Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Dunyo okeani resurslari va ulardan foydalanish



Download 4,44 Mb.
bet87/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Dunyo okeani resurslari va ulardan foydalanish
Okeanlar va dengizlar, aniqrog’i, ulardagi suv muhiti hayot mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun juda qulay hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, dengiz suvining tarkibi inson qoni tarkibiga o’xshashdir. Shuning uchun bo’lsa kerak, sayyoramizda hayot dastlab dunyo okeanida boshlangan.
Yerning uzoq geologik tarixi davomida okeanlar va dengizlar turli-tuman tirik organizmlar yashaydigan va, ayni paytda, ularni ozuqa bilan ta’minlaydigan minglab turdagi o’simliklar - suv o’tlari, mikroorganizmlar mavjud bo’lgan biologik resurslar makoniga aylangan.
Dunyo okeanida mavjud bo’lgan tirik organizmlar va o’simliklar, tabiiyki, ma’lum vaqtdan so’ng nobud bo’ladi. Bu holat o’z navbatida okeanlar, dengizlarda biologik va kimyoviy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Ularga okeanlar tubida kechadigan turli ko’rinishdagi geologik jarayonlar, jumladan, tektonik harakatlar, zilzilalar, vulqon otilishlari kabi hodisalar ham qo’shiladi. Ushbu omillarning umumiy ta’siri natijasida, okeanlar, dengizlar suvida hamda ularning tubida kimyoviy va mineral moddalarning ulkan zahiralari – geologik resurslar to’plana boshlagan.
Dunyo okeanidagi suv massalari doimo harakatda bo’ladi. Bu harakat okeanlar, dengizlar suvlaridagi haroratlar va sho’rlanishning farqi hamda boshqa sabablar tufayli vujudga keladigan dengiz oqimlari, shamol va zilzilalar ta’sirida kechadigan to’lqinlanish jarayonlari, Yerning boshqa sayyoralar bilan ta’sirlashuvining oqibati hisoblangan suv qalqishi kabi hodisalar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bularning hammasi okean va dengizlarning ulkan energetik resurslarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Yuqorida qayd etilganlarni umumlashtirib aytish mumkinki, hozirgi geologik davrda okeanlar va dengizlar ulkan biologik, geologik (kimyoviy, mineral) va energetik resurslar manbaidir. Ularni bir nom bilan dunyo okeanining tabiiy resurslari deb atash qabul qilingan.
Dunyo okeani tabiiy resurslari orasida inson ehtiyojlari uchun eng ko’p foydalaniladigani biologik resurslardir. Chunki, odamlar qadimdan biologik resurslardan asosan oziq-ovqat mahsulotlari sifatida foydalanishga katta ehtiyoj sezganlar. Shu tufayli, hozirgi kunda, dunyo bo’yicha iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining juda katta ulushi biologik resurslarga to’g’ri keladi. Ularga okeanlar va dengizlarda ovlanadigan baliqlar, dengiz hayvonlari, qisqichbaqasimonlar, molyuskalar, dengiz o’simliklari va boshqalar kiradi.
Okean va dengizlarning biologik resurslari deganda, ularda yashaydigan foydali organizmlardan olish mumkin bo’lgan mahsulotlar tushuniladi. Ta’kidlash lozimki, okean va dengizlarning biologik resurslari inson ulardan oladigan mahsulotga nisbatan juda katta miqdorga farq qiladi, aniqrog’i ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham dunyo okeani biologik resurslarini miqdoriy baholash muhim ahamiyatga ega. Shu masala qancha aniq hal etilsa, insoniyatning ulardan oqilona foydalanish imkoniyatlari ham shuncha ortadi. Eng muhimi, biologik resurslarning qayta tiklanish imkoniyati saqlab qolinadi.
Okean va dengizlardan olinadigan mahsulot (M) ularda yashaydigan alohida organizmlar guruhining mahsuldorligini ifodalaydi. Yana bir tushuncha - biomassa (B) bo’lib, u hajm birligidagi (1 m3 yoki 1 km3) dengiz suvida mavjud bo’lgan tirik organizmlar (plakton va nektonlar) ning massa hisobidagi miqdorini ifodalaydi. Dengiz o’simliklarining biomassasi esa ularning maydon birligi (m2, ga yoki km2) ga to’g’ri keladigan massasi miqdorini ifodalaydi. Mahsulot (M) ning biomassa (G) ga nisbati, ya’ni B/M ifoda organizmlar guruhlarining faolligini belgilaydi (15.4 -jadval).
15.4 –jadval
Dunyo okeani suvlaridagi turli organizmlar guruhlarining
biomassasi va mahsuloti, mlrd. tonna (V.G.Bogorov bo’yicha)


Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish