Ma’ruzachi: Sunnatov. N. B. Ma’ruza: №-2 Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq falsafasi Reja



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#211702
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Маъруза Falsafa

Muhammad  al-Xorazmiy  (780-850)  IX  asrning  eng  yirik  ensiklopedik  olimi  bo‘lib, 

Xorazmda tug‘ilgan. U riyoziyot, astronomiya, jug‘rofiya sohalarida tadqiqotlar olib borib, ilmiy 

ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. SHarqning birinchi Akademiyasi bo‘lgan Bag‘doddagi «Baytul 

hikma»  -  «Donishmandlik  uyi»da  Al-Xorazmiy  rahbarligi  ostida  Ahmad  ibn  Muhammad  al-

Farg‘oniy,  Ahmad  ibn  Abdulla  al-Marvaziy,  Xolid  Marvarudiy,  Abbos  Javhariy  kabi  o‘sha 

zamonning eng yirik olimlari xizmat qildilar. Xorazmiy qalamiga «Astranomik jadvallar», «Hind 

hisobi  haqida  risola»,  «Quyosh  soatlari  haqida  risola»,  «Musiqa  bo‘yicha  risola»  va  boshqa 

asarlar  mansubdir.  Xorazmiyning  asosiy  kashfiyoti  algoritmni  kashf  etishi  bo‘lib,  u  barcha 

matematik tenglamalarni echishning umumiy vositasidir. 

Al-jabr, ya’ni algebraning kashf etilishi bir-biriga qarama-qarshi munosabatda turgan ikki 

miqdor: «ma’lum» va «noma’lum» ning dialektik tahlil qilish natijasidir. Har qanday tenglama 

bu  bir-birini  inkor  qiluvchi  tushunchalarning  dialektik  birligidir.  Qarama-qarshilikning  birligi, 

ma’lum  va  noma’lum,  -  bu  masaladir.  Ushbu  qarama-qarshilikni  echish  –  masalani  echishdir. 

Tenglamalar Xorazmiygacha ham ma’lum edi. Ammo u har safar,  turlicha, yakka holda, ayrim 

yo‘l  bilan  echilar  edi.  Xorazmiyning  xizmati  shunda  ediki,  u  turli  xususiy  tenglamalar  tahlili 

asosida umumiy ko‘rinishni vujudga keltirdi.  «Algoritm» so‘zi   al-Xorazmiy ismining lotincha 

talaffuzidir.  Asosiy  poydevorini  Xorazmiy  qo‘ygan  algoritmlar  nazariyasi  bugungi  kunda 

zamonaviy matematika, informatika va kibernetikaning eng muhim qismidir. 

 

Al-Xorazmiyning eng yirik asari uning astronomiyaga oid «Zij»idir. Bu asari 37 bob, 116 



ta jadvaldan iborat. 

 

SHaxamaiddin  Ahmad  ibn  Muhammad  ibn  Kasir  al-Farg‘oniy  (797-865)  Farg‘onada 

tug‘ilgan  bo‘lib,  Markaziy  Osiyoda,  Iroq  va  Misrda  ijod  qildi.  Uning  asosiy  tadqiqot  mavzusi 

astronomiya,  jug‘rofiya,  geodeziya  sohalarida  edi.  U  o‘z  asarlarida  o‘quvchini  dunyoning 

tuzilishiga  doir  ma’lumotlar  bilan  tanishtiradi,  sayyoralar  harakati,  taqvim  va  jug‘rofiyani 



sharhlab  beradi.  O‘z  tadqiqotlarining  natijalarini  u  arab,  eron,  yunon,  fors,  Misr  va  boshqa 

mamlakatlar  olimlarining  ilmiy  xulosalari  bilan  solishtiradi.  Farg‘oniy  fikricha,  osmon  doiraga 

o‘xshashdir, negaki, samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. Er ham doiradir. 

Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, inson hamisha 

osmonning teng yarmini ko‘radi. Quyoshning chiqishi va  botishi turli kengliklarda quyidagicha: 

qutblarda  barcha  qishki  kechalar  bir  kechani  tashkil  etadi;  bu  erda  yil  bir  kecha  va  kunduzga 

teng,  kunduz  kun  6  oyga,  qorong‘u  kecha  ham  6-oyga  teng.  Osmon  ekvatorining  doirasi  ufq 

doirasi  bilan  mos  tushadi,  zenit  (osmonning  kuzatuvchi  boshi  ustidan  ko‘ringan  eng  yuqori 

nuqtasi) esa qutb bilan mos tushadi. 

Farg‘oniy sayyoralar harakatining tasnifini beradi. Sobit yulduzlarning harakati  – bu barcha 

sayyoralarga  zarur  bo‘lgan,  yagona  harakatdir.  Quyosh  ikki  harakatda  ishtirok  etadi:  g‘arbdan 

sharqqa tomon va ekliptika (Erning Quyosh atrofidagi yo‘li joylashgan tekislik) qutblari atrofida. 

Oy  beshta  aylanma  harakatlarda  ishtirok  etadi.  Osmon  doirasidagi  ekliptika  bilan  ekvator 

o‘rtasidagi eng aniq burchak hisobining natijalaridan biri Farg‘oniyga tegishlidir

2



O‘zining  ensiklopedik  (hamma  tomonlama)  bilimlari  sharofati  bilan  «SHarq  Arastusi»  va 



«Ikkinchi  muallim»  (Arastudan  keyin)  unvonlariga  sazovor  bo‘lgan  Abu  Nasr  ibn  Muhammad 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish