bet103/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

merosni o’rganishning hozirgi zamon muommolarining hal etishdagi roli.
Zardushtiylik   er.av.II-I   mingyilliklarda   Markaziy   Osiyoda   vujudga   kelgan   din   bo’lib,   u
insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan eng ko’p ta’sir o’tkazgan, vahiy orqali e’lon qilingan
dindir. Insoniyat  tarixida  har bir kishi ustidan ilohiy  hukmining amalgam  oshirilishi,  jannat va
jahannam, qiyomat qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruhning qayta birlashib mangu
yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oylar yahudiylik,
xristianlik va boshqa dinlar tomonidan o’zlashtirildi. Zardushtiylikning paydo bo’lishi haqida 2 xil,
Eron va Xorazm variantlari bo’lib, ko’pchilik olimlar zardushtiylik Xorazmda paydo bo’lgan deb
hisoblashadi.
Zardusht Markaziy Osiyo hududida shakllangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni iloh
qilib,  ya’ni dinga asos soldi. Zardusht yashagan davr o’troqlik turmush tarsi qaror topayotgan,
sug’oriladigan dehqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy etayotgan, yangi
shaharlar qishloqlar bunyod bo’layotgan davr edi. Jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichi to’la
shakllanilishi   uchin   kuchli   mafkuraga   muhtoj   edi   va   bu   vazifani   Zardushtiylik   diniy   ta’limoti
bajardi.   Zardusht   Spitoma   inqirozidan   qutulish,   xalqlar   qabilalarni   birlashtirib,   yagona
92

davlatchilikka erishishning birdan bir yo’li- bu yakkaxudolikka o’tishdan iborat deb bildi va butun


ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi.
          Zardushtiylik   bosqinchilik   urushlarini   qoralab,   odamlarni   o’troq   osoyishta   hayot
kechirishiga,   mehnatga,   dehqonchilik,   chorvachilik   bilan   shug’ullanishiga   da’vat   etadi.
Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim
to’g’risida   abadiy   kurash   davom   etib,   bunda   barcha   yaxshiliklarni   Axuramazda   va   barcha
yomonlarni Axriman ifodalaydi. Axura Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib, ularga amal
qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uch narsaga- fikrlar
sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligiga asoslanadi. Zardushtiylikka et’iqod qiluvchi har
bir   kishi   kuniga   besh   marta   yuvinib,   poklanib   quyoshga   qarab,   uni   olqishlab   sig’inishi   shart
bo’lgan. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi 4
unsur suv, olov, yer va havo ulug’lanadi.
2. Zardushtiylik miloddan oldingi VII asrdan milodimizning VII asrigacha qariyib ming yil
Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o`lkalarda diniy e’tiqod sifatida yashadi. 
Agar   zardushtiylik   qadimgi   Turon   va   Baqtriyadagina   emas,   balki   Araxoziya,   Sakiston
(hozirgi Afg’oniston va Shimoliy Hindiston), Fors, Midiya, Parfiya, Assuriya, Vaviloniya, Lidiya,
Likiya   va   Kappodoniya   (Kichik   Osiyo),   Gretsiya,   Suriya,   Falastin   hududlariga   ham   tarqalgani
hisobga   olinsa,   uni   haqli   ravishda   jahonga   tarqalgan   birinchi   din   deyish   mumkin.  Hozirgi
zamonning hamma dinlarida vorislik, ya’ni meros qilib olish tamoyili bor. Shunga binoan O’rta
Osiyoda tarqalgan yahudiylik, xristianlik ayniqsa islomda Zardushtiylikning ta’siri, asorati kuchli.
Bu din keng yoyilganligi va uzoq vaqt yashaganligi uchun u ajdodlarimiz ongi turmushiga katta
ta’sir   o’tkazgan.   Zardusht   asos   solgan   g’oyalar   kishilar   ongi,   turmushiga   singib,   uzoq   vaqtlar
yashab   kelmoqda.   Uning   olam,   odamning   yaratilishi,   ikki   dunyo   haqidagi   g’oyalari,   jannat   va
do’zax, qiyomat-qoyim, oxiratda jonning tirilishi, gunoh va savob ishlar yozib borilishi, suroq-
savollar, “Chinvot” ko’prigi, jihod, erkin va ozod turmushga asoslangan barqaror tartibotlarni qaror
toptirish,   yakka   xudo   bilan   odamlar  o’rtasidagi   vositachi-payg’ambar   v.h.   to’g’risidagi   fikrlar
budda, xristian, islom dinlarida  o’ziga xos ravishda hanuz yashab kelmoqda. U vaqt, sharoit va
o’ringa qarab o’zgargan zamonaviylashgan; ijobiy, dunyoviy jihatlari boshqa dinlarga bevosita va
bilvosita singan. Masalan, mehnatga dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikni rivojlantirishga
da’vatlar bajonidil qabul qilingan. 4 element: suv, tuproq, havo, olovni ezozlash, avaylash, asrash
haqidagi nasihatlari hozir ayniqsa dolzarbdir. 
Dinga, jumladan islomga amalda e’tiqod qiluvchilar esa zardushtiylikdagi halollik, poklik,
odillik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik haqidagi da’vatlariga hamisha amal qilishlari lozim. Har bir
komil   inson   bu   dindagi   yovuzlik   timsoli   Ahriman   keltiradigan   xaromxo’rlik,   xiyonatkorlik,
nopoklik,   aldamchilik,   razillik,   bezorilik,   yalqovlik,   bevafolik,   laqmalik,   isrofgarchilik   va
hokazolarga qarshi bo’lishlari lozim.
Zardushtiylikning o’zidan keyingi barcha dinlarga salbiy ta’siridan ko’ra ijobiy ta’siri ustun
bo’lgan.  Deyarli  barcha dinlarga  xos xususiyat  bo’lgan insonlarni  yetuklikka,  ma’naviyati  boy,
axloq-odobli   bo’lib   tarbiyalashga   intilish   zardushtiylik   dinining   ham   asosini   tashkil   qiladi.   Bu
ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e’tiborga loyiqdir.
    
3. “Avesto”-zardushtiylik dinining asosiy manbai va muqaddas kitobi bo’lib, uning
lug’aviy  ma’nosi  o’rnatilgan  qat’iy   qilib  belgilangan  qonun  qoidalar  degan  ma’nolarni  beradi.
”Avesto” Markaziy Osiyo, Eron va Ozarbayjon xalqlarining islomgacha bo’lgan davrdagi ijtimoiy-
iqtisodiy  hayoti,  diniy  qarashlari,  olam  to’g’risidagi  tasavvurlari,  urf-odatlari,  ma’naviy
madaniyatini  o’rganishdagi  muhim  va  yagona  manbadir.  Abu  Rayhon  Beruniyning  fikriga  ko’ra,
“Avesto”  dastlab  30  nask  ya’ni  qismdan  iborat  bo’lib, 2000  qoramol  terisiga  oltin  xarflar  bilan
bo’lgan holda saqlangan. Aleksander Makedonskiyning sharqqa yurishi davrida “Avesto”ning 5 dan
3  qismi  yondirib  yuborilib,  12  nask  miqdoridagi  qismi  saqlanib  qolgan.  Sosoniylardan   Shopur
davrida “Avesto” 4 qismdan iborat qilib qaytadan tiklanadi. Bu tiklangan 4 ta kitoblarning 1-si
qonun deb ataladi.  U 22 ta bobdan iborat bo’lib asosan Zardusht bilan Axuramazdaning  savol
javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob “Yosin” deb ataladi va uning mazmunini asosan
Zardushtning   xatlari   yoki   gatlari   tashkil   etadi.   U   72   ta   “   Xa”   ya’ni   bashoratdan   iboratdir.
93

”Avesto”ning   uchinchi   kitobi   “Visparad”   deb   nomlangan   bo’lib,   olamni   bilimga   doir   pand-


nasihatlardan   iboratdir.   Uni   “Yosin”ga   qo’shimcha   bo’lgan   ibodat   nomozlari   yig’indisi   ham
deyishadi. 4 chi kitob “Bundaxash” deb atalib, u qadimgi Eron tilida-pahlaviy tilida yozilgan. U
xudoni zolim kuchlarga qarshi ulug’lovchi 22 ta qadimiy qo’shiqlardan iborat.
         “Avesto” haqidagi eng muhim manba IX asrga oid   “Dinkard” ya’ni “ din amallari”
nomli asar bo’lib, unda “Avesto”ning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’riflar: savobli ishlar
yo’riqnomasi,   diniy   marosimlar   va   rasm-rusumlar   qoidasi,   zardushtiylik   ta’limoti   asoslari,
Dunyoning   Axuramazda   tomonidan   yaratilishi,   oxirat   kuni   va   undagi   hisob-kitob,   falakiyot
ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar, Zardushtning tug’ilishi va bolaligi, Xaq yo’lini tutish, jamiyat
azolarining xaq-huquqlari, yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolarda iborat. Zardushtiylik dini
haqida   ingliz   olimi   Dj.Buger,   Meri   Boys,   fransuz   olimi   Anketil   Dyuperon   juda   qimmatli
ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o’zi tarqalgan o’lkalar, elatlarning
ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma’naviy qarashlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari haqidagi
manbalardandir. 
7 asrda Sosoniylar  davlati  parchalanib,  arab  bosqinchilari,  Eron  va O’rta Osiyoni bosib
olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg’in va ta’qib ostiga olingach
Avestoning   aksariyat   beshdan   uch   qismi   yo’qolgan   va   unitilgan.  Avestoda   bu   dinning   diniy-
falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy,
axloqiy, tamoyil qoidalarini o’z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika,
meditsinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar
va   diniy   urf-odatlar   katta   o’rin   olgan.   Hokim   va   zolimlar   ulug’langan;   ruhoniylar   muqaddas
odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da’vo qilingan. 
"Avesto"da tabiat va atrof-muhitga munosabat ikki jihati bilan namoyon buladi. Biri - tabiat
unsurlarini   muqaddaslashtirish,   ikkinchisi   -   insonning  tabiat   bilan   moddiy   yaratuvchilik
munosabatlarini  qonunlashtirishdir.   Zero,   Ardvisuraga   bag’ishlangan   beshinchi  yashtda   suv
ulug’lanadi, uning don undirishi, chorva tashnaligini qondirishi va chorvani kupaytirishi, inson
boyligiga baraka keltirib, mulkni kupaytirishi, ulkalarni gullab-yashnatishi tilga olinishi bejiz emas.
Binobarin, inson uz hayot yulini tanlar ekan, uz  zimmasiga olgan majburiyat va oilaviy
burchni   bajarishga  javobgardir.   "Avesto"da   ta’kidlanishicha,   faqat   15   yoshga  tulgandan
keyingina o’spirinlar 72 xil rangli ipak iplardan tuqilgan belbog’ bilan bellarini urash va o’zlarini
yaxshilik yuliga baxshida etish uchun oila qurish huquqiga ega bulganlar:
"Har kun ikki marta suv oqib utadigan, sug’oriladigan bir bulak yeri, podasi, ayvonli hovlisi,
15 yoshli xotini  bulgan, hovli-joyida olov yonib turadigan uchog’i, xotini,  bola-chaqasi bo’lgan
oilasini uz mehnati bilan boquvchi, yerni yaxshi parvarish qiladigan, mol-holga qaraydigan odam
begunohdir". Erkak kishi avvalo uylanish uchun moddiy va  man’naviy tomondan tuq va jismonan
baquvvat bulshi lozim.  Buning uchun uz vaqtida ovqatlanishi zarur, aks holda er  kishi o’zining
xizmat   va   erkaklik   burchini   bajara   olmaydi.   Shuningdek,   och  qolish   va   tuyib   ovqat   yemaslik
kishilarning   axloq-odobiga  ham   salbiy   ta’sir   karsatadi   deb   hisoblashgan:   "Oziq-ovqatni  meyorida
iste’mol qilish bilan raiyatning axloq-odobi ham yaxshilanadi. Ovqat mul-kul bo’lsa, ilohiy so’zlar ham
yaxshiroq idrok etiladi" (Yasna", 33, 3-band).
Demak   "oilaviy   tinch-totuvlik,   xushchaqchaqlik   insonga  zarur   bulgan   narsalar   mul-
kulchiligidir" (Yasna", 30).
"Avesto"da   ta’kidlanishicha,   agar   erkak   zurriyot  qoldirish qobiliyatiga ega bulsa-yu,
ammo   uylanmasa,   unga  temirni   qizdirib   tamg’a   bosishgan   yoki   beliga   zanjir   bog’lab  yurishga
majbur qilishgan! Yer yuzida inson naslini  kupayishiga qarshi chiqib, turmush qurmay yurgan
qiz qopga solinib 25 darra kaltaklangan.
Bundan tashqari, sog’lom avlodning tug’ilishi uchun ota-onalar sharob ichmaslikka, giyohvand
moddalar va boshqa bang, ya’ni hushdan ketkizuvchi vositalarni iste’mol qilmaslikka da’vat etilgan.
Zeroki, giyohvandligu ortiqcha sharobxurlik pushtning zaiflashib, urug’ning buzilishiga, naslning
nosog’lomligiga olib kelishini yaxshi bilganlar.
94

"Avesto"da  bolalarga   zardushtiylik   dini  asoslari,   Ahura-Mazdaga   iltijo   va   murojaatlar-


ufarzlar,  Zardusht ugitlari puxta uqitilib,  
"Gohlar" maxsus yodlattirilgan. Ikkinchidan,  ehtiyoj va
talablardan   kelib   chiqib,   bolalarga   riyoziyot,  xandasa,   falakiyot,   tarix,   falsafa,   huquqshoslik,
gigiyena,  tabobat va boshqa fanlardan puxta saboq berilgan. Dars jarayonida uquvchilardan utilgan
mavzuni shovqinsiz takrorlash, hamisha esda tutish talab qilingan, egallangan bilimni sinash
maqsadida  uquvchilarning   bilim   saviyasi   muntazam   baholanib   borilgan.  Kurinadiki,
zardushtiylik ta’limotida ilm-ma’rifatning kuchiga qattiq e’tiqod qilingan va jamiyat hayotida
ham   oqibat   natijada   ilmu   hikmat   yutib   chiqadi,   deb  hisoblangan. "Avesto"da yuqorida keltirilgan
dalillar   shuni  kursatadiki,   qadimgi   ajdodlarimiz   bolalarning   faqat  benuqson   tugalishiga   ta
chaqaloqligidan jismoniy tarbiyasiga  jidiy e’tibor beribgina qolmasdan shuningdek, ularning  aqlan
yetuk bo’lishiga, ya’ni ilmli bulishiga, hikmat  urganishiga, ma’naviy sof bulishiga, yaxshilik
va ezgulik  xislatlarini   egallashlariga   ham   bevosita   g’amxurlik  qilishgan. Qisqasi, bolalarda
axloqiy,   aqliy,   jismoniy,  jinsiy   xislatlarni,   mehnatsevarlik,   ishbilarmonlik,  vatanparvarlik,
rostguylik,   saxiylik   fazilatlarini  tarbiyalashga   jiddiy   e’tibor   berilgan.   Jismoniy   va
mehnatsevarlik tarbiyasidan nazarda tugalgan asosiy maqsad  bolalarni   jangovar   harb   ishiga   va
mehnatsevarlikka  tayyorlashdan,   jismonan   zabardast   qilib,   mehnatda  chiniqgirishdan iborat
bulgan. Ugil bolalarga kurash tushish,  otga suvliq solish, uni egarlash, mol boqish, urchitish va
tug’dirish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, yaylovlarda suruvni utlatish, chorvani
yirtqich hayvonlar va  qaroqchilardan muhofaza qilish uchun 50 dan ziyod harbiy  qurolni ishlata
bilish malakasini egallash majburiy bulgan. Ularga yana chavandozlik va uttiz ikki xil harbiy hunar
urgatilgan.  Shuningdek, "Avesto"da qiz bolalar  tarbiyasiga  ham alohida e’tibor qaratish lozimligi
ta’kidlanadi:   "Ugil  bolalarga   nisbatan   qiz   bolalar   ilmu   donish   urganishga 
jiddiyroq
kirishsinlar. Chunki ular uzlari tug’ilgan  xonadonda ota ro’zg’orini tartibga solib, uyga ziynat
berib yursalar, jufti haloli uyiga borgach, kelajak nasl, ya’ni  farzandlari tarbiyasi, ta’limi bilan
mashg’ul   bo’lmoqlari  lozim   bo’ladi".  Shu tariqa,   qiz  bolalar   uchun yungdan  urchuq  bilan   va
charhda ip yigirish, matolar tuqish, liboslar  tikishdan  tashqari,  ug’il bolalar bilan kurash
tunshsh, chavandozlik,  qilichbozlik  qilish, qalqon tutib, o’zini  raqibidan himoya qila bilish,
otda har xil g’ovlardan sakrab  utish, suvda suzish, uzoqqa yugurish, nayza irg’itish, kamondan  o’q
otish va boshqa jismoniy-harbiy malakani egallash majburiy bo’lgan. Ana shundan so’ng qizlar
-15,   o’g’il   bolalar  -   16   yoshida   oqsoqol   boshchiligida   jamoa   oldida   maxsus  imtihondan
o’tkazilgan. Natijada balogat yoshiga yetgan qizlar  ruzg’or yuritishni o’rganib, "kadbonu", yani
"uy bekasi", yigitlar esa, "kad xudo" ya’ni "oila boshliga" bulish, chupon chulig’ini olib, ot surish,
tuya   minib   yurish   huquqini   qulga  kiritganlar.   "Avesto"da   qayd   etilishicha,   usha   davrlarda
erkaklar bir nechta xotin olish huquqiga ega ekanlar. Erkaklar roppa-rosa 16 yoshidan boshlab
uylanishgan. Hamma vaqt birinchi xotin boshqalariga bosh bo’lgan.
Muqaddas kitob ugitlariga rioya etmay, shunday gunohni sodir qilganlarga 400 qamchi urish
jazosi belgilab quyilgan. Eng baquvvat  odam ham bu jazoning oxirigacha dosh bera olmasligini
uylasak, tabiatga nopisand munosabatda bulgan kimsa boshiga tushgan qismat ayni kezda ulim jazosi bilan
tengligi malum buladi"
1
. Shuningdek, kucha eshigi yoniga alat tuplab quygan xonadon sohibiga jamoa
oqsoqolining hukmi bilan 25 qamchi,  hovuz yoki chashmadan nopok kuza yo chelaqsa suv olgan
shaxsga 5  qamchi urilgan. Anhor va ariq buylarida mol boqishga, otlarni  bog’lashga ruxsat etilmagan:
quduq   va   hovuz   suvlarini   iflos  qilganlarga   katga   jarima   solingan.   Bundan   tashqari,   ichimlik  suv
manbalari sohiliga mevali daraxt utkazmaslik ham  odamlarning xususan, yosh avlod sog’ligani
saqlash, har xil kasalliklarning oldini olishda muhim omillardan hisoblangan.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish