partiya bileti topshirildi.
Shen Shitsayning sodiqligi Moskva tarafidan yuqori baholanar edi. Uning qurol-yarog‘,
oziq-ovqat to‘g‘risidagi iltimoslari to‘laligicha qondirilardi. Hatto, Xami shahrida I-16 qiruvchi
samolyotlari yig‘iladigan aviatsiya zavodi qurilgan edi. To‘g‘ri, keyinchalik bu zavod yana
qayta olib chiqib ketiladi. Sovet Ittifoqi hukumatining Shen Shitsayni qo‘llab-quvvatlashi
ostida albatta strategik manfaatlar yotar edi. Bu paytga kelib, Sharqiy Turkiston hududida
oltin,
kumush, uran, volfram, surma, qo‘rg‘oshin, nikel, tantal
va boshqa qimmatbaho ma'danlarining
katta zahiralari aniqlangan edi.
Ikkinchi jahon urushi boshlangach, xitoylik general Shen Shitsayning siyosiy qarashlari
o‘zgarib qoldi. U xitoylik millatchilar, ya'ni Gomindan partiyasi (
1912 yil avgustda Guandun
provinsiyasida paydo bo‘ladi, keyin ta'qib qilinadi va ular Yaponiyaga ketadilar, 1919 yil 10
oktyabrda qayta tashkil etilgan Xitoy milliy partiyasi, asoschisi doktor Sun Yatsen, yetakchisi
Chju Lilun. G‘oyasi: konservatizm, respublikanizm, antikommunizm, xitoy millatchiligi.
Tayvanni mustaqil davlat qilish maqsadida “Tayvan respublikasi” deb e'lon qiladilar. Ular
1949 yilgi fuqarolar urushiga qadar kommunistlarga qarshi qurolli kurash olib bordilar, unda
yengilgach, Tayvanga qochib ketdilar
) tarafdorlari tomoniga o‘tib oladi va shu bilan SSSRning
noroziligiga sababchi bo‘ldi. Shundan so‘ng Sovet Ittifoqi Sharqiy Turkiston xalqlarining
milliy-ozodlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlay boshladi.
1941 yilda qozoqlar bosh ko‘tardilar. Qo‘zg‘olonga Shen Shitsay hukumatining yaylov
va suv o‘rinlarini o‘troq dehqonlarga – dungan va xitoyliklarga olib berishi sabab bo‘lgan edi.
Qo‘zg‘olonchilarga qarshi artilleriya, tank va aviatsiya ishga tushirildi. Qo‘zg‘olon rahbarlari
orasida xiyonat sodir bo‘lgach, qo‘zg‘olonga Ospan Islom o‘g‘li, u qo‘zg‘olonchilarning eng
katta guruhlaridan biriga rahbarlik qiladi, hamda Qalibek Rahimbek o‘g‘li rahbarlik qildilar.
Shen Shitsay o‘z xatosini tuzatishga intilib, Stalinga pushaymonligi to‘g‘risida xat
yozadi. Bu xatda u Sharqiy Turkistonni 18-respublika sifatida (
17-norasmiy respublika deb
Mo‘g‘uliston hisoblanadi
) Sovet Ittifoqi tarkibiga qo‘shib olishni taklif etgan edi. Ammo u rad
javobini oldi. Shen Shitsay o‘rniga RKKA Akademiyasini tamomlagan uning ukasi Shen Shiin
keldi. 1942 yilda u noma'lum tarzda o‘ldiriladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, u o‘zining rus
xotini tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan edi. Bu xotinni keyinchalik o‘z navbatida bo‘g‘ib
o‘ldirilgan holda topishadi. Keyinchalik bu ayol Urumchi shahridagi SSSR bosh konsuli va
113
sovet harbiy maslahatchisi boshchilik qilgan bir guruh fitnachilardan shunday buyruq olganligi
ma'lum bo‘ldi.
Ospan Islom o‘g‘li qo‘zg‘olonini Oltoy, Tarbag‘atoy va Ili okrugida yashaydigan
qozoqlar ham qo‘llab-quvvatladilar. Urumchidagi sovet konsuli Dekanozovga quyidagilarni
yozadi: “
Ospan boshchilik qilayotgan qozoqlar guruhi Oltoyda yangi qozoqlar isyonini
tayyorlash uchun yaxshigina rol o‘ynashi mumkin
”. Keyinroq Stalin Ospan botirni
“sotsial
jinoyatchi”
deb yomonlagan ham edi. Xitoydagi markaziy hokimiyat tashqi siyosatidagi
o‘zgarishlar natijasida Moskva uyg‘ur va qozoqlarning milliy-ozodlik harakatlarini o‘z
manfaatlari tomon burishga harakat qildi.
Ospan Islom o‘g‘li boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarni mug‘ullar qurol-yarog‘ bilan
ta'minlab turdi. Mo‘g‘uliston rahbarlaridan Suxe batorning o‘g‘li Damdin qurol-yarog‘lardan
bir partiyasini shaxsan o‘zi ta'minlab turgan.
1944 yil bahorida hukumat rahbarlarining Sharqiy Turkistonning janubiy hududlariga
borib joylashishi haqidagi talabiga bo‘ysunmay, Ospan bir necha ming qabiladoshlari bilan
Mo‘g‘ulistonga o‘tib ketdi. Bu ko‘chish xavfsizligini havodan sovet aviatsiyasi ta'minlab turdi.
1943 yil yozi Sharqiy Turkistonda antisovet kayfiyati kuchayishi bilan xarakterlanadi.
Bu yerga Gomindan harbiy qismlarini joylashtirish boshlandi. Urushning oxirlariga kelib,
ularning soni 100 ming kishini tashkil etdi. Bu harbiy qismlar asosan xitoylik va dunganlardan
tuzilgan edi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, 1944 yili iyul oyida Ulastay tog‘larida Fotih, G‘ani,
Akbar, Rafiq, Sayit, Nurum, Usmon va Hamit kabi botirlarning boshchiligida qo‘zg‘olon
boshlanib milliy ozodlik inqilobi Ili tog‘larigacha kengaydi. Gomindan hukumati tarafidan "olti
o‘g‘ri” deb atalgan uyg‘ur, qozoq va tatarlardan tarkib topgan mazkur qurolli partizan
qo‘mondonlarining nomi tez orada Ili vohasiga va boshqa joylarga ham tarqalib, ularning
qo‘shini kengayib, 7 oktyabr kuni Nilg‘i shahri ular tarafidan ozod qilindi. 1944 yil 8 noyabrda
G‘ulja shahridagi yashirin harbiy-inqilobiy qo‘mita qurolli qo‘zg‘olon boshlash haqida e'lon
qildi. Sharqiy Turkiston Jumhuriyati hukumatining bosh kotibi hamda ozodlik tashkilotining
a'zolaridan biri bo‘lgan Abdurauf Mahsim Ibrayimining aytishicha, Nilg‘i partizanlari jiddiy
harakat qilgan vaqtda 1944 yili aprel oyida G‘ulja shahrida sovet razvedkasi yordamida asos
solingan Sharqiy Turkistonni ozod qilish tashkiloti - "Ozodlik tashkiloti” maxfiy turda G‘ulja
qo‘zg‘oloniga tayyorgarlik qilgan edi. Nilg‘i ozod qilinganidan keyin G‘ani va Fotih botirlar
boshchiligidagi G‘ulja xalqi Nilg‘i qo‘zg‘olonchilarini asos qilgan holda 8-12 noyabr
kunlaridagi qo‘zg‘olon davomida G‘ulja shahridagi Lyangshong va boshqa hududlarni ozod
qilish natijasida butun shaharni ozod qildi.
1944 yil so‘nggida Beriyaning buyrug‘i bilan SSSR NKVD qoshida maxsus xizmat
bo‘limi tashkil etiladi. Bu bo‘lim Sharqiy Turkiston musulmon xalqlarining milliy-ozodlik
kurashlariga rahbarlik qilishi va yordam berishi lozim edi. Mahalliy aholidan Medeu rayonida
maxsus tayyorgarlik ko‘rgan guruh shakllantirildi. So‘ngra bu guruh Sharqiy Turkistonga
tashlanib, partizan otryadlari tuzishga kirishadi. Bunday maxsus guruh komandirlaridan biri
Jarkent shahridan tatar Fotih Muslimov edi. Keyinchalik u Sharqiy Turkiston respublikasi
harbiy tizimida katta lavozimlardan birini egalladi.
Atigi bir necha kun ichida Ili o‘lkasining barcha strategik muhim punktlari
gomindanliklardan ozod qilindi. Xitoy garnizonlari yo‘q qilindi. Urumchidan yordamga kelgan
xitoy qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Barcha xitoy bo‘lmagan millat vakillari bu safar ham
birlashib harakat qildilar.
114
1944 yili 12 noyabr kuni G‘ulja shahrida Alixon to‘ra boshchiligidagi "Ozodlik
tashkiloti” uyg‘ur, qozoq va qirg‘iz klubida majlis o‘tkazib, Sharqiy Turkiston Jumhuriyati
muvaqqat hukumatini qurganligini tantanali ravishda e'lon qildi hamda Sharqiy Turkiston
Jumhuriyatining oy yulduzlik bayrog‘ini osdi. U Sharqiy Turkistonning uchta okrugi - Ili,
Tarbag‘atoy va Oltoy okruglari hududida tashkil topdi. Majlisda Sharqiy Turkiston jumhuriyati
hukumatining a'zolari tayinlandi. Sharqiy Turkiston jumhuriyati hukumatiga millati o‘zbek
marshal Alixon To‘ra Sog‘uniy rais (respublika prezidenti), uyg‘ur aslzodalaridan biri
Hakimbek xo‘ja uning birinchi o‘rinbosari, qozoqlardan bo‘lgan Abulxayr To‘ra ikkinchi
o‘rinbosari, Abdurauf Mahsim bosh kotib va boshqa 16 kishi hukumat a'zoligiga saylanib,
boshqa vazirliklarni ta'sis qilish xizmati boshlandi. Maorif, chorva va o‘rmonchilik, diniy ishlar,
ichki ishlar, boj va chorvachilik kabi bir qator vazirliklar tashkil qilinib, mas'ullar tayinlandilar.
Shundan so‘ng Sharqiy Turkiston Jumhuriyati hukumatining rahbarligida Ili xalqi umumiy
qo‘zg‘olon ko‘tarib, tezda Ilini ozod qildi. Shu tariqa Sharqiy Turkiston hududida ikkinchi bor
mustaqil davlat tashkil topdi. Bu kabi voqyealar Sharqiy Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik
uchun bo‘lgan kurashlari bir zum bo‘lsa ham to‘xtamaganligidan darak beradi.
1945 yil aprel oyida Sharqiy Turkiston Milliy armiyasi tuzildi. Sovet general-mayori
Ivan Polinov bosh qo‘mondon bo‘lib oladi. U esa o‘z navbatida, NKVD general-mayori
Vladimir yegnarov ko‘rsatmalarini bajarardi. Shtab qo‘mondoni etib general V.Mojarov
tayinlandi. Uyg‘ur Zunnun Toipov armiya qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Diviziyalarga qozoq Dalelxon Sugurbaev, rus Pyotr Aleksandrov va qirg‘iz Ishoqbek
Monuevlar rahbarlik qilishdi. Ospan Islom o‘g‘li Oltoy okrugiga gubernator etib tayinlangan
edi, lekin u va hukumat o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgach, hukumat buyruqlarini
bajarishdan bosh torta boshladi.
Asosi uyg‘urlardan iborat bo‘lgan va boshqa millat o‘g‘lonlaridan tuzilgan zamonaviy,
muntazam va jangovar milliy armiya iyun oyidan boshlab uch yo‘nalish bo‘yicha hujumga
o‘tib, Tarbag‘atoy va Oltoy viloyatlarini hamda Oqsu, Yorkent viloyatlarining bir qismini ozod
qildi. Biroq, 1945 yil oktyabrida Sharqiy Turkiston jumhuriyati g‘arbiy-siyosiy jihatdan
qo‘llab-quvvatlab kelgan Sovet ittifoqining bosimi ostida milliy armiya hujumini to‘xtatishga
majbur bo‘ldi. Moskvaning ko‘rsatmasi va bosimi ostida o‘tgan Sharqiy Turkiston Jumhuriyati
va Xitoy Gomindan markaziy hukumati o‘rtasida tinchlik muzokaralarining natijasida
birlashma hukumat tashkil qilinib, Sharqiy Turkiston tarafidan Ahmadjon Qosimiy birlashma
hukumatga rais muovini bo‘ldi.
Bir yilga, ya'ni Xitoy markaziy hukumati va qo‘zg‘olonchilar tuzgan tinchlik kelishuvi
asosida tashkil qilingan birlashgan hukumat mavjud bo‘lib, siyosiy kurash avj olgan va mazkur
hukumatning buzishiga olib kelgan edi. Ahmadjon Qosimiy boshchiligidagi jumhuriyatning
birlashma hukumatga qatnashgan vakillari G‘uljaga qaytib ketdi. Shuningdek Manas daryosi
Urumchi hukumati bilan Ili hukumatining chegarasi masalasi qatori oldingi safga chiqib, ikki
taraf qo‘shinlari jiddiy urush holatiga kirdilar va bir biriga qarama-qarshi bo‘ldilar. 1947 yili
Ahmadjon Qosimiy inqilobning rahbarligiga tayinlangandan boshlab, 1949 yilning oxirigacha
bo‘lgan vaqtda sobiq Sharqiy Turkiston jumhuriyati Ili hukumati nomi ostida mustaqil
hokimiyat sifatida o‘zining avvalgi mavjudligini saqlab qoldi. Ayni paytda Urumchidagi Xitoy
hukumati bilan g‘arbiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa jihatlardan aloqalarni saqlab qoldi. Ili
hukumati bu jarayonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va boshqa jihatlaridan taraqqiyot
va kuchayish bosqichlarini boshidan kechirib, Xitoy Gomindan hukmronligi ostidagi yetti
viloyatda ustun turmush saviyasi va iqtisodi, maorif afzalligini yaratdi va uyg‘urlarning
zamonaviy davlatchilik g‘oyasi va asosini tuzdi. Shuningdek uyg‘urlarning yuqori saviyada
115
o‘zini-o‘zi idora qila olishligini hamda hokimiyatni har jihatdan gullab-yashnatish iqtidoriga
ega ekanligini namoyon qilib, uyg‘urlarning davlatchilik roli va iqtidorini kamsituvchilarga
raddiya javobini berdi.
Biroq, 1949 yili dunyodagi vaziyat, sovuq munosabatlar va Xitoydagi umumiy vaziyat
o‘zgardi. Stalin hukumati Xitoy kommunistlari bilan oshkora hamkorlashish hamda Xitoy
kommunist hokimiyatini yoqlash va yordam berish orqali yangi kommunist Xitoyni sotsializm
lagerining muhim a'zosi sifatida Amerika boshliq g‘arb davlatlari bilan bo‘lgan kurashda
tayanch kuch qilib foydalanish strategiyasini tanladi. Natijada, Stalin hukumati Sharqiy
Turkiston masalasini Xitoyning ichki ishi tariqasida bartaraf qilishga rozi bo‘ldi. Ayni paytda
Xitoy kommunistlarining Xitoy xalq jumhuriyatining qurilishini tezda e'lon qilib, buning uchun
Ili hukumati va Urumchi hukumatining xitoy kommunist hokimiyatiga bo‘ysunishi yo‘lida
harakat qildi. Moskva Xitoy kommunistlarining vakili Dan Lichunning G‘uljaga borib, Ili
vakillari bilan so‘zlashishi va uning yana maxfiy turda Urumchiga borib, Burhon shahid va Tav
Siyo kabi Gomindan g‘arbiy-siyosiy rahbarlarining kommunistlarga taslim qilishga sharoit
yaratdi.
Xitoy va sobiq Sovet ittifoqi hukumatlarining rasmiy hujjatlariga qaralsa, Ahmadjon
Qosimiy va Is’hoqbek Munonov kabi rahbar shaxslar 1949 yili 27 avgust kuni Pekinda
yechiladigan Xitoy davlat qurilish siyosiy kengashda qatnashish uchun qilayotgan safar
chog‘ida Sovet ittifoqi hududida yuz bergan samolyot halokatida qazo topdilar.
Biroq, yaqingacha bu haqda izlanish olib borgan rus tarixchilari, Sharqiy Turkiston
hukumatida muhim rahbarlik vazifalarda ishlagan kishilar hamda Sovet ittifoqining G‘uljadagi
maxfiy xodimlarining Almatidagi uyg‘ur faollariga so‘zlab bergan so‘zlariga tayanganda,
Ahmadjon Qosimiy Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining g‘arbiy-siyosiy rahbarlari uyg‘ur
elining siyosiy taqdiri masalasida Sovet hukumati o‘tkazgan munozaralar jarayonida o‘z fikrida
qattiq turib, Moskvaning taklifini rad qilganligi sababidan Sovet xavfsizlik xizmatlari tarafidan
suiqasd qilingan.
Shundan keyin Ili hukumati yakson qilindi va 1949 yil oktyabr oyida Xitoy ozodlik
armiyasi Urumchiga kirdi va Ili hukumatining Sayfiddin Aziziy boshliq rahbarlari o‘zlarini
Xitoy kompartiyasi va hukumatining rahbarligini qabul qilganliklarini e'lon qilishdi.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Sharqiy Turkiston Jumhuriyati hukumati buyruq chiqarib,
har yili 12 noyabrni davlat va inqilob bayrami qilib tayin qilingan. Uyg‘ur xalqi yaqin
zamongacha bo‘lgan tarixida o‘z jumhuriyat bayrog‘i ostida mustaqil o‘zini idora qilib, 12
noyabr bayramini besh yil orasida xotirlashga muvofiq bo‘ldi. Biroq 1949 yili oktyabr oyining
o‘rtalariga kelganda besh yildan ko‘proq vaqtda oy yulduzlik davlat bayrog‘i olib tashlandi
hamda dekabr oxirlarida qahramon milliy armiya Xitoy ozodlik armiyasining 5-korpusi qilib
o‘zgartirildi va ko‘p o‘tmay butunlay tarqatib yuborildi.
1933 yili Koshg‘arda qurilgan Sharqiy Turkiston Jumhuriyatiga bu yil 83 yil, 1944 yili
G‘uljada qurilgan birinchi jumhuriyatining vorisi bo‘lgan ikkinchi Sharqiy Turkiston
jumhuriyatiga esa 72 yil to‘ladi. Yillar o‘tdi, avlodlar almashdi va yangilandi. Botirlar o‘z orzu
armonlarini keyingilarga meros qoldirib, bu dunyo bilan ko‘zlari ochiq holda vidolashdi.
20 asrning birinchi yarmi uyg‘urlar uchun jangovar, mardona, shod-xurramlik va fojiali
musibatlar bilan to‘lgan unutilmas bosqich bo‘ldi. Uning g‘alabalari uyg‘urlarni kelajakka
umidlantirsa, mag‘lubiyatlari uyg‘urlarning mag‘zunligiga sabab bo‘ldi. Yillar o‘tishi va
uyg‘urlarning bu tarixiy voqyealarni unutishlariga qaramay, yangi avlod 12 noyabr
voqyealarini unutmayotgani, sog‘inayotgani hamda ajdodlari bosgan yo‘llarga hurmat va havas
qilish tuyg‘ularining yangilayotganligi ma'lum bo‘lib bormoqda. Nilg‘i, Shixo, Jing va Oqsu
116
urush maydonlarida qilingan qahramonlik hikoyalari unutilib ketilmasdan, aksincha bu
hikoyalarning yangi avlodga kuchli milliy ruh va kuch-quvvat ato qilayotganligi ravshan.
Yarim asrdan ortiq vaqt o‘tgandan keyingi bu kunlarda mazkur "ikki jumhuriyat” atalgan
uyg‘urlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniyat va milliy hurriyati katta ahamiyatga egadir.
Uyg‘ur xalqi yigirmanchi asrning birinchi yarmida ikki marta mustaqil davlat qurganligi
hamda bu davlatni "Sharqiy Turkiston jumhuriyati” deb ataganligi hyech kim ko‘z yuma
olmaydigan tarixiy haqiqatdir. Uyg‘ur xalqining o‘z milliy-mustaqil davlatiga ega bo‘lishga
intilishi va xitoy mustamlakachi qo‘shinlariga qarshi olib borgan milliy-ozodlik kurashlari
tahsinga loyiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |