Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


-MA’RUZA. O’ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI



Download 0,57 Mb.
bet104/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

8-MA’RUZA. O’ZBEKISTONDA VIJDON ERKINLIGI
95

1. Vijdon erkinligi tushinchasi. Xalqaro meyoriy xujjatlarda vijdon erkinligi. 2.O’zbekistonda  


vijdon erkinligining asosiy qonun bilan kafolatlanishi. 3.O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan 
diniy konfensiya va tashkilotlar.Missionerlik va prozitilizm havfini bartaraf etilishi. 
Tayanch   iboralar: 
diniy   e’tiqod,   vijdon,
 erkinlik,   jamoa,   tashkilot,
konfessiya, idora, qonun, konsitutsiya, kafolatlanish, Mustaqillik, ќurfikrlik,   ibodat, rasm-rusum,
marosim
1.  Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy ќayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat
muќim.   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   ustavidan   tortib   barcha   xalqaro   ќujjat   va
shartnomalarda, ќamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o‘z ifodasini
topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson ќuquqlari umumiy Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson
fikrlash,   vijdon   va   din   erkinligi  huquqiga   ega.   Bu  huquq   o‘z   dini   yoki   e’tiqodini   o‘zgartirish
erkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish
kafolatini,   ibodat   qilishda   va   diniy   marosimlarda   yakka   tartibda   yoki   odamlar   orasida   birga
qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi. 
Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab ќodisa – turli dunyoqarash, e’tiqodda bo‘lgan
kishilar o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning
amalda   ќuquqiy   ta’minlanishini   ќam   nazarda   tutadi.   Zero,   odamlar   doim   turli   dunyoqarash   va
e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Ќar kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi. 
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat’iy nazar,
ularning   teng   ќuquqliligi,   barcha   dinlarning   qonun   oldida   tengligi,   dinga   e’tiqod   qilish   yoki
qilmaslikka   nisbatan   ќech   qanday   majburiyatning   ykqligi,   diniy   tashkilotlar   uchun   majburiy
yig‘imlar   tkplashning   ta’qiqlanganligi,   diniy   e’tiqodlar   tufayli   kzaro   adovat   va   nafrat
qo’zg‘atishning taqiqlanishi kabi masalalar ќam tushuniladi. Dinga e’tiqod qilish erkinligi faqat
milliy  xavfsilik va jamoat tartibini,  boshqa fuqarolarning  ќayoti, salomatligi, axloqi, ќuquqi va
erkinligini ta’minlash uchun zaruriyat tug‘ilgandagina cheklanishi mumkin.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavќum tushuncha emas, u ma’lum ijtimoiy vaziyatda albatta
namoyon bo‘ladi.  SHuning  uchun  uni  konkret  tarixiy,  ijtimoiy  sharoitsiz,  ob’ektiv  va  sub’ektiv
omillarsiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Bundan  tashqari  «vijdon  erkinligi»  tushunchasini  ilmiy  talqin
qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ќam albatta nazarda tutish kerak.
Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   masalasi   ijtimoiy   ќayotda   ќar   doim   muќim   va
murakkab   masala   bo‘lib   kelgan.   Binobarin,   uning   zamirida   shaxsning   ќuquqi,   demokratiya,
adolatparvarlik   va   insonparvarlik   kabi   katta   ijtimoiy,   siyosiy,   ќuquqiy   va   axloqiy   tushunchalar
yotadi. 
Din   sohasida   olamshumul   ahamiyat   kasb   etgan   ulamolarning   merosini  o’rganish,
ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy
madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.
Ijtimoiy  hayotni isloh  qilish va yangilash jarayonida ma’naviy qadriyatlarning qudratli qatlamlari
ham   ochilib,   bunda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   sohaga   oida   qator   Farmon   va
Farmoyishlari, Vazirlar Maќkamasining Qarorlari va Farmoyishlari qabul qilinishi muhim ahamiyat
kasb etdi. 
Imom   Buxoriy,   Baќouddin   Naqshband,   Najmiddin   Kubro,   Imom   Termiziy,   Imom
Moturudiy,   Burxoniddin   Marg‘inoniy,   Abdulxoliq   G‘ijduvoniy   kabi   mutafakkirlarimizning
yubileylari   ktkazildi.   Ulkan  va boy  madaniyatlarimizning  uzviy  qismi   bklgan  islom  nazariyasi,
96

tarixi,   falsafasi,   ќuquqshunosligi,   madaniyati   va   axloqi   masalalarini   chuqur   krganish   ilmimy


tadqiqotlarda markaziy krninni egallay boshladi.  
2.  Istiqlol   sharofati   bilan   dunyoga   kelgan   davlat   dunyoviy   xususiyatga   ega.   Buning
ma’nosi shuki, diniy uyushmalar davlatdan ajratilgan; davlat ularning ishlariga, bular esa davlat
ishlariga aralashmaydi. Ќar birining o‘z yo‘li, roli bor. Bu diniy e’tiqod erkinligidan kafolatlangan
binoan erkinligiga tomon borishdir. Vijdon erkinligining to‘la ta’minlanishi esa mamlakatimizda
fuqarolik jamiyatini barpo etish omillaridan biridir. 
Istiqlol tufayli umuman ma’naviyatga, uning tarkibiy qismi, elementi bo‘lgan dinga, bunga
e’tiqod qiluvchilarga, buni ќimoya qilib, saqlab, rivojlantirib,  targ‘ib etib turuvchi ruќoniylarga
munosabat o‘zgardi; aniqrog‘i yangilandi, yangilanmoqda. Bularni boshqaruvchi, birlashtiruvchi,
kadrlar   tayyorlovchi,   ularni  joy-joyiga   qo‘yuvchi,  faoliyati  ustidan  nazorat   qiluvchi,   malakasini
oshiruvchi muassasalarga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi. Islom muassasalari o‘quv yurtlari,
matbuot organlari, ibodatxonalariga kommunal xo‘jalik xizmatidan, aloqa-transport vositalaridan
foydalanish uchun barcha moddiy va ma’naviy imkoniyatlari yaratib berilgan.
Bu ќol istiqlol bilan ma’naviyat o‘rtasida uzviy bog‘liqlik vujudga kelganligi, din uchun
qulaylik   yaratilganining   ifodasidir.   CHunki   din   ma’naviyatning   elementi   sifatida   unga   bevosita
yordam bermoqda. 
Biroq   bundan   birining   funksiyasini   ikkinchisi   bajaraveradi   degan   ma’no   aslo   kelib
chiqmaydi. Ular bir-biridan ajratilgan; bir-birini SHo‘rolar davridagi singari istisno etish u yoqda
tursin,   ќatto   inkor   ќam   etmaydi,   yonma-yon   ќamkor,   totuv   yashab   o‘ziga   xos   funköiyalarini
bajaraveradi.
I.Karimov XII  chaqiriq Oliy Kengashning X sessiyasida 1992 yil 2 iyunda so‘zlagan va
«Bozor   munosabatlari   va   ma’naviyat»   deb   nomlangan   nutqidayoq   dinga   yangicha   munosabat
asoslarini batafsil bayon qilib bergan edi. Bunda aytilgan ediki, mustaqil davlatimiz dinga, diniy
tashkilotlarga keng yo‘l ochib berdi. Bunga yorqin misol tariqasida ilgari SHo‘rolar davrida yiliga
nari borsa 5-6 kishi xajga borib kelganligi qayd qilingan.
1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida ќar
bir fuqaro uchun vijdon erkinligi ќuquqining kafolatlanishi tabiiy ќoldir. YAna bir muќim tomoni –
keyingi   yillarda   davlat   bilan   diniy   tashkilotlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarda   salmoqli
o‘zgarishlar   sodir   bo‘lmoqda.   Dinning   jamiyatdagi   o‘rni   tiklanmoqda.   Diniy   uyushma   va
tashkilotlarning   faoliyat   ko‘rsatishlariga   imkoniyat   yaratilmoqda.   Qator   tarixiy   obidalar   diniy
tashkilotlar   ixtiyoriga   o‘tkazildi,   yangi   masjidlar   ochilmoqda.   Diniy   tashkilotlarning   xalqaro
aloqalari kun sayin kengayib bormoqda. 
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal qilish
davr, kundalik ќayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu
qonunning yangi taќriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran
u kuchga kirdi. 
Mazkur   qonun   23   moddadan   iborat.   Uning   1-moddasida   ushbu   qonunning   maqsadi
nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu qonunning maqsadi ќar bir
shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodќuquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning
tengligini   ta’minlash,   shuningdek   diniy   tashkilotlarning   faoliyati   bilan   bog‘liq   munosabatlarni
tartibga solib turishdan iborat». 
Qonunning   3-moddasi   vijdon   erkinligi   ќuquqi   ќaqida   bo‘lib,   unda   ќar   bir   fuqaro   dinga
munosabatini o‘zi mustaqil aniqlashi, u ќar qanday dinga e’tiqodqilish yoki ќech qanday dinga
e’tiqodqilmaslik   ќuquqiga   ega   ekanligi   va   bu   ќuquq   esa   O‘zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi. 
97

4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng ќuquqliligi ќaqida so‘z boradi.


Rasmiy ќujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlanadi. 
Vijdon   erkinligi   ќaqidagi   qonunning   5-moddasida   O‘zbekiston   Respublikasida   din   va   diniy
tashkilotlar   davlatdan   ajratilganligi   ko‘rsatilgan.  Bu   degani   davlat   diniy   masalalar   bilan
shug‘ullanmaydi,   diniy   tashkilot   va   diniy   boshqarma   ishlariga   aralashmaydi.   Din   va   diniy
tashkilotlar  ќam  davlat  ishlariga   aralashmasligi  lozim.   Lekin  diniy   tashkilotlar   jamoat   ishlarida
ishtirok etish ќuquqiga egalar. 
SHuningdek, mazkur  moddada davlat  turli  diniy konfessiyalar  o‘rtasidagi tinchlik  va totuvlikni
qo‘llab-quvvatlashi,   konfessiyalar   o‘rtasida   adovatni   avj   oldirishga,   xususan,   bir   diniy
konfessiyadagi   dindorni   boshqasiga   kiritishga   qaratilgan   xatti-ќarakatlarga,   missionerlikka   yo‘l
qo‘ymasligi ta’kidlangan. 
Diniy  tashkilotlarga   O‘zbekiston   Respublikasida  diniy  xarakterga  ega  bo‘lgan  partiyalar   tuzish,
respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo‘lim yoki filiallarini ochish man etiladi. 
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo
adovat   uyg‘otish,   axloqiy   negizlarni   va   fuqaroviy   totuvlikni   buzishda,   bo‘ќton,   vaziyatni
beqarorlashtiruvchi   uydirmalar   tarqatishda,   aќoli   o‘rtasida   vaќima   chiqarishda  ќamda   davlatga,
jamiyat   va   shaxsga   qarshi   qaratilgan   boshqa   xatti-ќarakatlarda   foydalanishga   yo‘l   qo‘yilmaydi.
Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli
maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari
taqiqlanadi. 
Fuqarolar dinga bo‘lgan munosabatlaridan qat’i nazar, ta’limning xilma-xil turlari va darajalarini
egallashi   mumkin.   Qonunning   9-moddasida   ko‘rsatilishicha,   diniy   tashkilotlarning   markaziy
boshqaruv   organlari   ruќoniylarni   va  o‘zlariga   zarur   bo‘lgan   diniy   xodimlarni   tayyorlash   uchun
diniy   o‘quv   yurtlari   tuzishga  ќaqli.   Diniy   o‘quv   yurtlari   O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya
vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko‘rsatish  ќuquqiga
ega bo‘ladi. 
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim   to‘g‘risida»gi  qonuniga   muvofiq  umumiy  majburiy   o‘rta  ta’lim   olganidan   keyin   qabul
qilinadi. 
Diniy ta’lim beruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo‘lib, bolalarni o‘qitish uchun diniy
boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak. Xususiy diniy ta’lim berishga
yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni buzganlar qonun oldida javobgardirlar. 
Diniy tashkilotlar diniy ta’lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolarini
ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin. 
Diniy tashkilot – bu ma’lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir (masjid,
cherkov, sinagoga, diniy o‘quv yurtlari va ќ.k.). Uni tashkil etish uchun unga bir xil e’tiqodga ega
bo‘lgan kamida 100 kishi a’zo bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining ќar qanday fuqarosi 18
yoshga to‘lganidan keyin ma’lum diniy jamiyatga a’zo bo‘lishi mumkin.
Diniy   tashkilotlar   o‘z   mulklariga   ega   bo‘ladilar.   Binolar,   din   bilan   bog‘liq   buyumlar,   ishlab
chiqarish va xayriya ishlariga mo‘ljallangan inshootlar, pul mablag‘lari  ќamda diniy tashkilotlar
faoliyatini   ta’minlash   uchun   zarur   bo‘lgan   boshqa   mol-mulk   diniy   tashkilotlarning   mulki
98

ќisoblanadi.   Diniy   tashkilotlarga   tushadigan   moliyaviy   va   mulkiy   xayriyalardan,   shuningdek,


fuqarolardan tushgan mablag‘lardan davlat solig‘i undirilmaydi. 
Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o‘tkazish maќalliy  ќokimiyat tomonidan taqiqlanmaydi.
Qonunning 3-moddasida ko‘rsatilishicha, dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy
xavfsizlikni   va   jamoat   tartibini,   boshqa   fuqarolarning  ќayoti,   salomatligi,   axloqi,  ќuquqi   va
erkinligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanish mumkin. 
Diniy   tashkilotlar   fuqarolarni   ishga   olishga  ќaqlidirlar.   Ular   davlat,   jamoat   korxonalari   va
tashkilotlarining   ishchi   xizmatchilari   bilan   baravar   soliq   to‘laydilar,   ijtimoiy   ta’minlanish   va
sug‘urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy asosda pensiya olish ќuquqiga egalar. 
Qonunning   oxirgi   23-moddasida   «Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida»gi   qonunni
buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko‘rsatilgan. 
Konstitutsiyada  ќurfikrlilik,  vijdon  va  diniy  e’tiqoderkinligi   masalalariga   katta   e’tibor   berilgan.
Unda dinning tarbiyaviy aќamiyatiga yanada ko‘proq e’tibor berilishi lozimligi ko‘rsatilgan. 
Darќaqiqat, o‘tgan 8 yil davomida Umra safariga 18 ming, xajga 24 ming fuqaro borib
kelgan.   Ќozir   respublikamizda   3100   dan   ziyod   diniy   jamoa   erkin   ishlab,   qadimiy   konfessiya
bemalol faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina musulmonlarning 2 mingdan ortiq machiti, 11 madrasasi,
Islom tadqiqotlari markazi, musulmon diniy idorasi, uning kutubxonasi bor; gazeta va jurnallari
chiqarilyapti,   tarqatilayapti.   Din   arboblariga   ommaviy   axborot   vositalari   eshiklar   keng   ochib
qo‘yilgan;   diniy   adabiyotlar   o‘n,   yuz   ming   nusxalab   nashr   etilmoqda;   davlat   ularni   bojxona
anjomlari, sotuv do‘konlari bilan ta’minlab, daromad solig‘i olmay tarqatishga imkoniyat yaratgan.
Istagan talabalarning xorijiy madrasa, dorilfununlarga borib o‘qib kelishlariga sharoit yaratilgan.
Diniy   sajdagoќlar,   jumladan   Ismoil   Buxoriy,   Ќakim   Termiziy,   Baќovuddin   Naqshbandiy
ziyoratgoќlari komplekslari, Mirarab madrasasi, machit v.x. ta’mirlab berildi. 
Xulosa   shuki,   mustaqillik   sharoitlarida   dunyoviy   davlat   barpo   etilgan;   din   davlatdan
ajratilgan;   lekin   jamiyatdan   ajratilgan   emas.   Davlat   va   din   orasidagi   ilgarigi   ziddiyat,
tushunmovchilik, noxushliklar tugatilib, o‘rniga ќamkorlik, totuvlik munosabatlari o‘rnatilgan. Bu
ishni   O‘zbekiston   Respublikasi   vazirlar   maќkamasi   qoshidagi   Diniy   ishlar   vakilligi   amalga
oshiradi.
3.  Diniy dunyoqarash – olamdagi voqea va ќodisalar sabablarini iloќiy kuchlar, oldindan
belgilangan maqsadlar bilan bog‘lab tushuntirishdir. 
Diniy   dunyoqarashning   boshlang‘ich   elementi   –   bu   diniy   tuyg‘udir.   Diniy   tuyg‘u   bu
kishilarning   tabarruk   va   aziz,   deb   tasavvur   qilinadigan   mavjudotlarga,   muqaddaslashtirilgan
buyumlar, shasxlar, joylarga, bir-birlariga, kz-kziga, shuningdek, iloќiy mazmunda talqin etilgan
tabiat va jamiyat  ќodisalariga munosabatlarida paydo bkladigan  ќissiyotdir. Diniy tuyg‘u tug‘ma
bklmaydi,   u   kishi   yoki   kishilar   yashaydigan   ijtimoiy   va   ruќiy   shart-sharoitlar   asosida   vujudga
keladi. Diniy tuyg‘u kishidagi ќis-ќayajon, kechinma, ruќiy ќolat bilan bog‘liq bkladi. SHuni aytish
kerakki, ќar qanday ќis-ќayajon, ruќiy kechinma, diniy tuyg‘uni tug‘idiravermaydi. Bu ќis- ќayajon
va ruќiy kechinmalar qachonki ma’lum diniy tasavvurlar, diniy g‘oyalar va qarashlar bilan kkshilib,
ma’lum yknalish, ma’lum ma’no kasb etgan taqdirdagina diniy tuyg‘uga aylanadi. 
Diniy dunyoqarashning ikkinchi elementi – bu diniy aqidalardir. Diniy aqidalar kz mazmuni
bilan   dunyo   va   undagi   voqea   –  ќodisalarni   iloќiy   e’tiqod   asosida   tushinish   bilan   bog‘langan
tasavvurlar   va   tushunchalardir.   Masalan,   bunday   aqidalarning   namunasi   sifatida   islom   dinining
sunmiylik  mazќabida  shakllangan  iymon talablariga  oid aqidalarni  kkrib chiqish mumkin.  Ular
Olloќning   yagonaligi,   farishtalarning   mavjudligi,   diniy   kitoblarning   muqaddasligi,   oќiratning
borligi, taqdirning iloќiyligi, klgandan keyin qayta (qiyomat kuni) tirilish mumkinligidir. 
Diniy   dunyoqarashning   navbatdagi   elementi   -   bu   biron   buyumga,   narsaga,  ќayvon   va
daraxtga, kishiga yoki xudoga sig‘inishdir. 
99

Sig‘inish sodda yoki murakkab bklishi mumkin. Sig‘inishning sodda kkrinishi – kishilarning


kundalik  ќayotida iloќiy kuchlarga toat-ibodat qilishidir. Sig‘inish diniy tasavvurlar va g‘oyalarni
ifoda etuvchi, iloќiy kuchlarga, iloќiy ob’ektlarga qaratilgan yakka yoki jamoa bklib bajariladigan
ramziy ќatti-ќarakatdir. Masalan, tazim qilish, tiz chkkish, sajda qilish, bosh egish, qkl qovushtirish,
chuqinish, toat-ibodat qilishlar sig‘inishning sodda kkrinishlaridir. 
Namoz   kqish,   Qur’on   kqish   va   kqitish,   qurbonlik   va   xudoyi   qilish,   diniy   bayramlarni
nishonlash sig‘inishning murakkab shakllaridir. Sig‘inish diniy e’tiqod bilan chambarchas bog‘liq.
Diniy e’tiqod diniy dunyoqarashning eng muќim elementi bklib, u g‘ayri tabiiy kuchlar va iloќiy
mavjudotlarga, diniy tasavvur va tushunchalarga diniy g‘oyalar va qarashlarga skzsiz ishonishidir.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish