rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda
«industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini
1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini
e’lon qildi va uning asosiy g‘oyalarini keyinchalik o‘zining «YAngi industrial jamiyat» deb
nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida
erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat
iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi.
Taniqli fransuz faylasufi R.Aron asarlarida, shuningdek, uning 1956-1959 yillarda
Sorbonna universitetida o‘qilgan ma’ruzalarida, amerikalik siyosatshunos U.Rostouning 1960
yilda chop etilgan va o‘z davrida shov-shuvga sabab bo‘lgan «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari.
Nokommunistik manifest» kitobida «industrial jamiyat» nazariyasi yanada to‘laroq asoslab
Bu olimlar fikriga ko‘ra, fan-texnika inqilobi ta’sirida «odatdagi» agrar jamiyat o‘rnini
sanoat jihatidan taraqqiy etgan «industrial» jamiyat egallaydi va bu erda bozor sharoitida
ommaviy ishlab chiqarish birinchi o‘ringa chiqadi. Sanoatning rivojlanish va texnika
yutuqlaridan foydalanish darajasi bunday jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi.
Jamiyat hayotining barcha jabhalariga kompyuterlarning keng joriy etilishi yangi
nazariyalar, chunonchi: «postindustrial», «informatsion» (D.Bell, G.Kan, J.Furaste, A.Turen),
«texnotron» (Z.Bjezinskiy, J.J.Servan-SHrayber), «o‘ta industrial», «kompyuter» (A.Toffler)
jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ularda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy
mezoni sifatida texnika yutuqlari, aniqrog‘i faqatgina ular emas, balki fan va ta’limning
rivojlanishi amal qiladi. Kompyuter texnikasi negizida yaratilgan yangi texnologiyalarning
amalga joriy etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi.
Amerikalik taniqli faylasuf va sotsiolog D.Bell bo‘lg‘usi ijtimoiy qurilish shakl-
shamoyillarini belgilar ekan, hali Internet paydo bo‘lishidan ancha oldin shunday degan edi:
«SHunga ishonchim komilki, axborot va nazariy bilim postindustrial jamiyatning strategik
resurslaridir. Bundan tashqari, o‘zining yangi rolida ular hozirgi tarixning tub burilish
nuqtalaridir»
7
.
D.Bell birinchi burilish nuqtasi sifatida hozirgi jamiyatda «umumiy bilim» sifatida
asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o‘zgarishini qayd etadi. Ikkinchi
burilish nuqtasi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular, sanoat inqilobi
davri texnologiyalaridan farqli o‘laroq, o‘ta moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi
mumkin. U «Hozirgi texnologiya betakror va ayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun
ko‘p sonli muqobil yo‘llar ochadi, bunda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish mislsiz darajada
o‘sadi. Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro‘yobga chiqarishda»
8
, deb qayd etgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: