Nazorat savollari
1. Botqoqliklar qanday sharoitda hosil bo’ladi?
2. Botqoqlasha boshlagan yerlar qanday xususiyatlarga ega?
3. Botqoqlik massivlari deganda nimani tushunasiz?
4. Botqoqlik massivlari qanday ko’rinishlarda bo’ladi?
5. Botqoqliklar qanday belgilari bo’yicha tasniflanadi?
6. Botqoqliklarning gidrologik rejimi qanday omillar ta’sir etadi?
7. Botqoqliklar qanday suvlardan to’yinadi?
8. Botqoqliklarda suvning sarflanishi qanday sodir bo’ladi?
9. Botqoqliklarning suv balansi tenglamasini eslang.
10. Botqoqliklarning suv balansi tenglamasi elementlari miqdoran qanday baholanadi?
Ma’ruza 15. Suv resurslari va ularni baholash
Reja:
1. Dunyo okeani va uning qismlari;
2. Dunyo okeani dengizlari;
3. Dunyo okeaniga quyiladigan yirik daryolar;
4. Dunyo okeani resurslari va ulardan foydalanish.
5. O’rta Osiyo ko’llari va suv omborlarini o’rganish
6. O’rta Osiyo ko’llari genezisi
7. O’rta Osiyo ko’llari morfologiyasi va morfometriyasi.
8. O’rta Osiyo suv omborlari
Tayanch iboralar: dunyo okeani qismlari, dunyo okeani dengizlari, okean va dengizdagi oqimlar, to’lqinlar, O’rta Osiyo ko’llari, suv omborlari, ko’llari genezisi, ko’llari morfologiyasi, morfometriyasi, endogen, ekzogen, tektonik ko’llar, gidrogen ko’llar, botiqlaridagi ko’llar, tog’ ko’llar, qulama ko’llar.
Dunyo okeani va uning qismlari
Yer sharining suv bilan qoplangan qismi bir butun bo’lib, Dunyo okeani deb nomlanadi. Uning suv yuzasi maydoni 361,3 mln. km2 ga, o’rtacha chuqurligi esa 3704 metrga teng. Dunyo okeanidagi suv massalarining hajmi 1338,5 mln. km3 ni tashkil etadi (15.1-jadval).
15.1-jadval
Okeanlarning asosiy morfometrik ko’rsatkichlari
Okeanlar
|
Umumiy maydoni, mln. km2
|
Suv yuzasi maydoni, mln. km2
|
Orollar maydoni, mln. km2
|
Suv hajmi, mln. km3
|
O’rtacha chuqurligi, m
|
Eng katta chuqurligi, m
|
Tinch
|
182,6
|
178,7
|
3,9
|
710,36
|
3976
|
11022
|
Atlantika
|
92,7
|
91,7
|
1,0
|
329,66
|
3597
|
8742
|
Hind
|
77,0
|
76,2
|
0,8
|
282,65
|
3711
|
7209
|
Shimoliy muz
|
18,5
|
14,7
|
3,8
|
18,07
|
1225
|
5527
|
Dunyo okeani
|
370,8
|
361,3
|
9,5
|
1340,74
|
3711
|
11022
|
Izoh: jadval “Atlasы okeanov. Terminы. Ponyatiya. Spravochnыe tablitsы. - 1990” ma’lumotlari asosida tuzildi.
Bir butun Dunyo okeani qator belgilariga ko’ra alohida okeanlarga, dengizlarga, ko’rfazlarga, qo’ltiqlarga va bo’g’ozlar kabi qismlarga bo’linadi.
Dunyo okeanini to’rt okeanga ajratish qabul qilingan: Tinch okean, Atlantika okeani, Hind okeani va Shimoliy Muz okeani. Ushbu okeanlarning asosiy morfometrik ko’rsatkichlari 15.1-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |