Og’zaki va yozma nutq me’yorlari
Nutq aloqasi 2 shaklda- og’zaki va yozma shaklda sodir bo’ladi.Ular murakkab birlikda bo’lib,ijtimoiy va nutq amaliyotida muhim va bir xil o’rin egallaydi.Ishlab chiqarish sohasida ham,boshqaruv,sana’t ta’lim,OAV da ham nutqning og’zaki va yozma shakllari mavjud.
Har qanday yozma matn ovozli bo’lishi mumkin,ya’ni ovoz chiqarib o’qilishi va og’zaki matnni texnik vositalar yordamida yozib olish mumkin.
Og’zaki nutq- to’g’ridan to’g’ri muloqot sohasida ishlaydigan tovushli nutq va kengroq ma’noda har qanday tovushli nutqdir.
Muhim belgisi- mantiqiy urg’uning o’rni, talaffuzning aniqlik darajasi, pauzalarning mavjudligi yoki yo’qligi.
Yozma nutq- odamlar tomonidan yaratilgan yordamchi belgilar tizimi bo’lib, u tovush tilini(shunga mos ravishda ovozli nutqni)tuzatish uchun ishlatiladi. U og’zaki nutqni mustahkamlash vazifasini bajaradi.
Yozma nutqning asosiy vazifasi-og’zaki nutqni fiksatsiya qilish bo’lib, uni makon va vaqt ichida saqlab qolish maqsadini ko’zlaydi. Yozuv odamlar o’rtasidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Yozma nutqning asosiy xususiyati- qobiliyatdir. Ma’lumotni uzoq muddatga saqlash.
Me’yorlari: og’zaki nutqda intonatsiya, ohang, urg’uga e’tibor qaratish; yozma nutq uchun imlo qoidalariga amal qilib to’g’ri yozish, fikrni aniq,izchil, tushunarli bayon qilish.
Folklor janrlari
Folklor xalq san’atining musiqa, o’yin,raqs kabi turlari bilan uzviy bog’liqligi sababli dastlabki davrlarda sinkretik xusuiyatga ega bo’lib, ijro etilganda unda o’yin, musiqa, artistlik mahorati qo’shilib ketgan. O’zbek folklori eng qadimgi boy tarixga ega va uning doston, ertak,qo’shiq,maqol, topishmoq, askiya,latifa, xalq og’zaki dramasi, afsona kabi xilma-xil janrlari rivojlanib keldi.
Folklor janrlari xalqning turmush-tarzi, faoilyati bilan bog’liqdir. Ular ma’lum sabablarga ko’ra og’zaki tarzda paydo bo’lgan. Masalan, o’t o’rishda, pichan terishda, xirmonda, mehnat jarayonida kuy-qo’shiqlar yaratilgan va o’z o’zidan folklor janrlari paydo bo’lgan.”Ho’p hayda”, “Turey-turey”,”Churey-churey”,”Boychechak”, “Boshginam og’riydi” kabilar.
Nutq madaniyatini ta'limning maktab bosqichidan boshlab oʻrgatib borib kerak.Sababi,bola maktab davridan boshlab shakllana boshlaydi.Xalq ogʻzaki ijodi namunalari,folklor esa, ta'limning barcha bosqichida oʻrgatiladi.Maktabgacha taʼlimda topishmoq, maqollar, turli xil qoʻshiqlar oʻrgatiladi.Maktab bosqichida esa dostonlar bilan tanishadi. Oliy taʼlimda folklorni mutaxassis nuqtayi nazari bilan oʻrganadi.Xalq ogʻzaki ijodi oʻquvchilarning milliy oʻzligini anglashda muhim vosita hisoblanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |