111
topgan “Oltoy ko‘ngilli armiyasi” deb nomlanadigan qo‘shinni o‘lkaga jo‘natadi. Bu qo‘shin
OGPUning 13-Olma-Ota polki askarlari edi. Shen Shitsay topshirig‘iga ko‘ra, polkovnik baron
Pavel Pappengut bitta otliq va ikkita piyoda polkidan iborat qo‘shin tuzadi.
Kechagina bir-
biriga dushman bo‘lganlar bugun bir safda turib jang qilar edi. OGPU agentlari Sharqiy
Turkistonda josuslik ishlarini olib borar edi. Keyinchalik davlat xavfsizlik xizmati generali
Vladimir Dekanozov bu o‘lkani nazorat qiladi.
Bu vaqtda dunganlar Ma Chju'in boshchiligida Koshg‘ar shahrini egallaydilar. Bir
kunning o‘zida uning odamlari mahalliy aholidan 2 ming nafarini qirg‘in qilishdi, keyinchalik
bir yarim mingta asirga olingan xitoy askarlari ham otib tashlanadi. Urumchini egallash
jarayonida sovet aviatsiyasi bombardirovkasi natijasida Ma Chju'in qo‘shini tarqatilib
yuboriladi. 1935 yilga kelibgina uning isyoni batamom bostirildi.
Sharqiy Turkiston Islom
Respublikasi shu tariqa yo‘q qilinadi. Bosh vazir Sobit Domulla va boshqa bir nechta vazirlar
hibsga olinib, Urumchiga olib kelinib qatl etildilar. Boshqa rahbarlar, masalan, Muhammad
Amin Bug‘ro va Mahmud Muhitiylar Hindistonga muhojirlikka ketishga majbur bo‘ldilar.
Mazkur jumhuriyat garchi uch oy mavjud bo‘lib turgan bo‘lsa-da, u bir qator ishlarni
qilishga ulgurdi va ko‘plab rejalarni amalga oshirishga harakat qildi. Ammo yosh hokimiyat
tashqi siyosat jihatidan Sovet ittifoqining aralashishi, ichki jihatdan esa Ma Chju'in tarafdorlari
bo‘lgan
dungon
qurolli kuchlarining bevosita harbiy hujumi kabi murakkab ichki nizolar
sababidan ag‘darildi. Garchi 1933 yilda asos solingan “Sharqiy Turkiston islom jumhuriyati”
qisqa umr ko‘rgan bo‘lsada,
uning ruhi, an'anasi va oy yulduzlik bayrog‘i 1944 yilning 12
noyabriga meros bo‘lib qolgan edi.
Bir tomondan Sovet ittifoqining
"ezilgan millatlarning ozodlikka chiqishlariga yordam
berish”
shiorlariga, boshqa tomondan esa Sovet ittifoqining vakili Shen Shitsayning va'dalariga
ishongan Xo‘ja Niyoz Hoji boshliq bir qator arboblar Urumchiga kelib Shen Shitsay
boshchiligidagi o‘lka hukumatiga qatnashdi. Bu uyg‘ur siyosiy tarixidagi ilk birlashma
hukumat bo‘lib, Xo‘ja Niyoz hoji o‘lkaga rais muovini bo‘lib, boshqa bir qism qo‘zg‘olon
rahbarlari bir qancha nazorat, idora, viloyat va tumanlarning rahbarlik vazifalariga erishdi, ya'ni
boshqarish tizimida qatnashdi.
Xo‘ja Niyoz hojiga o‘lkaning raislik muovini lavozimini berishi uyg‘urlarni
hokimiyatni idora qilishlariga yoki ularga muhim huquqlarni taqsim qilishni o‘ylamagan
shovinist Xan hukmronligining tarixida birinchi marta uyg‘urlarga yuqori lavozim berishi edi.
Biroq bu ko‘pga bormadi: 1937 yildan keyin uyg‘ur xalqi Sovet ittifoqining yordamida
Shen Shitsay mustabid hokimiyati tomonidan yana bir marta qonli bostirilishiga duchor bo‘ldi.
Xo‘ja Niyoz hoji va boshqalar Shen Shitsay bilan ittifoqlashgan uyg‘ur va boshqa qardosh
millatlarning vakillari Shen Shitsay vakilligidagi bosqinchilarning va'dasiga vafo qilmay, qayta
zulmiga uchradilar. Natijada uyg‘ur va boshqa qardosh xalqlar ikkinchi bor keng ko‘lamli
milliy ozodlik kurash maydoniga o‘zini otdi.
1937 yilda milliy-ozodlik harakatlari yangicha tus oldi. Koshg‘ar Xo‘ja
Niyoz hoji
otryadlari tomonidan egallanadi, lekin endi Islom Respublikasini qayta tiklash haqida so‘z
ketmas edi. Oltoy ko‘ngilli armiyasining bir qismi Sovet Ittifoqiga qaytib ketadi, bir qismi
instruktor sifatida qoladi. Xo‘ja Niyoz gubernator o‘rinbosari etib tayinlanadi, lekin keyinchalik
u ham qatag‘on qilinadi. Koshg‘ar shahrini ozod qilgan qo‘zg‘olonchilar
Urumchi tomon
harakat qildilar. Hal qiluvchi janglar Qorla va Qorashahar shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Xitoy-
sovet birlashgan qo‘shinlari qo‘zg‘olonni bostirishga erishdi. Shundan so‘ng butun Sharqiy
Turkiston bo‘ylab ommaviy qatag‘onlar bo‘lib o‘tadi. Ammo mahalliy aholi ozodlik uchun
112
kurashni to‘xtatgani yo‘q. Uyg‘urlar, qozoqlar va Ili o‘lkasi mug‘ullari ayniqsa, jiddiy qarshilik
ko‘rsatdilar.
Norin va O‘shda sovet harbiy qismlari hamda Shen Shitsay armiyasi qo‘shma harbiy
amaliyotlari natijasida bu qarshilik harakatlari ham bostirildi.
Brigada komandiri Nikolay Noreyko hisobotidan: “5
dekabrga kelib, 36-dung‘on
diviziyasidan o‘ldirilgan va asirga olinganlar soni -5612 kishi, asirga olinib so‘ngra
o‘ldirilganlar -1.887 ta, 20 ta qurol, 1 ta minomyot, 7 mingdan ortiq vintovka qo‘lga olindi...”.
Sinszyan, ya'ni Sharqiy Turkiston viloyati Chan Kayshi boshliq Xitoy markaziy
hokimiyatiga nomigagina bo‘ysunardi. Uning o‘z valyutasi mavjud bo‘lib, qizig‘i
uning
barqarorligi SSSR Davlat banki tomonidan ta'minlanar edi. Oq gvardiyachilarga to‘xtaladigan
bo‘lsak, ularning bir qismi janglarda halok bo‘ldi, bir qismi Shen Shitsay xizmatiga o‘tib ketdi.
Keyinchalik, ulardan shakllantirilgan rus diviziyasi, Sovet Ittifoqining qarshiligiga qaramay,
tarqatib yuborildi. Pappengut (
oq gvardiyachilar rahbari
) fitnaga aylanib, otishga hukm qilindi.
U bilan birga yana 40 ofitser ham qatl etildi.
Shen Shitsay Moskvaga safari chog‘ida, VKP (b) safiga a'zo bo‘lish istagini bildirdi.
1938 yilda RKKA Razvedka xizmati boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan unga №1859118 raqamli
Do'stlaringiz bilan baham: