Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini aniqlash



Download 4,44 Mb.
bet13/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini aniqlash
Gidrologik hisoblashlarda daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini aniqlashning quyidagi usullari mavjud:
- o’rtacha arifmetik usul;
- mediana-tortish usuli;
- kvadratlar usuli;
- izogietlar usuli;
Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini o’rtacha arifmetik usuli juda oddiy hisoblanib, amalda yer yuzasi holati bir jinsli bo’lgan havzalar uchun qo’llaniladi. Bu usulda havzada mavjud bo’lgan meteorologik stantsiyalar bo’yicha aniqlangan yillik yog’in qatlamlarining yig’indisi stantsiyalar soni(n)ga bo’linadi:

Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini kvadratlar usuli bilan aniqlashda daryo havzasi ma’lum o’lchamdagi kvadratlarga bo’linadi. So’ng kvadrat markaziga ayni shu kvadratda joylashgan meteorologik stantsiyada o’lchangan yog’in miqdori yoziladi. Bo’sh qolgan kvadratlar esa interpolyatsiya usuli bilan to’ldiriladi. Hamma kvadratlar markazlaridagi yog’in miqdorlarining yig’indisini kvadratlar soni N ga bo’lib, daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini aniqlaymiz:

Hisoblashlarning aniqligini tekshirish maqsadida kvadratlar o’lchami o’zgartirilib, hisoblashlar takrorlanadi. Ularning farqi 5% dan ortmasligi lozim.
Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini mediana-tortish usuli bilan aniqlashda daryo havzasining har bir meteostantsiyaga tegishli qismlari ajratiladi. Buning uchun daryo havzasining sxemasida keltirilgan meteorologik stantsiyalar joylashgan nuqtalar to’g’ri (shtrixli) chiziqlar bilan shunday tutashtirilishi kerakki, natijada uchburchak to’rlari hosil bo’lsin. So’ng har bir uchburchak tomonlarining o’rtasidan perpendikulyarlar o’tkaziladi. Daryo havzasining ana shu perpendikulyarlarning tutashishi natijasida chegaralangan qismi uning ichida joylashgan meteorologik stantsiyaga tegishli bo’ladi.
Shundan keyin:
1) har bir stantsiyaga tegishli maydonning yuzasi (fi) aniqlanadi;
2) maydonning yuzasi (fi) ayni stantsiyadagi yog’in miqdori (Xi) ga ko’paytiriladi (4.1-jadval).

4.1-jadval


Yog’in qatlamini mediana tortish usuli bilan aniqlash

Stantsiya

Yog’in miqdori, mm

fi, planimetr bo’laklarida

Ko’paytma,
fi * Xi

1

518

36

18648

2

502

90

45180

3

492

52

25584

:

:

:

:

Yig’indi

-

959

458029

Ko’paytmalarning yig’indisi ni daryoning havza maydoni F ga bo’lib, yog’in qatlamini aniqlaymiz:

Daryo havzasiga yoqqan yog’in qatlamini izogietlar usuli bilan aniqlash o’ziga xos hisoblashlarni talab etadi. Izogietlar - bir xil qiymatdagi yog’in miqdorlarini tutashtiradigan chiziq. Daryo havzasida yog’in miqdorining qayd etilgan amplitudasiga bog’liq holda izogietlar qadami 5, 10, 20, 25, 50, 100 mm qiymatlarda qabul qilinishi mumkin. Izogietlarni o’tkazishda interpolyatsiya usulidan foydalanish tavsiya etiladi.
Hozirgi kunda daryo havzasiga yoqqan yalpi yog’in miqdorini aniqlashning zamonaviy usullari ham mavjud. Ulardan biri yog’in miqdori bilan daryo oqimi orasidagi bog’lanishlarni aniqlashga asoslangan.



Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish