Alohida tarjima qilinadigan modullar
Programma alohida modullarga bo’linadi. Har bir modul mustaqil tarjima
qilinadi. Modullar bajarish jarayonida birlashtiriladi va ijro etiladi.
UNIT tipidagi modul. Bu texnalogiyaning quyidagi qulayliklari mavjud.
a) Programma bo’lak (modul) larga bo’linadi va tarjima qilinadi.
b) Qismprogrammalar kutubxonasini yaratish mumkin.
d) Standart modullardan foydalaniladi.
e) Programma hajmini kengaytirish mumkin.
Paskal oilasidagi tizimlar muhitida modulning umumiy strukturasi quyidagicha.
Unit moduli – bu maxsus shaklda tashkil qilingan kutubxona bo’lib unda
konstanta, turlar, o’zgaruvchilar, protsedura va funksiyalar saqlanadi. Bunday
modulning programmadan asosiy farqi shundan iboratkim, u mustaqil ishga
tayyorlanmaydi. Faqat boshqa mustaqil programmalar tarkibida ishlashga da’vat
etiladi.
Unit modulining umumiy strukturasi quyidagichadir [4].
Unit ;
interface {e’lonlar bo’limi boshlanishi}
USES {boshqa mod1, mod2, … , modn- larni bog’lash}
Const
Type
49
Var
{shu modulda ishlatiladigan protseduralar (funksiyalar) sarlavhalari}
implementation {ishlab chiqarish bo’limi}
Uses {modullar ro’yxati}
Const
Type
Var
Label
begin
end.
Ko’rinib turibdikim, modul to’rtta qismga bo’linadi.
a) Modul sarlavhasi (unit nom);
b) Interfeys, ya’ni e’lonlar bo’limi (interface);
d) Ishlab chiqarish bo’limi (implementation);
e) Ishga yurgizish bo’limi (begin va end orasida);
Modulni komplyatsiya qilish natijasida, masalan, TPas muhitida .tpu
kengaymali (ya’ni Turbo Pascal Unit) fayl hosil bo’ladi. Modulni programma yoki
boshqa modulda ishlatish uchun uning nomini uses direktivasiga ko’rsatish kifoya.
Masalan, uses mod1, mod2;
Bundan keyin mod1 va mod2 modullardagi hamma ob’ektlar (konstanta, tur,
o’zgaruvchi, nishon, protsedura va funksiyalar) qo’llashga tayyor bo’ladi.
Programmalarni modulli tashkil qilish ikkita asosiy qulaylikka olib keladi.
50
Birinchisi. Xususiy (shaxsiy) programmalar kutubxonasini yaratish va ularni
boshqa programmalar tarkibida ishlatish.
Ikkinchisi. Modullardan tashkil topadigan programmalar hajmi juda katta
bo’lishi mumkin.
Modulli texnalogiya asosida zamonaviy programmalash tizimlarining standart
modullari kutubxonasi yaratilgan. Masalan, TPas, Borland Pascal tizimlar
muhitida standart modullar Turbo.tpl (Turbo Pascal Library) kutubxonasida
saqlanadi. Standart modullardan: System, Crt, Strings, Graph, Overlay juda ko`p
ishlatiladi.
Shunga o’xshash programmalash tizimlarining ya’na bir qulayligi ob’ekt
modullarini va yuklanadigan fayllarni hosil qilish hisoblanadi [5].
Ob’ekt modullar va yuklanadigan fayllar.
Do'stlaringiz bilan baham: |