Ma’ruzachi: Sunnatov. N. B. Ma’ruza: №-2 Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq falsafasi Reja



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#211702
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Маъруза Falsafa

Abu Ali  ibn Sino (Avitsenna)  (980-1037) ilmiy- tabiatshunoslik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar 

taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan, Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiridir.  

Ibn Sino 260 nomdan ko‘proq boy adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Bizgacha uning 160 asari 

etib kelgan. Ular ichida eng yirigi 22 jilddan iborat «Kitob ash-shifo» («Ruhni davolash kitobi») 

bo‘lib, o‘z ichiga mantiq, fizika, riyoziyot va metafizikani qamrab oladi. Uning boshqa asarlari 

«Qonun  fit-tib»  («Davolash  ilmi  qonuni»),  «Kitob  an-najot»  («Najot  topish  kitobi»), 

«Donishnoma»  («Bilimlar  kitobi»)  va  boshqalardir.  Ibn  Sino  qalamiga  quyidagi  badiiy  asarlar 

ham mansub: «Risola at-tayr», «Solomon va Ibsol», «Hay ibn YAqzon».  



Borliq haqidagi ta’limot. Ibn Sino fikricha, borliq vojibul vujud (zarur bo‘lgan vujud), ya’ni 

birinchi sabab, Xudo, barcha ashyolarning ibtidosi va mumkinul vujud (bo‘lishi mumkin bo‘lgan 

vujud),  ya’ni  qolgan  barcha  narsalardan  iboratdir.  Vojibul  vujud  o‘z-o‘zicha  bor  bo‘lib, 

yagonadir. Mumkinul vujud (mumkin bo‘lgan vujud) birinchi sababdan kelib chiqib, ayni vaqtda 

ko‘plikdir, ya’ni o‘zida ko‘p ashyolarning paydo bo‘lish imkoniyatini sig‘diradi. SHunday qilib, 

borliq  bo‘linmaydigan  yagona  va  bo‘linadigan  ko‘plikdan  tashkil  topgandir.  Ko‘plik  darhol 

paydo bo‘lmaydi, balki asta-sekin, sabab va oqibat shaklida namoyon bo‘ladi.  

Borliqning barcha shakllari dastlab yagonada mavjud bo‘ladi. Birinchi sababdan uzoqlashgan 

sari  ushbu  shakllar  ko‘proq  mustaqillik  kasb  etib,  faqat  bevosita  oldingi  sababga  nisbatangina 

bog‘liq  bo‘ladilar.  SHunday  qilib,  turli  ashyolar  vujudga  (zaruriy  vujud)  nisbatan  turlicha 

darajada  yaqinlikda  bo‘ladilar.  Vojibul-vujudning  xususiyati  keyingi  keladigan  barcha  vujudga 

uzatiladi. Bu ta’limotni deistik yo‘nalishdagi panteizm sifatida baholash mumkin.  

Mumkinul  vujud  (bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  vujud)  javhar  (substansiya)  va  orazdan 

(akundensiya) tashkil topgan eng umumiy va o‘zini ko‘plab namoyon etadigan javhar – birinchi 

ibtidodagi  unsurlar  (olov,  havo,  suv,  tuproq)dir.  Modda,  shakl,  ruh  va  aql  –  oddiy  javharlardir, 

jism esa – murakkab javhar. Barcha ashyolarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat – jismiylik bo‘lib, 




modda  va  shakldan    tashkil  topadi.  Ular  o‘zaro  bog‘liqdir  va  biri  ikkinchisisiz  mavjud 

bo‘lmaydi.  «…modda  jismiy  shaklga  ega  va  jismiy  shaklsiz  voqelik  mavjud  bo‘lmaydi. 

Binobarin, u jismiy shakl tufayli haqiqiy mavjud bo‘lgan javhardir. SHunday ekan jismiy shakl 

haqiqatda javhardir»

3



Ibn  Sino  dunyoni  yagona  birlikda  deb  hisoblaydi:  «Bo‘shlik  mavjud  emas  …  butun  dunyo 



yagona jismdir».  


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish