Ma’ruzachi: Sunnatov. N. B. Ma’ruza: №. 9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#238757
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
№-9. Маъруза. Globallashuv va global muammolarning falsafiy

Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali 

amalda  mavjud  bo‘lmagan,  lekin  rivojlanishning  kutilayotgan  rivojini  belgilovchi  ob’ektiv  va 




sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar 

haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. 

Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan 

mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal 

oladi.  

Kelajakni  oldindan  aytish  usuli,  teranlik  va  aniqlik  darajasiga  ko‘ra  bashoratning  uch 

turini  farqlash  mumkin:  1)  kundalik  bashorat;  2)  intuitiv  bashorat;  3)  ilmiy  bashorat.  kundalik 

bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez 

takrorlanishini  bevosita  kuzatishga  asoslanadi.  kundalik  bashoratlarga  xalqda  keng  mashhur 

bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan 

uzoqroq  ushlanib  qolgan  bo‘lsa,  yomg‘irni  kutish  kerak;  yozda  ertalab  tuman  tushgan  bo‘lsa, 

demak kunduzi havo ochiq bo‘ladi; SHarqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi.  

Bashoratning ikkinchi turi – intuitiv bashorat. Ma’lumki, intuitsiya – bu ilmiy tajriba va 

mantiqiy  mushohadasiz  haqiqatning  tagiga  bevosita  etish.  Bashoratning  bu  turi  hali  yaxshi 

o‘rganilmagan  va  ko‘pincha  unga  etarlicha  baho  berilmaydi.  Holbuki,  aqlni  lol  qoldiradigan 

faktlar ma’lum. Masalan, to‘rt  yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli 

ko‘rilmagan  bashoratgo‘ylik  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan.  O‘zining  mashhur  «Senturiyalari»  va 

boshqa  asarlarida  u  XX  asrning  texnik  kashfiyotlari  –  suv  osti  kemalari,  samolyotlar,  vodorod 

bombasinigina  emas,  balki  fransuz  va  rus  inqiloblarini,  shuningdek  de  Goll,  Franko,  Lenin, 

Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan. 

O‘z  davrining  mashhur  folbini  Aleksandra  Filippovna  Kirxgof  buyuk  shoir  Aleksandr 

Pushkinga uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, 

mashhurlik, 38  yoshda hayotni tark  etish  ehtimolini bashorat  qilgan.  Afsuski,  bu bashorat to‘la 

ro‘yobga chiqqan.  

Ukrainalik  atoqli  faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham  bashorat  qilish  qobiliyatiga 

ega  bo‘lgan.  U  o‘z  qishlog‘i  –  Ivanovkaga  oxirgi  marta  kelganda  kasal  bo‘lmagan.  Hammaga 

o‘zining  o‘limi  yaqinligini  e’lon  qilgan,  o‘zi  o‘ziga  qabr  qazgan,  o‘z  «xonaqosi»ga  qaytib 

kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot etgan.  

Boshqa  ko‘plab  g‘ayrioddiy  faktlarni  keltirish  mumkin.  Ularning  barchasi  intuitiv 

bashoratni e’tibordan soqit etish yaramasligidan dalolat beradi.  

XX aso oxiri XXI asr boshlarida dunyo tan olgan va e’tirof etgan bashoratchilar Vanga 

xonim,  Juna  Davitashvili,  er-xotin  Pavel  va  Tamara  Globalar  bo‘lib,  ular  1989  yildayoq  1991 

yilda SSSR parchalanishini, o‘sha davrda hukumatni boshqarayotgan V. Gorbachevning taxtdan 

ag‘darilishini  va  Mustaqil  hamdo‘stlik  mamlakatlari  tashkil  etilib,  jamiyat  hayotida  yangi  davr 

boshlanishini bashorat qilganlar. 

Odatdagi va intuitiv bashoratdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat fan doirasida yoki uning 

yordamida amalga oshiriladi va o‘rganilayotgan jarayonning qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. 

U kelajakni ancha samarali bashorat qilish va oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi.  

Ilmiy  bashoratning  ayrim  elementlari  qadimgi  dunyodayoq  mavjud  bo‘lgan.  Masalan, 

faylasuf  Fales  (miloddan  avvalgi  640-562  yillar)  miloddan  avvalgi  585  yilda  quyosh  tutilishini 

bashorat  qilgani  ma’lum.  Ammo  bashorat  haqidagi  dastlabki  bilimlar  XV-XVII  asrlardagina 

tabiiy  va  ijtimoiy  fanlarning  rivojlanishi  bilan  bir  vaqtda  ilmiy  tizimga  solina  boshlagan.  Bu 

jarayon XX asrning 60-yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan.  

Inson  faoliyati  sohalari  va  bilish  ob’ektiga  qarab  ilmiy  bashoratning  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning xususiyatini qayd etish uchun 

«prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan. Prognoz qilish bashoratning alohida shakli 

bo‘lib,  u  ijtimoiy  jarayonlarni  o‘rganishda  yuqori  darajada  ilmiy  asoslanganlik  va  ob’ektivlik 

bilan ajralib turadi. Ilmiy bashoratning boshqa shakllaridan farqli o‘laroq prognoz qilish – bu o‘z 

metodologiyasi va texnikasiga ega bo‘lgan maxsus tadqiqot.  

G‘arb  mamlakatlarida  ijtimoiy  prognoz  qilish  ilmiy  bashoratning  turii  sifatida 

«futurologiya»  (lot.  futurum  –  kelajak  va  yunon.  logos  –  ta’limot)  degan  nom  bilan  vujudga 

kelgan.  Bu  atamani  ilk  bor  G‘arbiy  Berlin  Erkin  universiteti  huzuridagi  Otto  Zur  nomidagi 




institut  professori  O.Flextgaym  ishlatgan.  SHuni  qayd  etish  lozimki,  «futurologiya»  atamasi 

umumiy  e’tirof  etilgani  yo‘q.  Misol  uchun,  bashorat  muammolari  bo‘yicha  fransuz 

mutaxassislarining  aksariyati  futurologiya  insonning  kelajakni  ishonch  bilan  bashorat  qilish 

qobiliyati  haqida  xom  xayol  qilish  uchun  asos  bo‘ladi,  deb  hisoblaydi.  Futurologiya  o‘rniga 

«fyutyuribli»  atamasi  taklif  qilingan  bo‘lib,  u  «ehtimol  tutilgan  kelajak»  degan  ma’noni 

anglatadi. Bunda kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi.  

Mamlakatimizda  ijtimoiy  bashorat  bilan  bog‘liq  tadqiqotlar  «prognostika»  degan  nom 

olgan.  Bu  yosh  fan  prognoz  qilish  qonunlari,  tamoyillari  va  metodlarini  o‘rganadi,  mantiq 

muammolarini  va  har  xil  tipdagi  prognostik  tadqiqotlarning  tasniflarini  ishlab  chiqadi.  U 

endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy 

muqobillarini  yaratishning  muhim  vositasi  hisoblanadi.  Prognozdashtirish  masalasi  bilan  K 

Tulenova shug‘ullanadi. 

Bugungi  kunda  ijtimoiy  prognoz  qilish  muammolari  bilan  maxsus  xalqaro  tashkilotlar 

shug‘ullanadi.  Ularning  orasida  quyidagilar  bor:  Gudzon  instituti,  REND  va  Kelajak  uchun 

resurslar  korporatsiyalari,  CHikago  va  Kaliforniya  universitetlari  (AQSH);  Keyingi  30  yilda 

Angliya,  Fransiya,  Germaniya,  Gollandiyadagi  futurologiya  institutlari  va  b.  Yirik  xalqaro 

uyushmalar:  Jahon  futurologlar  jamiyati,  Kelajak  dunyosi,  Fyutyuribllar  xalqaro  tashkiloti 

tuzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o‘rin egallaydi. Mazkur xalqaro 

nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» kompaniyasining vitse-

prezidenti, FIAT kompaniyasi ma’muriy kengashining a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan 

ta’sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus reestrda shtat va byudjetga ega bo‘lmagan, a’zolari soni 

cheklangan tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 

mamlakatida  yashab  ijod  qiluvchi,  ilmiy-texnika  inqilobi  davrida  insoniyat  rivojlanishining 

istiqbollarini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari 

a’zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi davrning olamshumul muammolarini o‘rganishni 

tashkil etishdan iborat.  

Ijtimoiy prognoz qilishning asosiy xususiyatlari qaysilar xos? 

Ijtimoiy prognoz qilish asosan quyidagi ilmiy-nazariy xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 

1.  Prognoz  qilish  jarayoni  ob’ektiv  va  sub’ektiv  asoslarga  ega.  Prognoz  qilishning 

ob’ektiv asosi o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakning qonuniy aloqasi bilan belgilanadi. Kelajak 

hozirgi zamonda bo‘lg‘usi oqibatni vujudga keltiruvchi sabab ko‘rinishida; muayyan sharoitlarda 

muqarrar tarzda voqelikka aylanuvchi imkoniyat ko‘rinishida; hozirgi davrning kelajakda yangi 

sifat paydo bo‘lishiga olib kelishi muqarrar bo‘lgan hodisalaridagi muayyan miqdoriy va tarkibiy 

o‘zgarishlar  ko‘rinishida  zohirdir.  Kelajak  hozirgi  zamonda  hodisalarning  ular  mavjudligining 

muayyan  sharoitlaridagi  muhim  aloqalarini  ochib  beruvchi  qonunlar  ko‘rinishida  zohirdir. 

Bularning  barchasi  bilish  jarayonida  ma’lumdan  noma’lumga,  o‘tmish  va  hozirgi  zamondan 

kelajakka  o‘tish  imkonini  beradi.  Agar  biron-bir  hodisaning  (jarayonning)  rivojlanish  qonuni 

ma’lum bo‘lsa, bu hodisani (jarayonni) o‘rganish orqali biz uning hozirgi holatini qayd etibgina 

qolmasdan, balki  yuz berishi  mumkin  bo‘lgan o‘zgarishlarning  yo‘nalishi  va xususiyati haqida 

xulosalar  chiqarishimiz  ham  mumkin.  SHunday  qilib,  kelajakni  prognoz  qilish  uchun  real 

voqelikni  bilishdan,  aniqroq  aytganda,  tizimning  hozirgi  holatida  zohir  bo‘lgan  imkoniyatlar, 

tendensiyalar, qonuniyatlarni anglab etishdan boshqa yo‘l yo‘q.  

Bashorat qilishning sub’ektiv asosi inson tafakkurining o‘tmishdan hozirgi zamon orqali 

kelajakka  eltuvchi  qonuniy  tendensiyalarini  aniqlash  va  qayd  etish  asosida  kelajakni  oldindan 

aytish  imkoniyatida  zohirdir.  Kelajakni  oldindan  aytish  bo‘lg‘usi  voqealar  haqida  xulosalar 

chiqarish qobiliyati ko‘rinishini kasb etgan.  

Prognoz  qilishning  ob’ektiv  va  sub’ektiv  asoslarini  aniqlash  uni  ba’zan  bashorat  bilan 

bog‘lanadigan  soxta  bashoratgo‘yliklardan  farqlash  imkonini  beradi.  Odatda,  soxta 

bashoratgo‘yliklar 

ob’ektiv 

jarayonlarni 

o‘rganishga 

emas, 

balki 


sub’ektivistik 

o‘zboshimchalikka, ya’ni ko‘ngliga kelgan fikrni ilgari surishga asoslanadi.  

2. Ijtimoiy prognoz qilish mavjud nazariyalar bilan uzviy bog‘liq, ulardan kelib chiqadi. 

Ma’lumki,  har  qanday  nazariya  uch  funksiyani:  sintez  qilish,  tushuntirish  va  prognoz  qilishni 




bajaradi.  YA’ni  nazariya  u  yoki  bu  sohada  mavjud  holatni  tushuntiradi  va  uning  rivojlanish 

tendensiyasini bashorat qiladi. Binobarin, ilmiy prognoz qilish nazariyadan boshlanadi.  

Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega: 

- bashorat muammosini aniqlash;  

- gipotezani ilgari surish; 

-  prognoz  qilish  (bashoratning  umumiy  muammosi  doirasida  ayrim  vazifalarni  echish 

uchun prognozlarni ilgari surish); 

- ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish; 

-  prognozlarning  haqqoniyligi,  ishonchliligini  asoslash  va  ularni  imkoniyat  darajasida 

amaliyot sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan tasdiqlash. 

Bilish  jarayonida  olingan  yangi  xulosalar  odamlarning  bu  xulosalarga  muvofiq  amalga 

oshirilgan muayyan harakatlari mo‘ljallangan natijalarni bergan holdagina ishonchli deb e’tirof 

etiladi.  Bashorat  qilingan,  yangi  bilimlarga  muvofiq  ta’riflangan  natijaning  olingan  yangi 

bilimlarni  hisobga  olib  erishilgan  amaliy  natija  bilan  mos  kelishi  odamlar  tomonidan  aks 

ettirilgan ob’ektlar rivojlanishining muayyan qonunlari va xossalari haqiqiy ekanligiga ishonch 

hosil qilish uchun asos bo‘ladi.  

3.  Ijtimoiy  prognoz  qilish  kelajakni  muayyan  tarzda  davriylashtirishni  nazarda  tutadi. 

Kelajak haqidagi bilimlar hozirgi davrdan uzoqlashishiga qarab o‘zining muayyanlik va aniqlik 

xossalarini  yo‘qotib,  umumiyroq  va  nomuayyanroq  tus  olib  borgani  bois,  bevosita,  ko‘zga 

ko‘rinadigan  va  uzoq  kelajak  haqida  so‘z  yuritilsa,  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bevosita 

kelajakning  vaqtdagi  chegarasi  30  yildan  oshmaydi.  Ilmiy  kashfiyot  yaratilganidan  u  amalda 

gavdalantirilgunga qadar taxminan 20 yil vaqt o‘tadi. SHunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz 

yillikning 40-yillaridagi texnologik darajasi haqida ishonch bilan hukm chiqarish mumkin. Joriy 

yuz yillikning kattagina qismini qamrab oluvchi ko‘zga ko‘rinadigan kelajakka kelsak, bizning u 

haqdagi bilimlarimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, haqiqatnamo xususiyat kasb etadi va ularga ehtiyotkorlik 

bilan  yondashish  talab  etiladi.  Jahon  aholisi  sonining  jadal  sur’atlarda  o‘sishi  XXI  asrning 

ikkinchi yarmida to‘xtashini, 2100 yilga borib u taxminan 10-12,5 mlrd. kishiga etishini kutish 

mumkin.  Keyingi  yuz  yillik  chegarasi  ortida  yotgan  uzoq  kelajak  xususida  real  imkoniyatlarga 

ega  bo‘lmagan  turli  gipotetik  farazlarga  muvofiq  hukm  chiqarish  mumkin.  Ammo  bu  farazlar 

tarixiy muddatlar va ularning hayotda gavdalanish shakllari nuqtai nazaridan muayyan taxminiy 

baholar bo‘lishi ham mumkin emas.  

4.  Prognoz  qilish  –  bu  maxsus  ilmiy  metodlar  yordamida  kelajak  haqida  bilimlar  olish 

jarayoni.  Bu  metodlar  prognoz  tuzish  maqsadida  empirik  axborotni  tanlash  va  tahlil  qilish 

usullari  va  amallari  yig‘indisidan  iborat.  Prognoz  qilishning  ilmiy  vositalari  to‘plami  kelajakni 

bilishning 200 dan ortiq metodlari, maxsus metodikalari va mantiqiy vositalarini o‘z ichiga oladi. 

Ammo  ularni  besh  asosiy  guruhga  birlashtirish  mumkin  (qolganlari  ularning  variantlari 

hisoblanadi): 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish