Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja



Download 4,44 Mb.
bet91/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

O’rta Osiyo ko’llari genezisi
O’rta Osiyo ko’llari genezisi masalalari ko’plab tadqiqotchilar e’ti­borini tortgan. Mazkur muammoni o’rganish dastlab N.L.Korjenevskiy, N.G.Malitskiy, L.A.Molchanov va boshqalar tadqiqotlarida yoritila boshlagan bo’lsa, keyinchalik V.N.Reyzvix, A.M.Nikitin, A.V.Shnitnikov tomonidan davom ettirilgan. Natijada 20-asrning 80-yillarida A.M.Nikitin tomonidan O’rta Osiyo ko’llarining genezisi bo’yicha tasnifi ham yaratildi. Ushbu ish M.A.Pervuxin (1937 yil), D.Xatchinson (1957 yil) tasniflaridan O’rta Osiyo ko’llari genezisining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olganligi bilan farq qiladi.
Ma’lumki, asrimizning 2-yarmida o’lkadagi suv zahiralarini hududlar bo’yicha qayta taqsimlash, yangi erlarni o’zlashtirish, tog’-kon sanoati va boshqa qator omillar ta’siri natijasida ko’plab sun’iy-antropogen ko’llar hosil bo’la boshladi. Ko’llar genezisini hozirgi kun nuqtai nazaridan yoritishda bu holatni e’tiborga olish muhimdir. Taklif etilayotgan tasnifning yuqoridagilardan farqi ham shundadir, aniqrog’i ushbu tasnif bo’yicha O’rta Osiyo ko’llari dastlab ikki katta guruhga-t a b i i y v a a n t r o p o g e n ko’llarga bo’linadi .
Tabiiy ko’llar kelib chiqishi bo’yicha erning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlari bilan bog’liq bo’lsa, antropogen ko’llar, asosan, insonning xo’jalik faoliyati bilan bog’liqdir.
T a b i i y k o’ l l a r. Tabiiy ko’llar kosalari, yuqorida qayd etilganidek, tabiiy, ya’ni endogen va ekzogen kuchlar ta’sirida hosil bo’ladi. Ularning suvga to’lish jarayoni ham tabiiy yo’sinda kechadi. A.M.Nikitin o’lkamiz tabiiy ko’llarini joylashish o’rniga bog’liq holda ikki kichik guruhga-t e k i s l i k va t o g’ ko’llariga ajratadi. O’z navbatida bu kichik guruhlarning har biri bir nechta turlarga ajratiladi. Mazkur turlarni ajratishda muallif O’rta Osiyoning tekislik va tog’li o’lkalari uchun xos bo’lgan tabiiy jarayonlarni hisobga oladi. Jumladan, har ikki kichik guruh uchun ham t e k t o n i k, ham g i d r o g e n jarayonlar tufayli vujudga kelgan ko’llar xos bo’lsa, d e f l ya s i o n ko’llar faqat tekislik o’lkalariga, g l ya s i o g e n va g r a v i t a s i o n jarayonlar tufayli vujudga kelgan ko’llar esa tog’li o’lkalar uchun xosdir.
T e k i s l i k l a r d a g i tektonik ko’llar kosalari, asosan, er sirtining platformali bukilishi natijasida hosil bo’ladi. Ularga Orol, Sariqamish va Arnasoy ko’llari kosalari misol bo’ladi. Maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha ularning kosalari Turon epipaleozoy platformasining tektonik bukilishi natijasida hosil bo’lgan.
T o g’ l i o’ l k a l a r d a g i tektonik ko’llarni kelib chiqishi bo’yicha A.M.Nikitin quyidagi uch kichik turga ajratadi:
1) tog’lar oralig’i botiqlaridagi ko’llar;
2) tog’ botig’idagi ko’llar;
3) qulama ko’llar.
Tog’lar oralig’i botiqlaridagi va tog’ botig’idagi ko’llar kosalarining hosil bo’lishining asosiy sabablari tektonik jarayonlar bilan bog’liqdir.
Tekisliklardagi ko’llarning katta qismi g i d r o g e n k o’ l l a r ga mansub bo’lib, ularning kelib chiqishi asosan suv eroziyasi va akkumulyasiyasi jarayonlari bilan bog’liqdir. Bu turdagi ko’llar o’z navbatida daryolar d e l ü- t a l a r i dagi ko’llar, q o l d i q ko’llar, p l yo s ko’llar (mavsumiy daryolar o’zanidagi ko’llar) va l a g u n ko’llar kabi kichik turlarga bo’linadi.
D a r yo l a r d e l t a l a r i d a g i k o’ l l a r Amudaryo, Sirdaryo va boshqa nisbatan yirik daryolar delütalarida ko’plab uchraydi. Ularning kelib chiqishi daryolar delütalarida kechgan qadimiy va hozirgi o’zan jarayonlari bilan bog’liqdir. Bu kichik turga Sudochüe, Qorateren ko’llari misol bo’ladi.
Q o l d i q k o’ l l a r turi esa Amudaryo, Sirdaryo, Cho’y, Talas daryolari qayirlarida uchraydi. P l yo s k o’ l l a r qadimiy daryo vodiylarida-Zarafshon, Qashqadaryo, Cho’y, Talas, Atrek daryolarining quyi oqimlarida uchraydi. L a g u n k o’ l l a r ning kelib chiqishi tekisliklardagi yirik ko’llar sathining o’zgarishi bilan bog’liqdir.
Tog’li hududlardagi g i d r o g e n k o’ l l a r kosalari termokarst, karst va suffoziya jarayonlari natijalari tufayli vujudga kelgan cho’kmalar o’rnida hosil bo’ladi. Shuning uchun ham ko’pgina olimlar tog’lardagi gidrogen ko’llar turini umumiy nom bilan ch o’ k m a k o’ l l a r deb ataydilar. Bu tur ko’llar kosalari qanday jarayonlar natijasida hosil bo’lishiga bog’liq holda t e r m o k a r s t k o’ l l a r i, k a r s t k o’ l l a r i va s u f f o z i ya k o’ l l a r i deb ataluvchi kichik turlarga bo’linadi.
T ye r m o k a r s t k o’ l l a r baland tog’lardagi (Ichki va Markaziy Tyanshan, Sharqiy Pomir) doimiy muzloq hududlarda uchraydi va ko’l kosasi erish natijasida hosil bo’ladi. Ularning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, ko’pincha yilning issiq davrlarida paydo bo’ladi, ya’ni mavsumiy xarakterga ega.
K a r s t k o’ l l a r i kosalari yura va bo’r davri tuzli yotqiziqlarining suv ta’sirida cho’kishi natijasida hosil bo’ladi. Bunday ko’llar Ko’hitang, Sheroboddaryo, Yovonsuv daryolari havzalarida va Kopettog’ tog’oldi hududida ko’plab uchraydi.
S u f f o z i ya k o’ l l a r i kosalari er osti suvlari ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Ular ko’proq tog’oldi hududlarida tarqalgan va mavsumiy xarakterga ega.
D ye f l ya s i ya k o’ l l a r i tekisliklardagi cho’l va yarim cho’l hududlarda shamol ta’sirida vujudga kelgan botiqlar o’rnida hosil bo’ladi. Ular yil davomida qisqa muddat ichida kuzatiladi, chunki ular mahalliy oqim hisobiga to’yinadi. Shu tufayli ularning suv hajmi va suv yuzasi maydoni juda kichik bo’ladi.
G l ya s i o g ye n k o’ l l a r kosalari kelib chiqishi bo’yicha hozirgi va qadimgi muzliklar faoliyati bilan bog’liq. Glyatsiogen ko’llar o’lkamizdagi tog’li hududlarning eng baland mintaqalarini egallagan. Glyatsiogen ko’llarning eng ko’p soni va eng katta yig’indi suv yuzasi maydoni 4000-4500 metr oraliqdagi balandlik mintaqalariga to’g’ri keladi. G l ya s i o g ye n k o’ l l a r turi o’z navbatida m u z l i k k o’ l l a r i, k a r a k o’ l l a r i, z a n d k o’ l l a r i va m o r ye n a k o’ l l a r i deb nomlanuvchi kichik turlarga bo’linadi.
M u z l i k k o’ l l a r i yirik muzlik sirtidagi botiqliklarda hosil bo’ladi va yilning sovuq davrlarida yo’q bo’lib ketadi. Masalan, Shimoliy engilchak muzligidagi Mersbaxer ko’li shu kichik turga misol bo’ladi.
K a r a k o’ l l a r i muzliklarning chekinishi natijasida ularning o’rnida hosil bo’lgan botiqliklarda paydo bo’ladi.
Z a n d k o’ l l a r i muzliklar ostidan sizib chiqayotgan suv oqimining turli yotqiziqlar to’sib qolishi natijasida hosil bo’ladi va asosan yilning issiq mavsumlarida paydo bo’ladi. Oygaing (Piskom daryosining irmog’i), Zarafshon daryolari havzalaridagi muzliklarda kuzatilgan.
M o r ye n a k o’ l l a r i o’lkamiz tog’li hududida ko’plab uchraydi. Ularning to’g’onlari morenalar yotqiziqlaridan hosil bo’ladi. Shu kichik turga Ohangaron havzasidagi Aroshan ko’li, Zarafshon havzasidagi Ko’likalon, Chimtarg’a va Chapdara kabi ko’llar misol bo’ladi.
G r a v i t a s i o n k o’ l l a r tog’oldi va yassi tog’li hududlarda vodiyni surilish, ko’chki-qulash mahsulotlari, oqiziqlar konusi va qor ko’chkilari to’sib qolishi natijasida hosil bo’ladi. Bu turdagi ko’llar ularni yuzaga keltiruvchi jarayonlarga bog’liq holda k o’ ch k i-q u l a sh k o’ l l a r i va q o r k o’ ch k i l a r i ko’llari deb ataluvchi kichik turlarga bo’linadi. Birinchi kichik turdagi ko’llar yonbag’irlarining ko’chishi yoki irmoqlarning loyqa oqiziqlar konusi bilan daryo o’zanining to’silib qolishi tufayli paydo bo’ladi. Relüef va iqlim sharoitiga bog’liq holda ular qisqa va uzoq umr ko’rishi mumkin. Masalan, Shohimardon daryosi havzasidagi Ko’kko’l shu kichik turga mansubdir. Ikkinchi kichik turdagi ko’llarning paydo bo’lishi ko’pchilik hollarda yomon salbiy oqibatlarga olib keladi.
A n t r o p o g ye n k o’ l l a r ning hosil bo’lishi insonning xo’jalik faoliyati bilan og’liqdir. Irrigatsiya, gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish maqsadalarida qurilgan suv omborlari, ekin maydonlarini sug’orishda ortiqcha suvlarning er sirtidagi tabiiy hamda ochiq karüerlar va shaxtalar o’rnidagi botiqlarda to’planishi natijasida hosil bo’lgan ko’llar shu guruhga mansubdir.
A n t r o p o g ye n k o’ l l a r guruhini quyidagi kichik guruhlarga ajratish o’rinlidir: 1) s u v o m b o r l a r i ; 2) i r r i g a si ya k o’ l l a r i; 3) t o g’-k o n k a r ye r i k o’ l l a r i.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish