Reja: Kirish Sanoatni joylashtirish tamoyillari Sanoatni joylashtirish omillari Ayrim sanoat tarmoqlarini joylashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar Ayrim korxonalarni



Download 63,11 Kb.
bet1/13
Sana23.03.2022
Hajmi63,11 Kb.
#506952
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Айрим корхоналарни жойлаштиришни иктисодий асослаш усули.


REJA:


Kirish
1. Sanoatni joylashtirish tamoyillari
2. Sanoatni joylashtirish omillari
3. Ayrim sanoat tarmoqlarini joylashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar
4. Ayrim korxonalarni joylashtrishni iqtisodiy asoslash usuli
5. Sanoatni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi
6. Ishlab chiqarishni joylashtirish masalasi
7. Ijtimoiy binolarning ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'siri. 

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Sanoatni mamlakat hududida oqilona joylashtirish – jamiyat qurilishining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, respublika va har bir iqtisodiy rayon xalq xo‘jaligini yuqori darajaga ko‘tarish va rivojlantirishning zaruriy shartidir.
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi kuchlar va uning eng muhim elementi bo‘lgan sanoatni joylashtirishning asosiy qonuniyatlari ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi. Shu sababli hozirgi bozor munosabatlarini shakllantirishda, uning barcha tarmoqlarini joylashtirishda iqtisodiy islohotni davlat amalga oshirmoqda va bu uning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda uni amalga oshirish milliy iqtisodiyotimizning hozirgi holati va strategik vazifalari bilan belgilanadi.
Sanoatni joylashtirish deganda, uni yer shari hududida, shuningdek, ayrim mamlakat yoki iqtisodiy rayonlarda taqsimlanishi tushuniladi.
Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish uning hududiy tashkil etish shakllarini ifodalaydi va u korxona (firma)larni ma’muriy va iqtisodiy rayonlarda joylashtirishda namoyon bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning bu real sektorini joylashtirish ham bevosita hududiy mehnat taqsimoti bilan bog‘liq. Ijtimoiy mehnat taqsimoti unsuri bo‘lgan hududiy mehnat taqsimoti (HMT) soddaroq qilib aytganda, turli joylarning mamlakat yoki viloyatlar, tumanlar, shaharlarning har xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «bashorati» shakllanadi va ularning hududiy tizimdagi o‘rni o‘z ifodasini topadi.
HMT keng ma’noda – bu ishlab chiqarish sohalarini (tarmoqlarini) hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholisi, mehnat va boshqa resurslari kabi hamda mintaqa bozorining hajmi, aholisining sotib olish qobiliyati, infratuzilma va komunikatsion tizimning rivojlanganligi darajasi kabi omillarga qarab joylashtirilishini nazarda tutadi.
Sanoat ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish - kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini yuqori sur’atlarda amalga oshirish, mamlakat tabiiy boyliklaridan har tomonlama samarali foydalanish va buning natijasida ijtimoiy mehnat unumdorligini yuksaltirish, har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish, mamlakat barcha iqtisodiy hududlarini bir tekis rivojlantirish, shahar va qishloq hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi tafovutni yo‘qotish, mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish imkonini beradi.
Sanoatning oqilona joylashishi transport va qishloq xo‘jaligining joylashishiga hamda yangi shahar va qishloqlarning paydo bo‘lishiga, ayrim iqtisodiy hududlarning muayyan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuviga olib keladi.



Download 63,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish