KIRISH
Bozor sharoiti o’quv yurtlari faoliyatiga jiddiy ta’sir qilmokda, ya’ni u o’quv yurtlari bilan mutaxassislardan foydalanuvchi o’rtasidagi yangi iqtisodiy munosabatlarni tushunib yetishni hamda ularni joriy etishni taqozo etadi. SHu bilan birga tayyorlanayotgan mutaxassislarning kasb tayyorgarligiga, ishchanligi hamda tadbirkorligiga bo’lgan talablar keskin ortmoqda. Bunday sharoitda bo’lajak oliy ma’lumotli iqtisodchi mutaxassislar oldida bir qator talablar turadi. Jumladan ular sirasiga:
tovar bozoridagi kon’yunkturani kuzatish va o’rganish uslubiyatini bilish;
ulgurji yarmarka va auktsionlarga to’laqonli qatnashish yo’llarini topish;
marketing va brokerlik mahoratini egallash;
tijorat va birja sirlarini egallash;
bank, kredit va moliya soxasidagi operatsiyalarni chuqur bilish;
eksport-import va barter bitimlarida qatnashish, ularni mukammal bilish kabilardir.
Qayd qilingan soxalardagi o’zgarishlarni, ular o’rtasidagi bog’lanish va aloqadorlikni o’rganishda statistika fanining usullari juda ham katta ahamiyatga ega.
Ushbu o’quv qo’llanma 5230900 «BX va A» ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, O’zbekiston milliy iqtisodiyotining xususiyatlarini hamda uni rivojlantirishda statistika roli va ahamiyatini hisobga olib tuzilgan. O’quv predmetining maqsadi - talabalarda statistika nazariyasi, usullari va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va kerakli o’quv mahoratlarni shakllantirishdir.
Statistika fanini o’rganishdan ko’zlangan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
statistika predmeti va uslubi, ahamiyati va maqsadi haqida chuqur bilimlarga va aniq tasavvurga ega bo’lish;
statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har taraflama o’rganish;
O’zbekistonda davlat statistikasining tashkil etilishi, uning “Davlat statistikasi haqida”gi Qonundan kelib chiqadigan vazifalari va huquqlarini bilish;
statistik kuzatish uslubiyati, uning turlari, shakllari va yo’llari, dasturiy va tashkiliy masalalari xaqida zarur tushunchaga ega bo’lish;
iqtisodiy tasniflash va guruhlash, boshqa statistika masalalari bo’yicha xalqaro va milliy standartlarni bilish;
taqsimot qatorlarini tuzish va tahlil qilish usullarini egallash;
dinamika qatorlari va bozor hodisalari orasidagi bog’lanishlarni tahlil qilish usullarini o’rganish;
statistik ko’rsatkichlar, ularning turlari va shakllari, taqqoslash yo’llari, makro va mikro iqtisodiy ko’rsatkichlar haqida chuqur tasavvurga ega bo’lish;
tanlanma kuzatishning mohiyati, nazariy va amaliy masalalari, tanlanmaning reprezentativligini baholash yo’llarini bilish, ilmiy va tajribaviy gipotezalarni statistik tekshirish va yechimlarni olish usullarini egallash;
milliy hisoblamalar tizimi, uning xalq xo’jaligi uslubidan farqi va afzalliklari, asosiy kategoriyalari va kontseptsiyalari hamda hisoblamalarning tuzilishi haqida zarur tasavvurga ega bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |