O`zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi.
Birinchi davr - bu revolyutsiyaga qadar davr bo’lib, to 1920 yilgacha davom etgan va bu vaqt ichida fakat o’lkani o’rganishga oid ishlar olib borilgan; 1870 yilda Toshkentda birinchi bor kimyo laboratoriyasi N.Teyx tashabbusi bilan tashkil qilindi. Kimyo fani esa faqat gimnaziya va bilim yurtida o’qitilgan.
Ikkinchi davr. 1920 yildan 1933 ylgacha davom etgan. 1920 yilda O’rta OsiYo davlat universiteti ochildi. Bu davrda ilmiy ishlarga tayYorgarlik ishlari olib borildi va kimyogar mutaxassislar tayYorlandi.
Uchinchi davr 1933 -1941 yillargacha davom etdi va shu yillari ko’plab kimyo mutaxassislari tayyorlandi. O’zbekistonning dastlabki kimyo korxonalaridan biri bo’lgan tsement zavodi Bekobod shahrida barpo etildi. 1931 yilidan boshlab Chirchiq elektrokimyo kombinatini qurishga kirishilib 1940 yili ishga tushirildi.
12-Ilova
3. O`zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi.
To’rtinchi davr 1941-1991 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr ichida Makaziy Osiyoga vaqtincha ko’chib kelgan kimyo institutlari, kimyo zavodlari kimyogarlari bilan mahalliy kimyogarlar orasida yaqindan hamkorlik va aloqa kuchaydi. Bu davr kimyo fani va kimyo sanoatining taraqqiy etishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Bu davr ichida kimyo fanining yirik olimlari O.S. Sodiqov, S.Yu. Yunusov, I.P. Tsukervanik, X.U.Usmonov, K.S. Axmedov, Sh.T. Tolipov, M.N.Nabiev, A.Sultonovlar etishib chiqdilar. Beshinchi davr - 1991 yildan boshlab va shu kungacha davom etmoqda. Bu davr O’zbekistonning mustaqillik davri bo’lib, bu davrda Respublikamiz rahbariyati ostida kimyo fanini va kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan desak bo’ladi.
Demak, O’zbekiston kimyogar olimlari va kimyo sanoati xodimlari oldiga juda katta ma’suliyatli ishlar rejalashtirildi:
1. Kimyo fani yo’nalishlarini va kimyo sanoatini dolzarb yo’nalishlarini aniqlash va bu yo’nalishda tezkorlik bilan Respublikamiz mintaqasida er usti va osti zahiralardagi hom ashyolarni oqilona qayta ishlash bilan bir qatorda tayyor mahsulotlar olib, ichki bozorni mahsulotlar bilan to’ldirish va tashqi mamlakatlar bozoriga dunyo standartlariga javob beradigan mahsulotlar chiqarib sotish masalasi qo’yilgan.
2. Tashqaridan keltiriladigan hom ashyolarni Respublikamiz mintaqasidagi hom ashyolar bilan almashtirish va shu bilan kimyo sanoatini xorij mamlakatlariga qaramligiga chek qo’yish.
3. Kimyo sanotini rivojlantirishda ekologiya masalalariga katta e’tibor berish.
4. Qishlok xo’jaligini sifatli mineral o’g’itlar va o’simliklarni himoya qilish uchun kerak bo’lgan moddalarni o’zimizdagi zahiralardan topilgan hom ashyolarni qayta ishlash asosida olish va mineral o’g’itlar, o’simliklarni himoya qilish moddalar bozorida Markaziy Osiyoda etakchi o’ringa ko’tarilish.
5. Yangi sifatli kimyoviy moddalar olish sanoatlarini barpo etish.
6. Chiqarilayotgan mahsulotlarni konkurentsiyaga bardoshliligini oshirish maqsadida sanoatga yangi energiyani kam sarflaydigan va hom ashyoni tejamkor sarflaydigan texnologiyalarni joriy qilish bilan birga maxsulotni tan narxini kamaytirish.