III. Psixologik yo‘nalishda:
pultlar va mashinalar, mexanizmlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiy talablarni hisobga olish;
kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsning ruhiy xususiyatlarini hisobga olish;
jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnatdan va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bo‘lishlarini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
IV. Estetik yo‘nalishda:
intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish;
texnikaviy estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, jihozlar, pultlar singari boshqaruv vositalarini badiiy ixtiro qilish.
Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarida gigiena-sanitariya masalalari bo‘yicha ma’lum talablar qo‘yiladi. Mehnat gigienasi bo‘yicha muhandis va ularning yordamchilari joylardagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me’yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishni oldini olish bo‘yicha choralar qo‘llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma’lumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida sog‘lomlashtirish tadbirlar-rejalari sanitariya nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mehnat fiziologiyasi. Mehnat fiziologiyasi va gigienasi mehnat fiziologiyasining bo‘limi bo‘lib, ish paytida inson tanasida yuz beradigan funksional o‘zgarishlarni tekshiradi va ish qobiliyatini saqlash va oshirish, mehnat faoliyati va jarayonining ishchilar sog‘ligiga salbiy ta’sirining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Biologik jihatdan mehnat faoliyatini yuzaga keltirilishida eng muhim sub’ekt tana hisoblanadi. Foydali mehnat yoki ishlab chiqarish ayrim turlari o‘rtasidagi tafovutlarga qaramay, fiziologik jihatdan ular organizmning vazifasi hisoblanadi va shunday har bir vazifa kishi miyasi, asabi, mushaklar, sezgi organlarining energiya sarfidan yuzaga keladi.
Mehnat fiziologiyasida «aqliy ish», «jismoniy ish» deyilganda, aqliy va jismoniy mehnat nazarda tutiladi. Biroq, mehnat va ish tushunchalari bir-biridan farq qiladi. «Ish» tushunchasi quvvat sarflanishi va organizm tinch holatdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning hamma turlarini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |