Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Bug’lanish miqdorini aniqlash usullari



Download 4,44 Mb.
bet15/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Bug’lanish miqdorini aniqlash usullari
Bug’lanish bevosita suv yuzasidan va yer sirti, ya’ni quruqlikdan bo’lishi mumkin. Ular miqdori va jadalligi jihatidan farq qiladi.
Yer sirti-quruqlikdan bo’ladigan yalpi bug’lanish quyidagilardan tashkil topadi:
1) tuproqdan bug’lanish;
2) o’simliklar orqali bug’lanish-transpiratsiya;
3) o’simlik qoplami tanasida ushlab qolingan yog’inlar hisobiga bug’lanish.
Bug’lanish miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
1) bug’latgichlar usuli;
2) suv balansi usuli;
3) turbulent diffuziya usuli;
4) issiqlik balansi usuli.
Bug’lanish miqdorini aniqlashning yuqorida qayd etilgan usullarining qo’llanish sohalari, ularda foydalaniladigan qurilmalar-suv va tuproq bug’latgichlarini ishlatish tartibi, ularning afzalliklari yoki kamchiliklari maxsus darsliklar va qo’llanmalarda keng yoritilgan.
Cuv yuzasidan bo’ladigan bug’lanishni B.K.Davidov, S.N.Kritskiy, M.F.Menkel, K.I.Rossinskiy, B.D.Zaykov va boshqalar o’rganganlar. Bu masala bilan O’rta Osiyoda A.M.Nikitin, N.Ye.Gorelkin, V.N.Reyzvix kabi olimlar shug’ullanganlar.
Suv yuzasidan bo’ladigan bug’lanishni hisoblash uchun olimlar tomonidan quyidagi ifodalar taklif etilgan:
1) B.K.Davidov ifodalari:
a) uncha katta bo’lmagan suv omborlari yuzasidan bo’ladigan oylik bug’lanishni hisoblash ifodasi:

bu yerda: Z-o’rtacha oylik namlik yetishmasligi; v-o’rtacha oylik shamol tezligi.
b) yuqoridagi ifodaning soddalashtirilgan ko’rinishi:

Yuqoridagi har ikki ifodaning farqi 4-10% ni tashkil etadi.
v) yirik suv havzalari (Kaspiy dengizi, Orol dengizi, Sevan ko’li) yuzasidan bo’ladigan kunlik bug’lanishni hisoblash ifodasi:

2) S.N.Kritskiy, M.F.Menkel va K.I.Rossinskiylar taklif etgan oylik bug’lanishni hisoblash ifodasi:

bu yerda: ye0-to’yingan suv bug’lari elastikligi bo’lib, suv yuzasi temperaturasi bo’yicha aniqlanadi; ye200-havoda 2 metr balandlikda mavjud bo’lgan suv bug’lari elastikligi bo’lib, suv havzasiga yaqin joylashgan meteostantsiya ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi; v900-meteostantsiyada 9 metr balandlikda kuzatilgan shamol tezligi.
3) B.D.Zaykov ifodasi:

bu yerda: Z-oylik bug’lanish miqdori; n-oydagi kunlar soni; ye0- to’yingan suv bug’lari elastikligining o’rtacha oylik qiymati, suv yuzasi temperaturasi bo’yicha mb da aniqlanadi; ye200-havoda 2 metr balandlikda mavjud bo’lgan suv bug’lari elastikligi(mutlaq namlik) bo’lib, mb da o’lchanadi; v200-meteostantsiyada 2 metr balandlikda kuzatilgan shamolning o’rtacha tezligi.
Qor qoplami yuzasidan bug’lanishni hisoblash uchun P.P.Kuzmin quyidagi ifodani taklif etgan:
,
bu yerda: yen-to’yingan suv bug’lari elastikligining o’rtacha kunlik yoki n kundagi o’rtacha qiymati bo’lib, qor qoplami yuzasidagi temperaturaga bog’liq holda aniqlanadi, qor erishi vaqtida, ya’ni musbat temperaturada uning qiymati 0 S deb qabul qilinadi; ye2-havoda 2 metr balandlikda mavjud bo’lgan suv bug’lari elastikligi(mutlaq namlik); v10-meteostantsiyada flyuger balandligida kuzatilgan shamolning o’rtacha tezligi.
Qor qoplami yuzasidan bug’lanishni oylik yoki undan uzoqroq muddatlar uchun aniqlashda P.P.Kuzmin quyidagi soddalashtirilgan ifodani taklif etgan:

bu yerda: n-hisob davridagi kunlar soni; d2-2 metr balandlikda hisobga olingan namlik yetishmasligi, mb da.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish