Ma’ruza qiladi: f f. n., dots. M. R. Tojiboyeva



Download 1,83 Mb.
bet1/35
Sana30.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#720663
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
...........................1111


Tilshunoslik turkumiga kiradigan fanlarning umumiy tavsifi, ularning tasnifi.
Ma’ruza qiladi:
f.f.n., dots. M.R.Tojiboyeva
Rejа:
Ta’lim tizimida tilshunoslik turkumidagi fanlarning o‘rni va ahamiyati.
2. Ta’lim tizimida “Ona tili” predmeti. “Ona tili” fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Til ta’limiga oid fanlarni o‘zlashtirishga qo‘yilgan talablar.
O'zbek tili O'zbekiston Respublikasining davlat tilidir.
Fan yutuqlari, urf-odat, an’analar davlat tili vositasida e’zozlanadi, asraladi, avloddan-avlodga meros qilib qoldiriladi. Hayotning barcha sohasida to'plangan ijtimoiy tajriba ona tili orqali o'zlashtiriladi, ona tili vositasida o'rgatiladi. Shu tufayli ona tili birinchi muallim sanaladi.
Ta’lim tizimida “Ona tili”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Tilshunoslik nazariyasi”, “Til tarixi”, “Yozma nutq me’yorlari”, “Davlat tilida ish yuritish”, “Adabiyot nazariyasi”, “Adabiyot tarixi”, “Hozirgi adabiy jarayon”, “Folklorshunoslik” kabi fanlar o’qitiladi.
Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’lum xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratilgan. O‘zbek tili mansub bo‘lgan turkiy tillar guruhi o‘ttizga yaqin tilni o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida shakllangan o‘ziga xos jihatlari mavjud.
Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ortib boradi. Madaniy hayotning rivoji avvalo jamiyat a’zolarining madaniy so‘zlashuvga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi bilan belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini tarbiyalash ta’lim ona tili kursi zimmasiga tushadi.
Ijtimoiy o‘zgarishlar, shaxs tarbiyasiga munosabat, jamiyatning shaxsga nisbatan talablari bilan birgalikda jahon tilshunosligi fani va ona tilining tadrisi ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi; tilni imkoniyat, nutqni esa shu imkoniyatning sharoit va maqsadga mos ravishda yuzaga chiqishi deb o‘rganuvchi sistem tilshunoslik nazariyasi rivojlandi, ilg‘or davlatlarning ko‘pida ona tilidan ta’lim mazmuni tubdan yangilandi.
Ona tili mashg‘ulotlari o’quvchi va talabalarda mustaqil va ijodiy fikrlash, fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishning bosh omiliga ylantirildi. O‘rta umumiy ta’lim ta’limlarida ona tili o‘qitishning mavjud ahvoli ta’lim mazvunini yangilashni hayotiy zaruriyat qilib qo‘ydi.
Yangi iqtisodiy munosabatlar har qanday faoliyatni uning beradigan pirovard iqtisodiy natijasi bilan baholashni talab etadi. Jumladan, ta’limga sarflanadigan moddiy xarajatlar ta’limning natijasi bilan qoplanib qolmay, balki sarf bo‘lgan xarajatlardan ko‘proq moddiy manfaat kelishi lozim. Bu – ta’limning barcha bo‘g‘inlari va sohalari, jumladan, ona tili ta’limi uchun qo‘yiladigan umumiy, zamonaviy, iqtisodiy va ma’naviy talabdir.
Ta’limda ona tilini fan sifatida o‘qitish qanday moddiy manfaat berishi mumkin, qanday qilib ona tili ta’limini moddiy jihatdan manfaatli, foydali qilish mumkin? «Ona tili fani moddiy manfaat keltirmaydi» degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki ona tili ta’limi natijasida o‘quvchi DTS talablari darajasida muayyan malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi va bu ko‘nikma hamda malakalarning davr talablariga mosligi bevosita iqtisodiy ko‘rsatkichlar-moddiy manfaat ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi. Ona tili fanining moddiy ko‘rsatkichlari bolalarning imlo savodxonligi, so‘z boyligi va undanfoydalanish mahorati, mustaqil ijodiy fikrlay olishi, fikr mahsulini maqsadga muvofiq ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qila olishi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Ta’limda ona tilini fan sifatida o‘qitmay turib, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalab bo‘lmaydi. Chunki ona tili fani o‘quvchilarni milliy til va uning tarixi, boy madaniy o‘tmishi bilan tanishtiradi, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf – odatlarimizni qadrlashga o‘rgatadi.
Ona tili avlodlarni avlodlarga bog‘lovchi zanjirdir. Agar yozuv, yozma nutq bo‘lmaganda edi, madaniy boyliklarimiz, fan, texnika va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlarimizni avlodlardan avlodlarga o‘tkaza olmagan bo‘lardik.Ona tili mashg‘ulotlari oldiga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
DTS talablari doirasida:
o‘quvchilar nutqini o‘stirish,imlo savodxonligini oshirish,
talaffuz me’yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o‘qish uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish;
ta’lim prinsiplariga qat’iy amal qilish, dars metodlari, vositalari va usullarini to‘g‘ri belgilash;
ta’lim, tarbiya va rivojlanishning uyg‘unligini ta’minlash;
qayta xotiralash, qisman ijodiy va to‘liq ijodiy topshiriqlar
o‘rtasida mutanosiblikni tanlash; ijodiy fikrlashga undaydigan o‘quv topshiriqlariga keng o‘rin ajratish;
bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishda o‘quvchilar yoshi,o‘qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
«Ona tili» ta’lim ta’limi tizimida eng yetakchi fanlardan biri bo‘lib, jamiyat a’zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o‘rgatadi.Ta’lim ona tili kursi o‘zbek tili fonetikasi, leksikasi va grammatikasidan zaruriy ma’lumotlarni o‘quvchilarning yoshi va taraqqiyot darajasiga mos ravishda ularga yetkazishga xizmat qiladi.
Til bir butun tizim bo‘lganligi sababli, ta’lim ona tili kursining bir bo‘limi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘langan. Chunonchi, tilning tovush tizimi o‘rganilar ekan, ayni vaqtda so‘z va uning ma’nolari, gapda so‘zlarning aloqaga kirishuvi xususida ham ma’lumot beriladi.
Leksika va grammatika bo‘limlari o‘rganilar ekan,
fonetikadan berilgan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanib ish ko‘riladi.
Ta’lim ona tili ta’limi nafaqat «Hozirgi zamon o‘zbek tili» kursi, balki umumiy tilshunoslik, til tarixi, shevashunoslik singari fanlar bilan ham aloqador. Til tarixidan xabardor o‘qituvchi mumtoz adabiy asarlarning til xususiyatlari ustida ishlay oladi, dialektologiyani bilgan
o‘qituvchi esa adabiy til bilan shevani qiyoslab, nutqdagi dialektal xatolarning oldini olishi yoki bartaraf etishi mumkin.

Ta’limda «Ona tili»ni o‘quv fani sifatida o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, jamiyatimiz, xalqimiz, millatimiz ravnaqining kelajagi,uning gullab-yashnashi bugun ta’lim partasida o‘tirgan yoshlarning mustaqil turmushga, nutqiy faoliyatga, yuksak madaniyat bilan so‘zlasha olishga qay darajada tayyorlashaniga bog‘liq. Chunki so‘z qudrati insoniyat tarixida hamma vaqt yuksak qudratga ega bo‘lgan.


Ta’limda ona tilini o'quv predmeti sifatida o‘qitish uning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshiradi. Bola o‘zining ilk tasavvurlarini, ichki kechinmalarini til vositasida yuzaga chiqaradi. U o ‘zini va o ‘zgalarni, atrofdagi narsa-hodisalarni til yordamida taniydi, bilib oladi. Ta’limda til o‘qitish — uni o‘zlashtirishning tabiiy davomi bo‘lib, u bolalarning ta’limga kelguncha hosil qilgan nutq tajribasi asosida tashkil etiladi. Ona tili predmeti o'quvchilarning jiddiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning fikrini yuzaga chiqarish shakllari (og'zaki va yozma nutq), vositalari (tovush, harf, so'z, gap, matn), usullarini (aytish va eshitish, gapirish va tinglash, o'qish va yozish) egallashlari bilan qo'shib olib borishning yetakchi omilidir.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish