11. Ma’ruza Makroiqtisodiy statistika fanining predmeti va O’rganish usullari
Reja :
Fanning predmeti va vazifalari
Fanning o’rganish metodlari
Fanning ko’rsatkichlar tizimi
Statistika ko’p tarmoqli ijtimoiy fandir. Uning tarmoqlarini shartli ravishda quyidagicha turkumlash mumkin.
Statistikaning tarkibiy qismlari.
Umumiy nazariy statistika:
1. Statistika tarixi
2. Statistika nazariyasi
3. Matematik statistika
Sotsial statistika:
1. Aholi statistikasi
2. Jinoyat va sud statistikasi
3. Sog’liqni saqlash statistikasi
4. Mehnat statistikasi
Iqtisodiy statistika.
a) Makroiqtisodiy statistika
1. Xalqaro statistika
2. Mamlakat statistika
3. Viloyat statistikasi
4. Tuman statistikasi
b) Mikroiqtisodiy statistika
1. Uy xo’jaligi statistikasi
2. Firma statistikasi
3. Korxona statistikasi
4. Birlashma statistikasi
Makroiqtisodiy statistika fani statistika fanining ajralmas qismidir. U o’zining mustaqil predmeti hamda o’rganish ob’ektiga ega.
Statistikada iqtisodiyotni o’rganish uchun ikki xil yondoshuv qo’llaniladi:
- makroyondoshuv;
- mikroyondoshuv.
Makroyondoshuvda ayrim mamlakat, uning alohida regionlari (viloyat, tuman) yoki umumjaxon iqtisodiyoti statistik tahlil uchun asos qilib olinadi. “Iqtisodiyot nazariyasi”da bu ob’ektlar va ularning iqtisodiyoti makroiqtisodiyot deb yuritiladi.
Mikroyondoshuvda esa uy xo’jaligi, ayrim firma va korxonalar iqtisodiyoti statistik tahlil uchun asos qilib olinadi. “Iqtisodiyot nazariyasi”da bu ob’ektlar, ularning iqtisodiyoti mikroiqtisodiyot deb yuritiladi.
Makroiqtisodiy statistika fani makroiqtisodiyotni, ya’ni muayyan mamlakat va uning ayrim regionlari iqtisodiyotidagi ommaviy jarayonlarining miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan uzviy bog’lanishda olib o’rganiladi. U iqtisodiy jarayonlarni konkret makon va zamon qay darajada o’rganilayotganini statistik ko’rsatkichlarda ifodalab beradi.
Makroiqtisodiy statistik tahlil natijalari umumiqtisodiy harakterda bo’lib, iqtisodiy siyosatga tegishli bo’ladi. Bunday tahlil:
iqtisodiy o’sishni va uning samaradorligini oshirish:
aholini ish bilan to’la ta’minlash va xalq faravonligini oshirish:
iqtisodiy barqarorlashtirish va inflyatsiyaning bartaraf etish:
iqtisodni integratsiyalash va tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish kabi umumiy ahamiyatga molik tavsiyalarini beradi.
Mikroktisodiy statistika fani firma va korxonalar iqtisodiyotning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan uzviy bog’lanishda olib o’rganadi. Bu fan konkret baho, tovar va xizmat turi, daromad, ishlab chiqarish, almashuv va iste’mol, bozorning alohida unsurlarini o’rganadi.
Iqtisodiyotning markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitidan xalq xo’jaligi tarmoqlari tasnifi amal qilgan. Unga binoan tarmoqlar ikkita katta soxa bo’yicha guruhlangan:
1. Ishlab chiqarish soxasi :
- sanoat
- qishloq xo’jaligi
- o’rmon xo’jaligi
- qurilish
- yuk transporti
- ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa
- moddiy texnika ta’minoti
- savdo va tayyorlov tashkilotlari
- umumovqatlanish korxonalari
boshqa har xil ishlab chiqarish faoliyatlari
2. Noishlab chiqarish soxasi :
- uy joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish
- sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sotsial ta’minot
- xalq ta’limi
- madaniyat va san’at
- moliya, kredit va davlat sug’urtasi
- boshqarish
- mudofaa
- har xil noishlab chiqarish faoliyatlari
Xalq xo’jaligi bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma’muriy buyruq bilan boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo’lib, markazlashgan rejalashtirish uslubi va yalpi statistik kuzatishga asoslangan edi. Bunday tasnif bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmaydi.CHunki unga asoslanib noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni aniqlash, tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o’rganish, bozor infrastrukturasini statistik tahlil qilish, tadbirkorlikning yangi strukturasiga oid ko’pgina ko’rsatkichlarni aniqlash imkoniyatlari bo’lmaydi.
Bu muammolar yechimini topishning eng mukobil yo’li xalqaro amaliyotida qabul qilingan miliy hisobilar tizimiga (MHT), xalq xo’jaligining sektorli-tarmoq tasnifiga o’tishdir. Bunga binoan barcha korxonalar, ya’ni institutsional birliklar iqtisodiyotning quyidagi sektorlari bo’yicha guruhlanadi:
tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari (nomoliyaviy korxonalar)
moliya tashkilotlari
davlat tashkilotlari
uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar
uy xo’jaligi
tashki iqtisodiy aloqalar (tashqi dunyo).
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi va shu munosabat bilan makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot soxalarida tub o’zgarishlarning sodir bo’lishi makroiqtisodiy statistika fani zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi. SHunday sharoitda uning oldida quyidagi vazifalar turadi:
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va ularni hisoblash uslubini takomillashtirib borish;
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi statistik kuzatish usullarini ishlab chiqish;
xalqaro talablarga javob bera oladigan milliy schetlar tizimi (MST)dagi ko’rsatkichlarni aniqlash uslubini yaratish;
buxgalteriya va bank xisobotida xalqaro talablarga javob beradigan korxona va tashkilotlarning mulkiy shakllari miqyosida yagona davlat registrini ishlab chiqish;
mavjud umumittifok klassifikatorlarini qayta ko’rib chiqish bilan birgalikda respublikaning kataloglar tizimi va shtrixli kodlarini ishlab chiqish va xokazolar.
Har qanday fan o’z ob’ektini maxsus usullar yordamida o’rganadi. Statistika dialektika qonun qoidalariga asoslanib uzining xususiy usullarini yaratgan. Ular quyidagilardan iborat:
ommaviy statistik kuzatish;
kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash;
nisbiy va o’rtacha miqdorlar usuli;
statistik taqsimot va variatsiya ko’rsatkichlari;
korrelyatsion-regression usul;
dinamik qatorlarni tuzish va tahlil qilish usuli;
indeks usuli;
jadval va grafiklarni tuzish usuli.
Makroiqtisodiy statististika makroiqtisodiyot darajasida sodir bo’ladigan ijtimoiy, ommaviy xodisalarni o’rganishda yuqoridagi usullardan tashqari o’zining quyidagi xususiy usullarini qo’llaydi:
bozor iqtisodiyoti tizimidagi institutsional birliklarni sektorlar, tarmoqlar bo’yicha guruhlash, tasniflash;
milliy schetlar tizimi asosida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash va ular asosida iqtisodiy tahlilni amalga oshirish.
Makroiqtisodiyotni o’rganishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlar tizimini qo’llaydi:
aholi va mehnat resurslarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
milliy boyliklarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi;
iqtisodiy o’sish va ijtimoiy samaradorlikni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
tashki aloqalarni tavsiflovchi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar.
Milliy schetlar tizimi bu bir-biri bilan uzviy bog’langan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar tizimi bo’lib, bu ko’rsatkichlar yalpi ichki va yalpi milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini aks ettiradi. Uni statistik makromodel deb ham atashadi.
MST buxgalteriya xisoboti qoidalari asosida tuzilgan. Undagi jadvallar buxgalteriya schyoti shaklida bo’lib, resurslar va xarajatlar qismidan iborat. “Ikki yoqlama yozuv” qoidasi asosida ko’rsatkichlar hisoblarda ikki marotaba yoziladi, bir marta hisobning aktiv qismi (debet)ga, ikkinchi marta hisobning passiv qismi (kredit)ga yoziladi.
MSTdagi terminologiyasiga binoan hisobning kredit qismida resurslar, debet qismida esa sarflangan resurslar aks ettiriladi.
Makroiqtisodiy statistika ko’rsatkichlarning asosiy qismi, xususan yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi talab, yalpi taklif, yalpi ish xaqi, yalpi daromad aholining jami iste’moli, yalpi jamg’arma kabi qator umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar MST schyotlariga asoslangan holda hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan makroiqtisodiy statistika MST bilan uzviy ravishda bog’langan.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tguncha bo’lgan davrda amal qilib kelgan statistika va hisob tizimi iqtisodiyotni ma’muriy buyruq bilan boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo’lib, markazlashtirilgan rejalashtirish uslubiga asoslangan edi. Undagi ko’rsatkichlar tizimi bozor munosabatlarini o’zida aks ettirolmas edi.
Amaldagi “Xalq xo’jaligi tarmoqlari tasnifi”, “Xalq xo’jaligi balanslari” mavjud umulashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash uslubi esa respublikaning tashki iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda hamda halqaro hamjamiyatlar bilan birikishda to’sqinlik qila boshladi.
Bu muammolar yechimini topishning eng muqobil yo’li halqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga, ya’ni MSTga o’tishdir. Ushbu tizim millatlararo hisob va statistika tajribasidan kelib chiqqan holda hozirgi zamon iqtisodiy rivojlanishini, uning qonuniyatlari va yo’nalishlirini tavsiflashga asoslangandir.
MSTga o’tish natijasida makroiqtisodiy statistikaning ko’rsatkichlar tizimini halqaro standartlar uslubi asosida hisoblash imkoniyati tug’iladi, halqaro taqqoslashlar muammosi yechiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga kirib borishiga yanda kengroq yo’l ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |