ta’limotiga ko’ra, Iegov odamlar orasidan eng yaxshilarini tanlab olib, ularni o’zining sodiq
odamlari, deb nomlar ekan.
Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda birinchi iegovochilar 1950-yillarning oxiri – 1960-
yillarning boshlarida paydo bo’lgan. 1972 yilda Angren va Chirchiq shaharlarida ularning ilk
jamoalari paydo bo’lgan. Keyinchalik boshqa shaharlarda ham iegovochilar paydo bo’lgan.
Toshkent shahrida birinchi iegovochilar 1960-yillarda paydo bo’lgan.
Bugungi kunda respublika bo’yicha faqat bitta «Iegov guvohlari» cherkovi – Chirchiq
shahrida rasmiy faoliyat olib bormoqda.
«Iegov guvohlari» cherkovining MDHdagi markaziy boshqaruv organi Sankt-Peterburg
shahrida, Markaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy markazi esa Almatida joylashgan. Ma’lumotlarga
ko’ra, diniy tashkilotning respublikamiz hududidagi jamoalariga 3000 ga yaqin iegovochilar
birikkan.
“
Iegov guvohlari” jamoalari tomonidan zo’r berib missionerlik da’vatini amalga oshirish
holatlari uchrab turibdi. Mutasaddi tashkilotlar tomondan bunday holatlarga barham berish choralari
ko’rilmoqda. Masalan, 2008 yilning o’zida diniy tashkilotning Samarqand va Qarshi shahridagi 13
nafar a’zosi ma’muriy, 3 nafar a’zosi esa jinoiy javobgarlikka tortildi.
Missionerlik faoliyatidagi “
To’liq injil xristianlar” cherkovi, “
Evangel xristian-baptistlar”
cherkovlarini hozirda missionerlikda eng ko’p fosh bo’layotgan tashkilotlar qatorida ko’rsatish
mumkin.
Injilchi protestant-masihiy diniy tashkilotlari maqsadli moddiy va ma’naviy yordam
ko’rsatishni ustomonlarcha tashkil qilish yo’li bilan katoliklik va pravoslavlikka e’tiqod qiladigan
fuqarolarni, ayrim hollarda kelib chiqishi musulmon bo’lganlarni o’z tomonlariga og’dirib olish
yo’lidagi harakatlarni olib bormoqdalar.
Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda jahonda taxminan 120 millionga yaqin to’liq injilchilar
mavjud. Diniy yo’nalishga rasman 1901 yilning 1 yanvarida AQShning Kanzas shtatidagi Topeke
shahrida Charlz Parxem tomonidan asos solingan. Bugungi kunda cherkov Shimoliy Amerika,
Skandinaviya, Italiya, Braziliyada katta jamoalariga ega. AQShdagi eng yirik jamoa «Xudo
Assambleyasi» deb nomlanadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida mazkur yo’nalishga taalluqli birinchi tashkilot 1985 yilda
Toshkent shahrida tashkil etilgan (keyinchalik u markazga aylangan).
Bugungi kunda respublika bo’yicha To’liq injilchi xristianlar cherkovlari markazi tarkibida
jami 21 ta diniy tashkilot mavjud.
To’liq injilchi xristianlar cherkovlari markazi nazoratdan qochish maqsadida o’zining
faoliyatini mamlakat poytaxti Toshkent shahridan ancha yiroqda joylashgan hududlarda olib
borishga harakat qilmoqda.
Ayni paytda, Toshkent va Andijon shaharlaridagi ro’yxatdan o’tmagan guruhlar faoliyatiga
chek qo’yildi. Hozirgi kunda rasmiy faoliyat ko’rsatayotgan To’liq injil xristianlari cherkovi faollari
ayrim joylarda mahalliy millat vakillarini jalb etgan holda alohida diniy guruhlar tashkil etishga
urinayotgani, diniy Adabiyotlarning tarqatilishi hollari uchrayotgani haqidagi axborotlar bor.
Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur Adabiyotlarning ko’pchiligi bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlar
hududidan olib kirilmoqda.
Evangel xristian-baptistlar cherkovlari Kengashiga taalluqli diniy tashkilotlar haqida gap ketar
ekan, ular respublika hududida ro’yxatdan o’tgan Evangel xristian-baptistlar cherkovlari
Uyushmasiga aloqasi bo’lmagan diniy tashkilotlar guruhi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Evangel
xristian-baptistlar Kengashiga mansub tashkilotlar o’z diniy qarashlariga tayangan holda ongli
ravishda Adliya idoralarida ro’yxatdan o’tishdan bosh tortib kelmoqdalar. Shu bilan birga, ular turli
104