Ma`ruza. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi. Reja



Download 0,94 Mb.
bet4/6
Sana27.05.2023
Hajmi0,94 Mb.
#944407
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
42 - Ma`ruza. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi.

Iqtisodiy ittifoqning amal qilishi YeI Vazirlar kengashi tomonidan YeI iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishini ko‘zda tutadi hamda ularga har bir a’zo mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat qiladi.
Siyosiy ittifoq yagona tashqi siyosatni olib borish hamda ichki qonunchilik doirasida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.


Valyuta ittifoqi YeI doirasida yagona pul-kredit siyosatini olib borish hamda barcha mamalakatlar uchun umumiy bo‘lgan valyutaning amal qilishini anglatadi.
1999 yil 1 yanvardan YeI mamlakatlari hududida yevro hisob-kitob birligi sifatida amal qila boshladi. Biroq, bu paytda valyuta ittifoqiga YeIning barcha a’zolari kirmay, Buyuk Britaniya, Gresiya, Daniya va Shvesiya yevro hududidan tashqarida qoldi.
YeI to‘la huquqli a’zolari tarkibi yillar davomida kengayib bormoqda. Hozirda uning tarkibiga 28 mamlakat kiradi: Belgiya, Germaniya, Italiya, Luksemburg, Niderlandiya, Fransiya (1957 yil); Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yil); Gresiya (1981 yil); Grenlandiya (1985 yil); Portugaliya, Ispaniya (1986 yil); Avstriya, Finlyandiya, Shvesiya (1995 yil); Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya (2004 yil); Bolgariya, Ruminiya (2007 yil).

Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA) 1994 yildan boshlab amalda bo‘lib, o‘z ichiga AQSh, Kanada va Meksikani qamrab oladi. Bu mamlakatlarning o‘zaro savdo va kapital harakati asosidagi iqtisodiy aloqalarining miqyoslarini quyidagi ma’lumotlar orqali tasavvur etish mumkin: AQShda Kanada eksportining 75-80% (yoki Kanada YaMMning 20%) sotiladi. Kanadadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibida AQShning ulushi 75 foizdan, Kanadaning AQShdagi ulushi esa 9 foiz-dan ortiq. AQShga Meksika eksportining 70 foizdan ortig‘i yo‘naltirilib, AQShdan Meksikaga 65% import kelib tushadi.

Shimoliy Amerika integratsion guruhining mavjud tarkibi Yevropadagi integratsiya modelidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi:



  • AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro aloqalarning teng nisbatlarda emasligi;

  • bu guruh a’zolari rivojlanganlik darajasining keskin farq qilishi.

Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA)ning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:

  • barcha bojxona to‘lovlarini bekor qilish;

  • tovar va xizmatlar savdosidagi tarifsiz to‘siqlarning ahamiyatli qismini bosqichma-bosqich tugatib borish;

  • Meksikadagi Shimoliy Amerika kapital qo‘yilmalari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;

  • Meksika moliya bozorida AQSh va Kanada banklarining faoliyatini erkinlashtirish;

  • AQSh, Kanada va Meksika arbitraj komissiyasini tashkil etish.

Shuningdek, kelgusida nafaqat NAFTA doirasida ichki mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga uning tarkibini kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish