Ma’ruza va ularga qо‘yiladigan talablar Ma’ruza (lotin tilida lectio-о‘qish) – biror bir ilmiy, siyosiy mavzu bо‘yicha о‘quv materialini og‘zaki bayon etish. Ma’ruza atamasining bir necha ma’nosi bor: 1. Ma’ruza-о‘quv materiali, biror masala, ilmiy, siyosiy mavzularning izchil tartibli og‘zaki bayoni. 2. Ma’ruza -oliy о‘quv yurtlarida о‘quv jarayonining asosiy shakli. 3. Ma’ruza-omma oldidagi biror materialni bayon qilish uchun tayyorlangan axborotlar majmui. Ma’ruza о‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakllaridan birihisoblanib, о‘qituvchi tomonidan о‘quv materiallarini og‘zaki ravishda, monologik shaklda, tizimli, ma’lum bir ketma-ketlikda bayon etishninazarda tutadi. Oliy ta’lim paydo bо‘lganidan buyon ma’ruza asosiy о‘qitishshakli bо‘lib qolmoqda (latin tilidan olingan bо‘lib, lection – о‘qishdeganidir). Ma’ruzada о‘qituvchi tizimli ravishda yangi bilimlarni beradiva о‘quv kursi bо‘yicha murakkab bо‘lgan muammolar tushuntirib berilishidozim. Ma’ruza о‘quv mashg‘ulotlari orasida yetarli darajadagimurakkablikka ega mashg‘ulot turi hisoblanadi, shuning uchun ham uninisbatan tajribali о‘qituvchilarga ishonib topshiriladi. Ma’ruzaning vazifalari quyidagilardir: о‘quv fani bо‘yicha bilimlartizimini shakllantirish; ilmiy materiallarni argumentlarni keltirib(asosli ravishda) bayon etish malakasini shakllantirish; kasbiy fikrlashdoirasini va umumiy madaniyatni shakllantirish; darslik va о‘quvqо‘llanmalarida xali yoritilmagan yangi bilimlarni bayon etish. Xozirgi kunda mashg‘ulotlarni ma’ruza metodida olib borilishiga qarshilik qiluvchilarning soni ortib bormoqda. Ularning fikrlariga kо‘ra ma’ruzaning kamchiligi, avvalambor, talabalar faolligining yetarli emasligi, ulapr tomonidan ma’lumotlaprni yetarlicha ishlanmasligi talabalarning ijodiy faoliyatining mavjud bо‘lmasligi, ularning tanqidiy tafakkurini, ma’lumotlarni amaliy qо‘llash va ularni mustahkamlashni sо‘ndirishidadir. Ma’ruzaning tuzilishini kо‘rib chiqamiz. Ma’ruzaning odatiy tuzilmasiga elementlariga kirish, asosiy qism, xulosa kiritiladi. - Ma’ruzaning tuzilishini kо‘rib chiqamiz. Ma’ruzaning odatiy tuzilmasiga elementlariga kirish, asosiy qism, xulosa kiritiladi.
- Kirish – auditoriyani о‘quv materialini idrok etishga qiziqtirish vayо‘naltirish maqsadiga ega bо‘lgan ma’ruzaning bir qismidir. Ma’ruzaning bu qismiga: ma’ruza mavzusini bayon etish, uning kasbiy ahamiyatini, yangiligini va uning о‘rganilganlik darajasini, ma’ruza maqsadini tavsiflash, ma’ruzada kо‘rib chiqilishi lozim bо‘lgan asosiy muammolarni qamrab olgan ma’ruza rejasini bayon etish, avvalgi ma’ruzada kо‘rib chiqilgan savollarni yodga solish, ularning yangi material bilan bog‘liqligini, uning ushbu fandagi ahamiyati, о‘rnini, shuningdek, boshqa fanlar tizimidagi о‘rnini belgilashni qamrab oladi.
Asosiy qism – taklif etilgan rejaga qat’iy amal qilgan xolda ma’ruza mazmunini bayon etish. Ma’ruza mavzusini ochib beruvchi konseptual va dalilli materiallarni, ularni tahlili va baholanishini, ilgari surilayotgan nazariy qoidalarni turli usullarda argumentlash va isbotlashni qamrab oladi. Ma’ruzaning turiga qarab ish turi aniqlanadi. Xulosa – ma’ruzani umumiy xulosalash, materiallarni umumlashtirish, ma’ruza mavzusi bо‘yicha xulosalarini bayon etish; talabalarning savollarigajavob berish. Ma’ruza о‘qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bо‘lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda о‘qitishning yо‘naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalash funksiyalarini rо‘yobga chiqarishga yordam beradi. - Ma’ruza о‘qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bо‘lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda о‘qitishning yо‘naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalash funksiyalarini rо‘yobga chiqarishga yordam beradi.
- Ma’ruzaning yо‘naltiruvchi funksiyasida talabalarning diqqati о‘quv materialining asosiy qoidalari, uni о‘rganishdagi hamda bо‘lg‘usi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni о‘zlashtirish metodlariga jalb qili-nadi.
- Ma’ruzaning axborot berish funksiyasi asosiy ilmiy faktlar, qoida-lar, xulosalarning mohiyatini ochishda о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
- Ma’ruzaning metodologik funksiyasini qо‘llash tadqiqot metodlarini qiyoslash, chog‘ishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvla-rini aniqlashga yordam beradi.
- Ma’ruzaning tarbiyaviy funksiyasi ma’ruza jarayonida о‘quv materia-liga hissiy baho berish munosabatlarini uyg‘otish, qiziqishlarini о‘sti-rish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |