34
Foydalanuvchi interfeysini loyihalashda muloqotni tasvirlash katta rol o’ynaydi.
Bu yerda quyidagi talablar va prinsiplar ishlatiladi.
a) Ekran maketi. Ekranning (monitorning) pozisiya va formatlar maydoni.
Maket muloqotning bir fragmentini akslantiradi.
b) O’tish turlari yoki holatlar diagrammasi. Har bir holat graf uchlari bilan
xarakterlanadi. Uchlar, ya’ni nuqtalar tizimining foydalanuvchiga yoki
foydalanuvchining tizimga beradigan ma’lumotlarni bildiradi. Murakkab
tizimlarga muloqot to’rlari qismiy to’rlarga ajratiladi.
O’tish to’rlarida ularning uchta turini ajratish mumkin:
• Ma’lumotlarning kiritilishini talab qiladigan uchlar;
• Ma’lumotlarning kiritilishini talab qilmaydigan uchlar;
• Ma’lumotlarning kiritilishi talab qilinadi, ammo boshqaruv doimo
hamsoya uchlga uzatiladi.
c) O’tish shartlari asosan kirish tilida yozilgan fragmentlar yordamida tashkil
qilinadi. Ana shu fragmentlarni leksik, sintaktik va semantik tahlil qilish
natijasida muloqot sxemasi boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: