Ma’ruzachi: Sunnatov. N. B. Ma’ruza: №-2 Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq falsafasi Reja


  Islom va tasavvuf falsafasi. Ilk o‘rta asrlar SHarq falsafasi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#211702
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Маъруза Falsafa

2.  Islom va tasavvuf falsafasi. Ilk o‘rta asrlar SHarq falsafasi. 

Islom  Arabistonda  arablarning  sinfiy  jamiyatga  o‘tish  va  Arab  davlatining  tashkil  topishi 

davrida  paydo  bo‘ldi.  Ilk  islomning  bosh  yodgorligi  bo‘lgan  Qur’onda  mutlaq  yakkaxudolik 

asosiy aqida bo‘lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi. 



Qur’on (arabcha qara’a – o‘qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo‘lib, ular uni 

eramizning  VII  asrida  Muhammad  payg‘ambar  tomonidan  etqazilgan  ilohiy  vahiy,  deb  tan 

oladilar.  Bizgacha  etib  kelgan  ko‘rinishda  Qur’on  114  suraga  (boblar)  bo‘lingan  bo‘lib, 

suralarning  uzunidan  qisqa  tomonga  borishi  tartibida  tuzilgan.  Har  bir  sura  sarlavhaga  ega: 

masalan,  «Baqara»  («Sigir»),  «YUnus»,  «Hadid»  («Temir»),  «SHams»  («Quyosh»).  Qur’on 

Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin to‘plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi 

rasmiy  matni  xalifa  Usmon  (644-656)  davrida  tahrirdan  chiqqan.  O‘rta  asrlarda  muomalada 

bo‘lgan Qur’onning boshqa nusxalari bizgacha etib kelmagan. Qur’onning rasmiy Usmon matni 

VII asrning boshlarigacha o‘zgarishlarga (qisqartirishlar va qo‘shimchalarga) duchor bo‘ldi. Unli 

belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi. 

                                                           

2

Ўша жойда. 15-боб. 




Qur’on va Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar hadislari amriga ko‘ra, insonlar o‘rtasida haqiqiy 

va  adolatli  munosabatlar  o‘rnatishning  asosiy  va  zaruriy  sharti  tinchlikdir.  Bundan  tashqari, 

haqiqiy  musulmon  –  bu  hamma  vaqt  adolat  uchun  murosasiz  ravishda  dadil  kurashadigan 

kurashchidir.  Ammo  buning  uchun,  uning  dini  bu  oliy  tushunchaga  qanday  ma’no 

sig‘dirganligini  bilish  uchun,  uning  o‘zi  etarli  darajada  yaxshi  bilimlar  bilan  qurollangan 

bo‘lmog‘i lozim. Masalan, u shuni bilmog‘i lozimki, ijtimoiy adolat ostida islom odamlar orasida 

qandaydir  majhul  va  mutlaq  tenglikni  emas,  balki  hayotning  barcha  muhim  sohalarida,  ya’ni 

ijtimoiy  foydali  mehnat,  ta’lim-tarbiya  olish,  ijtimoiy  himoyalanish,  tibbiy  yordamdan 

foydalanish  va  boshqa  ijtimoiy  xizmatlar  bo‘yicha  barcha  uchun  teng  imkoniyatlar  yaratishni 

ko‘zda  tutadi.  Qur’onga  qo‘shimcha  sifatida  Muhammad  (s.a.v)  payg‘ambarga  nisbat 

beriladigan,  u  kishining  hatti-harakatlari  va  hukmlarini  hikoya  qiluvchi  juda  ko‘p  xadislardan 

iborat  sunna  (musulmoncha  muqaddas  rivoyatlar)  vujudga  keltirildi.  Sunnada  xalifatdagi 

qarama-qarshi  ijtimoiy  munosabatlar  va  ijtimoiy  kurash,  hamda  islomga  boshqa  dinlar  va 

qadimgi ellinistik falsafiy tizimlar ta’siri o‘z aksini topgan. 

Hadislar to‘plamining eng ishonchlisini bizning vatandoshimiz imom va al-Buxoriy  yozgan. 

U  kishi  hadislarni  fiqh  bo‘yicha,  unga  muvofiq  keladigan  boblarga  bo‘lib,  joy-joyiga  qo‘yib 

tasnif  qildi.  SHunday  usuldan  imom  Muslim  ham  foydalandi.  Keyinchalik  ularning  har  ikkisi 

izidan mashhur muhaddislar Abu Dovud, An-Nasam, at-Termiziy va Ibn Mojalar bordilar. 




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish