Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy terminlari va tushunchalari, boshqa fanlar bilan aloqasi
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini korxona-tashkilotlardagi mehnat xavfsizligi va elektr hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni beqiyos kattaligi bilan qadrlanadi. SHu maqsadda asosiy terminlar – mehnat qonunchiligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi, elektr va yong‘in xavfsizligi, jarohatlanganlarga tibbiy yordam kabilar bilan bir qatorda xavfli ishlab chiqarish omillari, zararli ishlab chiqarish omillari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, kasb kasalligi, jarohatlanish, mikroiqlim, individual himoya vositalari, nurlanish, shovqin, titrash, inson organizmining me’yoriy faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar kabi bir qancha turlarga bo‘linadi.
Mehnat muhofazasini bilishning asosiy metodi ishlab chiqarish muhitining ishlovchiga ta’sirini o‘rganish, mavjud mehnat sharoitlari va ishlab chiqarish jarohatlari hamda kasbiy kasalliklarni tahlil qilishdan iborat. Bu ergonomikaning mavzu bahsi hisoblanib, bu fan sifatida mehnat xavfsizligiga rioya qilgan holda eng yuqori mehnat unumdorligiga erishish va inson uchun eng qulay mehnat sharoitlarini yaratish yo‘llarini qidiradi.
Hozirgi kunda mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish estetikasi va madaniyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ish joylarida me’yoriy mikroiqlim sharoitlarini yaratish, korxona maydonlari tozaligi, ishchilarning qulay, bejirim kiyimi, ishlab chiqarish xududlarini obodonlashtirish bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish estetikasi va madaniyati ish vaqtini kam yo‘qotib, mehnat unumdorligini oshirishga imkon beruvchi sog‘lom, xavfsiz mehnat sharoitlarini vujudga keltirib, buning oqibatida ishlab chiqarish jarohatlari hamda kasb kasalliklarining oldi olinishiga imkon yaratadi.
«Mehnat muhofazasi» fani ergonomika, muhandislik psixologiyasi, mehnatni ilmiy tashkil qilish, texnik estetika, mehnat gigienasi va fiziologiyasi, qonunchilik asoslari, , kimyo, fizika, matematika, texnika fanlari, tibbiyot va boshqa barcha fanlar bilan aloqada bo‘ladi.
Mehnat muhofazasi bevosita inson salomatligi, ularning kasb kasalligiga olib keluvchi omillar va turli ko‘rinishdagi jarohatlar kelib chiqishi bilan bog‘liq tushunchalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda kasb kasalligini keltirib chiqaruvchi zararli va zaharli omillarning kimyoviy jihatlarini kimyo fani, inson organizmining qaysi qismiga ta’sir etishini tibbiyot fanlari, elektr tokining xossa va xususiyatlarini fizika fanlari, turli o‘lchash ishlarini matematika fanlari o‘rganadi. SHu bilan birga hozirgi rivojlangan texnika davrida turli dastgoh va apparatlarning texnik pasportlari chet tilidagi yozuvda berilganligi hatto, chet tilini bilishni taqozo etmoqda. Demak, mehnat muhofazasi deyarli barcha fanlar bilan aloqada bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |